Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.07.2016

Nailoj, o‘xshamadi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 120
Nailoj, o‘xshamadi

Oliy liga klublari mavsumning keyingi qismiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan bir pallada joriy yil yashil maydonda ishi qovushmayotgan ayrim futbolchilar haqida so‘z yuritmoqchimiz. Shoyad, quyidagi qaydlar ularga turtki berib, ikkinchi davrada omad kalitini topa bilishsa. Xabaringiz bor, Bobur Yo‘ldoshev va Odil Hamrobekov salomatlik borasidagi muammolar tufayli nafaqat olimpiya terma jamoasi, balki o‘z klublariga ham yordam berish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdi. Ushbu iste’dodli futbolchilarning tezroq safga qaytishlarini tilagan holda birinchi davrada o‘yini qovushmagan boshqa o‘yinchilarga e’tibor qaratamiz. Aytish joizki, ularning aksariyati aynan omadsizlikdan so‘ng jamoalarini o‘zgartirishga majbur bo‘lishdi.

«Bunyodkor» Zabihillo O‘rinboev

Birinchi davrani peshqadam sifatida yakunlagan jamoa («Lokomotiv» zaxirasida bitta o‘yin borligi yoddan chiqmaydi, albatta)dan kimnidir omadsiz sifatida ko‘rsatish g‘alati tuyular. Lekin hamma ham peshqadamlarga xos o‘yin ko‘rsatolmaganini aytib o‘tmasak bo‘lmas. Deylik, Zabihillo O‘rinboev. Yaqindagina evropalik skautlar nazariga tushgan iste’dodli hujumchining 15ta tur yakuniga ko‘ra 2ta gol urgani uning o‘yinida ortga ketish yuz berganidan dalolat.

Muqobil variant: Javlon Mirabdullaev

«Lokomotiv» Nemanya Yanichich

Mavsum boshidayoq jarohat orttirib olishni haqiqiy omadsizlik desa bo‘ladi. «Loko»ning serbiyalik himoyachisi xuddi shunday holatga tushdi. Oqibatda, «temiryo‘lchilar» mudofaa chizig‘ida muammolar paydo bo‘ldi. Nemanya Yanichich asosiy vaqtini tiklanishga sarfladi, aks holda, uning mukammal sport formasiga ega paytlari himoyada barqaror o‘yin ko‘rsatishi hammaga ma’lum. Nima ham derdik, mahoratli futbolchining ikkinchi davrada safga mukammal tayyorgarlik bilan qaytishiga tilakdoshmiz.

Muqobil variant: Ivan Nagaev

«Nasaf» Farrux Sayfiev

Jarohatdan aziyat chekkanlardan yana biri - «Nasaf» vakili Farrux Sayfiev. Avvalgi mavsumlarda nafaqat «ajdarlar» safida, balki milliy terma jamoada ham ajoyib o‘yinlari bilan ajralib turgan himoyachi muxlislarni sog‘intirib qo‘ydi. Umid qilamizki, mavsumning birinchi yarmida etishmagan omad ikkinchi davrada Sayfievni aslo tark etmaydi.

Muqobil variant: Ilhom Shomurodov

«Metallurg» Jasur Hakimov

Bekobodliklar o‘tgan mavsum «So‘g‘diyona»da etakchi darajasiga chiqa olgan hujumchini katta umidlar bilan jalb etishgandi. Ammo Jasur Hakimov «Metallurg» safiga qo‘shilgach, bugungi kunda to‘purarlar poygasida faollik ko‘rsatayotgan Zohid Abdullaevning soyasida qolib ketmoqda. Darhaqiqat, 15ta turdan keyin bitta gol - hujumchiga yarashmaydigan natija. Shu bois, Hakimov ham omadsizlar ro‘yxatidan o‘rin egalladi.

Muqobil variant: Shohnazar Norbekov

«Paxtakor» Suhrob Berdiev

Jasur Hakimov haqidagi fikrlar «Paxtakor» hujumchisi Suhrob Berdievga ham tegishli. Farqi shundaki, «sherlar» forvardi OChL bahslarida ham o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega edi. Afsuski, uning o‘yini o‘xshamadi. Endilikda Berdiev poytaxtda etishmagan omadni vodiydan topishga urinib ko‘radi, chog‘i: uni «Qo‘qon-1912» o‘z safiga qo‘shib olishga qarshi emas.

Muqobil variant: Azim Ahmedov

«Buxoro» San’at Shixov

O‘tgan mavsum «Navbahor»da yana avvalgi saviyasini tiklay boshlagan tezkor yarim himoyachi «Buxoro» bilan shartnoma imzolagach, o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygandi. Biroq negadir Shixovning o‘yini qovushmadi, har holda, avvalgi barqarorlikka erisha olmayapti. Qisqasi, omad etishmayapti. San’atning jarimadan yo‘llagan aniq zarbalari, bir-biridan chiroyli gollariga guvoh bo‘lganlar bu fikrga qo‘shilishsa, ajabmas.

Muqobil variant: Kamoliddin Murzoev

«Qizilqum» Bahriddin Vahobov

O‘tgan mavsum birinchi davra yakuniga ko‘ra, gollari sonini 15taga etkazib, e’tirofga sazovor bo‘lgan Bahriddin Vahobovni ham omadsizlar ro‘yxatiga kiritish mumkin. 2015 yili «Qizilqum» hisobidagi gollarning 61,3 foizini o‘z hisobiga yozib qo‘ygan hujumchi hozircha ikkita gol bilan cheklanib turibdi. Bu esa foiz hisobida 10,53ga teng. Yaqqol pasayish bo‘lganini sezish qiyin emas.

Muqobil variant: Andrey Derkach

«Olmaliq» Farhod Tojiev

O‘z vaqtida ham oliy liga, ham xalqaro musobaqalarda to‘purarlik qobiliyatini namoyish etgan Farhod Tojiev «Olmaliq»qa katta umidlar bilan taklif etilgandi. To‘g‘ri, u 4ta gol urdi, jamoa to‘purarlaridan biri bo‘lib turibdi. Ammo 15ta tur uchun bu gollarning kamlik qilishi kundek ravshan. Igor Shkvirin qo‘l ostida ishi yurishmaganini hujumchining o‘zi ham yaxshi angladi va jamoasini almashtirishga qaror qildi.

Muqobil variant Dilshod Jo‘raev

«Neftchi» Ilhom Boydedaev

Farg‘onaliklarning joriy yilgi eng omadsiz transferi sifatida Ilhom Boydedaev nomi tilga olindi. «Bunyodkor»ga qarshi kechgan dastlabki o‘yindayoq «qovun tushirgan» mahoratli yarim himoyachi keyinchalik ruhiy tushkunlikdan qutula olmadi chog‘i, birinchi davrani o‘ta muvaffaqiyatsiz yakunladi. Oqibatda, uning «Neftchi»dan ketishi oydinlashib qoldi.

Muqobil variant: Baxtiyor Yoqubov

«Mash’al» Zohir Qo‘ziboev

Gol tanqisligi yana bir iste’dodli hujumchi Zohir Qo‘ziboevni ham chetlab o‘tmadi. 15ta o‘yinda 1ta gol - masalaning nechog‘li jiddiy ekanini ko‘rsatib turibdi. Axir yaqindagina ajoyib o‘yinlari orqali milliy terma jamoa murabbiylar shtabi mehrini qozongan forvardning ko‘rsatkichlari hamisha yuqori bo‘lishi lozim. Ha, omad kelmasa qiyin-da!

Muqobil variant: Botir Nosirov

«Sho‘rtan» Kenja To‘raev

Chempionatda yagona gol bilan cheklanib turgan futbolchilardan yana biri. Umuman, To‘raev uchun nafaqat joriy mavsum, balki so‘nggi bir-ikki yil o‘ta omadsiz o‘tmoqda. Dastlab «Nasaf» asosiy tarkibidan o‘rin ololmagan hujumchi baxtini «Sho‘rtan»dan izlagandi. G‘uzorda ham ishi qovushmagach, avvalgi barqarorlikni «Olmaliq»da tiklashga qaror qildi.

Muqobil variant: Laziz Ubaydullaev

«So‘g‘diyona» Akmal Xolmurodov

Mavsumning dastlabki 6 o‘yinida 3 marta qizil kartochka olish - omadsizlikmi yoki tasodif? Hakamlar ko‘pincha futbolchilarni shunchaki maydondan chetlatishdan tiyilishadi, aksariyat hollarda o‘yinni buzmaslik maqsadida ularni ayashadi. Xolmurodovning bunday himmatga loyiq ko‘rilmagani balki omadsizlikdir?! Har holda, shu tariqa «So‘g‘diyona» etakchisining obro‘yiga biroz putur etgandek tuyuldi. Ha mayli, vaziyatni tiklash uchun oldinda yarim mavsum turibdi.

Muqobil variant: Temur Hakimov

«Navbahor» Anvar Rajabov

Bu futbolchining iqtidori shubhadan xoli, jamoasi g‘alabasi uchun astoydil ter to‘kishidan xabardormiz. Ammo yangilangan «Navbahor»da ko‘pchilik qatori Anvar Rajabovning ham o‘yini o‘xshamadi. Aksariyat vaziyatlarda to‘p uzatishda xatolikka yo‘l qo‘ysa, boshqasida raqib darvozasi oldida tug‘ilgan xavfli vaziyatni yo‘qqa chiqardi. Qolaversa, namanganlik ishqibozlar bosimini engib o‘tolmagan futbolchi yakunda jamoasini almashtirishga qaror qildi.

Muqobil variant: Oleksandr Pishur

«Andijon» Bobur Akbarov

Aslida, «Andijon»dan qaysidir futbolchini omadsiz sifatida alohida ajratib ko‘rsatish noto‘g‘ri. Zero, birinchi davrada butun boshli jamoaning o‘yini qovushmadi. Tarkib yomon emasdi, ammo... Mudofaadagi barqarorlikni ta’minlashi lozim bo‘lgan Bobur Akbarovdan omad ochiqchasiga yuz o‘girdi: ba’zan qo‘pol xatolar pand berdi, ba’zida esa sheriklari uni qo‘llab-quvvatlashmadi.

Muqobil variant: Alisher Shog‘ulomov

«Qo‘qon-1912» G‘ayrat Hasanov

Hozircha chempionatda eng ko‘p to‘p o‘tkazib yuborgan klub posbonlari haqida iliq fikr bildirish qiyin. Vaholanki, Andrey Baklanov bir necha marta turning eng yaxshi o‘yinchilari safida qayd etildi. Aksincha, G‘ayrat Hasanov darvozani qo‘riqlagan uchrashuvlarda «Qo‘qon-1912» faqat mag‘lubiyatga uchradi (kubok bahslari bundan mustasno). Xullas, Hasanov o‘z darajasida o‘yin ko‘rsata olmadi.

Muqobil variant: Navro‘z Alimov

«Obod» Alisher Azizov

Ushbu hujumchi oliy liga debyutanti safida to‘p surayotgan futbolchilarni g‘alaba sari ruhlantirishi lozim edi. Buning uchun esa o‘zining asosiy vazifasi - gol urishni uddalashi kerak. Ammo afsuski, Azizov harchand urinmasin, «Obod» ishtirokidagi o‘yinlarda boshqa sheriklaridan ustun ekanligini ko‘rsata olmadi. Aksincha, etakchilikni yosh Shohruz Norxonov va faxriy Pavel Solominga topshirishga majbur bo‘ldi.

Muqobil variant: Sanjar To‘raqulov

O‘tkir UMAROV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar