Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.07.2016

No‘’mon Hasanov: “Mana ko‘rasiz, ikkinchi davrada jamoamiz o‘yini umuman o‘zgaradi”

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 52
No‘’mon Hasanov: “Mana ko‘rasiz, ikkinchi davrada jamoamiz o‘yini umuman o‘zgaradi”

“Qo‘qon-1912” jamoasida ikkinchi davra uchun jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Xabaringiz bor, birinchi davra oxirlariga yaqin klubga yangi bosh murabbiy sifatida No‘’mon Hasanov tayinlangandi. Ayni paytda esa u barchasini boshidan boshlayapti va jamoani o‘z rejalari asosida mavsumning ikkinchi qismiga tayyorlamoqda. “Paxtakor”dan ketganidan keyin aynan qo‘qonliklar unga darhol taklif bilan murojaat qilishgandi. Aytish kerakki, murabbiy “Qo‘qon-1912”da ish boshlaganidan beri hali batafsil intervyu bermagandi. Bu safar uni suhbatlashishga ko‘ndirdik.

“Paxtakor”dagi oxirgi o‘yinim “Neftchi”ga qarshi bo‘lib o‘tgandi. To‘g‘risi, ungacha ayrim sabablarga ko‘ra bir oy Qo‘qonda bo‘lgandim. O‘sha paytlarda mahalliy muxlislar jamoani men boshqarishimni xohlayotganlarini aytishgandi. Farg‘onaliklarga yutqazib qo‘yganimizdan so‘ng ishdan bo‘shash haqida ariza yozdim. Keyin esa menga “Qo‘qon-1912”dan taklif bo‘ldi va rozi bo‘ldim. Qo‘qonliklarning Farg‘onada “Neftchi”ga qarshi o‘yini bor edi va shundan ikki kun oldin ham jamoani boshqarishga kirishishim mumkin edi. Ammo avvaliga jamoaning “Neftchi” bilan o‘yinini stadionda kuzatishni ma’qul ko‘rdim. Shu uchrashuvdan so‘ng bosh murabbiylikka kirishdim.

“Qo‘qon-1912”ga kelganingizdan keyin avvaliga vaziyatni o‘rganib chiqqaningiz ma’lum. Shundan kelib chiqqan holda ishlash jarayonida ko‘proq nimalarga e’tibor qaratishim kerak deb o‘yladingiz?

Jamoani kuzatish jarayonida shu narsa ayon bo‘ldiki, futbolchilar jismoniy tomondan kuchsiz edi. “Qo‘qon-1912”ning “Neftchi”ga qarshi o‘yini hamda “Lokomotiv” bilan bellashuvini ham ko‘rgandim. O‘yinchilar esa 60-70 daqiqaga, hattoki, 50-daqiqadan keyin charchab qolishganini sezdim. “Paxtakor”da futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash uchun bir qator uslublardan foydalanardik. “Qo‘qon-1912” jamoasi esa ushbu qo‘llanmalarning bir-ikkitasiga bardosh bera olardi xolos. Shuningdek, jamoada yoshi katta futbolchilar ham ko‘proq edi va bu ham jismoniy holatning me’yorida emasligiga ta’sir qilgan. Shu bois o‘rinbosarlar o‘yiniga jiddiy e’tibor qaratishni boshladim. Asta-sekin u erdan to‘rtta futbolchini asosiy tarkibga jalb qildim. Hattoki, ayrimlarini asosiy tarkibga ham kiritdim. Aniq ayta olamanki, jamoa o‘yini yaqqol o‘zgargani ko‘rindi. O‘z maydonimizda “Sho‘rtan”ni qabul qilganimizda birinchi bo‘limning o‘zida javobsiz uchta gol urganimiz bejiz emasdi. Ikkita yosh o‘yinchimizni maydonga tushirganimiz ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xullas, oxirgi uchrashuvlarga kelib o‘yinimiz “ochildi”. Shuningdek, mashg‘ulotlar paytida tezlikni oshirishga ham e’tibor qaratdik. Natijada o‘yinimiz ham biroz tezlashdi. Qarshi hujumlar va pressing qo‘llagan paytda yigitlar tezkorlik bilan o‘ynashdi. Yig‘ilish qilgan paytlarimizda ham futbolchilarga qanchalik to‘p bilan ko‘proq muomala qilsak, charchoq kamroq bo‘lishini aytganman. Xullas, yigitlarga sifatli futbol ko‘rsatishni singdirishga urinyapmiz. Sal bo‘lsa ham harakatlarimiz zoe ketmadi.

Ikkinchi davra uchun qanday rejalaringiz bor?

Har bir chizig‘imizda kamida ikkitadan futbolchi bo‘ladi. Yaqinda klubimiz saytida ham 10 ga yaqin futbolchi ketganini ma’lum qildik. Bu futbolchilar bilan do‘stona ravishda xayrlashdik. Futbolda bunday narsalar bo‘lib turadi. O‘z-o‘zidan ayonki ularning o‘rniga tajribali o‘yinchilarni qabul qilamiz. Hozir esa yangi futbolchilar kimlar ekanligini ayta olmayman. Hammasi yaqin vaqt ichida ma’lum bo‘ladi. O‘rtoqlik uchrashuvlari orqali ularni o‘yin uslubimizga moslashtirishga harakat qilamiz va kelishuvga erishganimizdan keyin bu haqida albatta sizlarga xabar beramiz.

Siz kelganingizdan so‘ng qanday vazifa qo‘yildi?

Eng ustivor vazifa bu jamoani oliy ligada qoldirish. Lekin men o‘ylaymanki, “Qo‘qon-1912” nafaqat oliy ligada qolish uchun, balki yuqoriroq o‘rinlar uchun ham munosib ravishda kurasha oladi. Men yutqazishni juda yomon ko‘raman. Futbolchilik paytimda ham mag‘lub bo‘lsam asablarim dosh bera olmay qolardi. Ammo yutish yoki yutqazish bu asosiy narsa emas. Eng muhimi, qo‘qonlik muxlislarni xursand qilish. Rostini aytish kerak, jamoa stadionida muxlislar tashrifi biroz kamaygan. Biz esa avvalgidek stadionda ishqibozlar to‘lib-toshishini istaymiz. Maqtanyapti demangu, ammo men kelganimdan keyin muxlislarimiz soni ortganligi sezildi. Maqsadimiz ishqibozlarni stadionda liq to‘lgan holda ko‘rishdir. Xo‘sh, stadionni qanday qilib muxlislar bilan to‘ldiramiz? Albatta, yigitlarimizning chiroyli o‘yinlari va g‘alabalari bilan bu ishni bajaramiz. Bu narsani har doim futbolchilarimizga aytyapman. Futbolni faqat muxlislar uchun o‘ynaymiz.

“Paxtakor” bilan chempionlikka erishgan murabbiy hisoblanasiz. Ammo joriy mavsumda ishlaringiz kutilgan darajada yurishib ketmadi. U erdagi faoliyatingizni tahlil qilib chiqqandirsiz?

Osiyo Chempionlar ligasida yomon ishtirok etmadik. O‘sha o‘yinlar mobaynida bizda ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi. Igor Sergeevning o‘zida bir qancha golli vaziyatlar yuzaga kelgandi. Menimcha, omadimiz kelmadi. Yana bir narsalar bo‘ldi, avvalambor tarkibimizda jiddiy yo‘qotishlar yuz berdi. Jamoamiz o‘yinini 90 foizga belgilab beruvchi Kaxi Maxaradzeni boy berdik. Darvozabonimiz Aleksandr Lobanovning ketishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Baribir uning o‘rnini egallagan yosh posbonimizga OChL va chempionat bahslarida tajriba etishmasligi pand berdi. Aleksandr Merzlyakovning “Buxoro”ga ketishi ham biz uchun yo‘qotish bo‘ldi. U himoya chizig‘imizda tuppa-tuzuk o‘ynab turgandi. Baribir bunday yo‘qotishlarga qaramasdan, yomon o‘yin ko‘rsatmayotgandik. Hech kim yutqazishni xohlamaydi. Baribir murabbiyning ishi natijalarga bog‘liq. Futbol shunaqa o‘yin. Lekin o‘yin tarafidan “Paxtakor” yigitlariga bir nima o‘rgata olgan bo‘lsam, shundan xursandman. Ayniqsa, tezkorlik va pressing qo‘llashni ancha o‘zlashtirdik va murabbiy sifatida o‘zim ham ancha-muncha narsalarni o‘rgandim. Xatolar ham, yutuqlar ham bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, “Paxtakor”dagi ishim men uchun maktab bo‘ldi. Xabaringiz bo‘lsa, chempionatning bir-ikkita uchrashuvlarida ham ishtirok eta olmadim. “Neftchi”ga qarshi o‘yinimizga ikki kun qolganida jamoaga etib keldim. Lekin mening yo‘qligimda yordamchilarim reja bo‘yicha ishlashdi va ularga doim ishonganman. Biz bitta jamoa va bitta oila edik. Qo‘qonda ham ana shunday jamoa yaratishni istayman. Umuman, har qanday klub bir oila bo‘la olsa, natijalar ham shunga monand bo‘ladi. “Paxtakor”da esa bu narsa juda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan. Lekin o‘z navbatida shuni ham aytishni istardimki, har bir murabbiy mard bo‘lishi kerak. O‘z maydonimizda farg‘onaliklarga yutqazib qo‘yganimizdan keyin muxlislarimiz yoqmimsiz gaplarni ham aytishdi. Ularni ham to‘g‘ri tushunaman, chunki ishqiboz faqat g‘alaba kutadi. “Neftchi”ga yutqazib qo‘yganimizdan keyin rahbarlarning oldiga kirib ariza yozishga ahd qildim. Nimanidir o‘zgartirishimiz kerak edi-da!

“Paxtakor” birinchi davrada ko‘p ochkolarni yo‘qotdi. Shunday ekan, ikkinchi davrada sobiq jamoangizning chempionlik uchun imkoniyatini qanday baholaysiz?

Murabbiy sifatidagi qarashlarim shundayki, “Paxtakor” kuchli jamoa. U erda futbolchilar o‘yindan zavq olishadi, maza qilishadi. Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov, Sherzod Karimov kabi futbolchilarning o‘yinlarini ko‘rib rohatlanasiz. Hamma jamoaga ham “Paxtakor” kabi o‘yin ko‘rsatish nasib qilmaydi. Jamoaning o‘yinida hamma narsa – hujumkorlik, tezkorlik, pressing…umuman, barchasi bor. “Paxtakor” bundan-da, yaxshi o‘yin ko‘rsata oladi. Ko‘ryapsiz, tarkibga yana yangi yosh futbolchilar qo‘shilyapti. Ularga esa vaqt kerak. Ushbu tarkib saqlanib qolsa yanada kuchli jamoa bo‘ladi. Hozirgi yosh iqtidorlarning esa yo‘li ochiq. “Paxtakor”ning maktabi ham juda yaxshi ishlayapti va har yili 4-5 tadan iqtidorni etishtirib beryapti. Chempionlik masalasiga kelsak, bu – futbol. Agarda hamma o‘yinni yutsa, qaerdan bilasiz balki…”Paxtakor” baribir “Paxtakor” va O‘zbekistondagi istalgan jamoani yuta oladi.

Bosh murabbiy sifatida u erda ishlash sizga qaysidir ma’noda qulayroq edi. Chunki futbolchilarning saviyasi baribir yaxshi edi va sifat borasida ham ustunlik bor edi. “Qo‘qon-1912”da esa futbolchilarga sizning istagingizni amalga oshirishlari uchun baribr vaqt kerak. Shunday jabhalarni taqqoslaganda Qo‘qonda qiyinchiliklarga duch kelmayapsizmi?

To‘g‘ri, “Paxtakor”ning o‘z uslubi va taktikasi bor. U erda tayyor jamoa bor edi. Qo‘qonda esa hammasini yangitdan boshlayapmiz. Shu bois futbolchilarga hammasini tushuntiryapman, nimani istayotganimizni uqtiryapmiz. Mana ko‘rasiz, ikkinchi davrada “Qo‘qon-1912”ning o‘yini umuman o‘zgaradi. Hozirda ikki mahaldan mashg‘ulot o‘tkazyapmiz. Qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz. Niyatimni aytdim: qo‘qonlik muxlislarni stadionga qaytarish. Bundan keyin odamlar bizning jamoa haqida faqat yaxshi fikrlar bildirishini xohlaymiz.

Birinchi davrada ko‘plab murabbiylar almashtirildi va siz ham ulardan birisiz. “Qo‘qon-1912”da ishlash jarayonida yana shu holat takrorlanishidan cho‘chimayapsizmi?

Bu noto‘g‘ri. Murabbiyni taklif qildimi, unga kelishganidek barcha sharoitlarni yaratib berish kerak. Ya’ni, murabbiyga ishlash uchun imkoniyat hamda vaqt berishsin. Hadeb ularni almashtiraverishlari ham noto‘g‘ri-da. Tushunaman, agarda jamoa oxirgi o‘rinda bo‘lsa-yu, vaziyat o‘zgarmayotgan bo‘lsa u holda qandaydir muhitni o‘zgartirish uchun sabab topiladi. Ketma-ket mag‘lubiyatlar albatta futbolchilarning ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Bu narsa Qo‘qonda ham yuz berdi. “Sho‘rtan”ni yutganimizdan keyin yigitlarga “mana, yutsa ham bo‘lar ekan-ku, avvalgi mag‘lubiyatlarni unutinglar” dedim. Baribir ketma-ket mag‘lubiyatlar miyaga singib qolar ekan. Shuning uchun futbolchilarni bu narsadan xalos etishimiz juda qiyin bo‘ldi. Ammo biz jamoani ruhiy o‘radan olib chiqa oldik. Hozirgi paytga kelib futbolchilarimizda o‘zlariga bo‘lgan ishonch juda yuqori.

“Paxtakor”dagi faoliyatingiz No‘’mon Hasanovning tashrif qog‘oziga aylandimi yoki bunday holat endi yuz beradi deb o‘ylaysizmi?

“Paxtakor”da ancha narsani o‘rgandim. Men hayotda shoshqaloqlikni yomon ko‘raman. Tezroq bosh murabbiy bo‘laman deb oliy ligada birdaniga ishlaganim yo‘q. Hammasini asta-sekinlik bilan boshladim. Avvaliga o‘rinbosarlar, birinchi liga keyin asosiy jamoa. Albatta, “S”, “B” va “A” litsenziyalari uchun ham o‘qidim. Baribir murabbiy bo‘lish oson ish emas. Hayotim davomida ko‘plab murabbiylarni ko‘rdim va birga ishladim. “Paxtakor”da o‘qidim, izlandim, intildim. Rahbariyat meni qo‘llab-quvvatladi, sharoitlar yaratib berdi. Buning uchun ulardan minnatdorman. Endi esa vaqti keldi deb o‘ylayman. Murabbiy sifatida albatta o‘zimni ko‘rsatishga harakat qilaman va men uchun hammasi oldinda.

Qo‘qonlik ishqibozlar sizdan va jamoadan ikkinchi davrada syurpriz kutishmoqda…

Syurpriz bo‘ladi. Muxlislarimizni tushunib turibman va ularning istagini amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. To‘g‘risi, birinchi davradagi tarkib ularni ham qoniqtirmayotgandi. Hattoki, o‘yinlar chog‘ida tribunadan ishqibozlarning keskin ohangda tarkibni o‘zgartirish va yangilash haqidagi hayqiriqlarini eshitib turardim. Albatta, ikkinchi davrada ketgan o‘yinchilarning o‘rniga boshqalari keladi. Muxlislarimizga esa syurprizlarni taqdim etamiz. Men kelganimdan keyin oxirgi uchrashuvlarda jamoamizni ajoyib ravishda qo‘llab-quvvatlashdi. Ikkinchi davrada ishqibozlarimizga yaxshi o‘yinlar ko‘rsatib, jamoani kuchaytirishga va’da beraman. Faqat ular stadionga kelib bizni qo‘llab turishlarini istayman. Hayotda yaxshi va yomon kunlar bo‘ladi. Mana shunday paytlarda hammamiz birga bo‘lishimiz kerak. Bu aynan muxlislarimizga taalluqli. Baribir ishqibozlarning orasida so‘kinadiganlarini ham eshitdim. Biz bu erda bitta oilamiz. Hamma chin dilidan “Qo‘qon-1912”ga muxlislik qilsin. Futbolda hamma xato qiladi, busiz iloji yo‘q. Hattoki, o‘sha ishqibozlar ham xato qiladi. Shunchaki, ulardan jamoamizni oxirigacha qizg‘in olqishlab turishlarini xohlayman. Iltimos qilardimki, futbolchilarni so‘kishmasin. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, o‘yinchi charchab qolganini ba’zida murabbiy ham sezmay qoladi. Lekin biz ishqibozlar uchun, ularni xursand qilish uchun o‘ynaymiz. Istagim, muxlislarimiz bilan bitta oila bo‘lish.

Murabbiylar shtabida o‘zgarish qilmaysizmi?

Yo‘q, hozircha hech nima qilmadim. Bu “Paxtakor” emas, u erdagi yordamchilarim boshqacha edi. Bu erda ancha o‘rganish kerak. Baribir bu erdagi murabbiylarga ham yo‘l ochib berish kerak. Barchasiga o‘z vazifalari nimalardan iborat ekanligini tushuntiryapman. Lekin bizning birinchi galdagi vazifamiz o‘yinni kuchaytirish. Unisi keyin bo‘laveradi. To‘g‘ri, do‘stlarim ham bor. Ammo ishda hamma bir-biri bilan ishchi munosabatda bo‘ladi.

Firdavsxon suhbatlashdi.

“Futbol ekspress” gazetasidan olindi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar