Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.07.2016

Shukurali Po‘latov: “Ikkinchi davrada muxlislarimizni ko‘p xursand qilamiz”

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 115
Shukurali Po‘latov: “Ikkinchi davrada muxlislarimizni ko‘p xursand qilamiz”

Kuni kecha “Neftchi” safida Oliy liga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan himoyachi Shukurali Po‘latov klub rasmiy sayti uchun intervyu berdi. Futbolchi intervyu davomida Dukent yig‘ini va navbatdagi davra borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

– Dukentda ikki mahaldan mashg‘ulot olib bordik. Jamoada kayfiyat yaxshi deb aytish mumkin. Yig‘in davomida asosan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ishladik. Murabbiylarimiz jamoani ikkinchi davraga munosib tayyorlay olishdi deb ayta olaman.

– “Buxoro” jamoasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yin borasidagi fikrlaringiz qanday?

– Ochig‘i, tog‘dagi og‘ir yuklamali mashqlardan so‘ng “Buxoro”ga qarshi o‘yinda ishtirok etish qiyin kechdi. Lekin foydali bahs bo‘ldi. Sekin-asta o‘yin amaliyotimizni tiklab borishga harakat qilyapmiz. Nasib qilsa ikkinchi davraning dastlabki uchrashuvida “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinni g‘alaba bilan boshlab, o‘z muxlislarimizni xursand qilamiz. To‘g‘ri davraning boshidagi raqiblarimiz oddiy jamoalar emas. Lekin biz xar bir o‘yinda g‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilish uchun maydonga chiqamiz. Bu bizning asosiy vazifamizdir.

– Ikkinchi davra avvalida Akmal Xolmatov, Anvar Berdiev va Sardor Rahmonov kabi futbolchilar jamoa safiga kelib qo‘shildi. Bu o‘zgarishlar albatta “Neftchi” foydasiga ishlashi aniq. To‘g‘rimi ?

– Fikringizga qo‘shilaman. Sardor Rahmonov hamda Akmal Xolmatovlar o‘tgan mavsumlar davomida “Neftchi” sharafini munosib himoya qilib kelishdi. Ularning ortga qaytishi faqat jamoamiz foydasiga ishlaydi. Anvar Berdievda esa tajriba katta. Ularni klubga kelishi to‘g‘ri qaror bo‘ldi.

– Himoyachi bo‘lishingizga qaramay, birinchi davraning aksariyat bahslarida gollar urdingiz. Ayniqsa “Metallurg” darvozasiga kiritgan to‘pingiz mavsumning eng chiroyli gollaridan biri bo‘ldi. Bundan buyog‘iga ham sizdan mana shunday chiroyli gollar ko‘ramizmi?

– Albatta xar bir o‘yinda murabbiylar, jamoadoshlarim va muxlislarning ishonchini oqlashga harakat qilaman. Ochig‘i, men uchun eng muhimi jamoamizning g‘alabalari hisoblanadi. Yarishmayman, ikkinchi davrada muxlislarimizni ko‘p xursand qilish niyatidamiz, – dedi Shukurali Po‘latov “Neftchi” PFK rasmiy saytiga bergan interyusida.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar