Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.07.2016

Vohid Shodiev: «Malayziyadan qaytishga majbur bo‘ldim»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 69
Vohid Shodiev: «Malayziyadan qaytishga majbur bo‘ldim»

Shu kunlarda mamlakatimiz oliy liga jamoalari ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlikni qizg‘in davom ettirishyapti. Jumladan, Navoiyning «Qizilqum» jamoasi o‘z yig‘inini Toshkentda olib bormoqda. Yig‘in doirasida bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlarining o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan. Tabiiyki, bu o‘yinlarda jamoaga yangi taklif etilgan futbolchilar ko‘rikdan o‘tkaziladi. Aksincha, birinchi davrada o‘z imkoniyatini namoyish eta olmagan futbolchilar bilan xayrlashildi. Ular orasida ukrainalik legionerlar Andrey Derkach va Vyacheslav Shevchenko ham bor. Bu ikki futbolchi bilan amaldagi shartnomalar bekor qilingan. Mazkur yo‘qotishlarning o‘rni munosib tarzda to‘ldirildi. Klub rahbariyati himoyachi Hamza Karimov, yarim himoyachi Erkin Boydullaev («Nasaf»), hujumchi Vohid Shodiev («Perak», Malayziya) bilan rasman shartnoma imzoladi. Hozirda jamoa mashg‘ulotlarida «Neftchi», «Andijon», «Sho‘rtan» jamoalaridagi o‘yini bilan tanilgan Shukur Jumaboev, birinchi davrada «Andijon» tarkibida to‘p surgan Nemanya Yovanovich qatnashmoqda. Bu futbolchilar bilan ham shartnoma imzolanishi kutilyapti. 18 iyul kuni «Qizilqum» Toshkent yig‘ini doirasidagi ilk nazorat uchrashuvini «Qo‘qon-1912» jamoasiga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozondi (3:2). Biz «Bunyodkor» akademiyasi maydonida o‘tkazilgan ushbu o‘yindan so‘ng mavsumning birinchi yarmini Malayziya chempionatida o‘tkazib qaytgan tajribali hujumchi Vohid Shodievdan intervyu oldik.

- Vohid, avvalo bugungi o‘yin haqidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Nazarimizda, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdinglar?

- Tarkibda yangi futbolchilar ko‘p. Guvohi bo‘ldinglar, har ikki bo‘limda ham murabbiylar shtabi ko‘plab o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Buni tabiiy holat sifatida qabul qilish kerak. Jamoa ko‘rigida bo‘lib turgan yangi futbolchilarni murabbiylar shu o‘rtoqlik o‘yinlari orqali tekshirib oladilar. Shu sababli ham bunday uchrashuvlarda natija birinchi o‘ringa chiqmaydi.

- Birinchi bo‘limdan so‘ng hisobda ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib olgandinglar. Ikkinchi bo‘limda esa muvozanat tiklandi. Bu holatni xotirjamlikka berilish bilan izohlasa bo‘ladimi?

- Yuqorida aytdim, tarkibda ko‘p o‘zgarishlar amalga oshirildi. Keyin murabbiylar turli taktik uslublarni ham mana shu nazorat o‘yinlarida amalda qo‘llab ko‘rishyapti. Balki, siz aytgandek holat ham kuzatilgan bo‘lishi mumkin. «Qizilqum» rahbariya­ti jamoa oldiga jiddiy vazifalarni qo‘ygan. Shu maqsadda tarkib, shu jumladan, hujum chizig‘i ham kuchaytirildi. Butun o‘yin davomida ikki hujumchi bilan o‘ynadik. Oxirgi 4-5 yil davomida jamoa bir hujumchi bilan harakat qilib kelayotgandi. Albatta, ikki hujumchi bilan o‘ynash osonroq. Chempionat va kubok bahslarida ana shu o‘zgarishlarning samarasini ko‘rishdan umidvormiz.

- Malayziyaning «Perak» klubi sharafini himoya qilayotgan edingiz. Hozir sizni «Qizilqum» safida ko‘rib turibmiz. O‘zbekistonga butunlay qaytdingizmi?

- Ha, shunday desa ham bo‘ladi. Jarohat sabab bir yarim oy davomida maydondan tashqarida bo‘ldim. Legioner maqomidagi futbolchilar uchun bu katta muddat. Ya’ni, klub murabbiylari sizni ortiq ushlab tura olishmaydi. Legionerlar jamoa o‘yinini kuchaytirish uchun taklif qilinadi. Xususan, «Perak» klubi murabbiylarining ham jarohatim tuzalishini kutib turish niyatlari yo‘q edi. Buni men ham to‘g‘ri tushundim. Mahalliy futbolchi bo‘lganida boshqa gap edi. Shularni o‘ylab, Toshkentga qaytdim va shu erda muolajalarni oldim. Hozir o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman. Ko‘rdingiz, ikki bo‘lim davomida maydonda harakat qildim.

- Shartnomani diplomatik yo‘l bilan bekor qildinglarmi?

- (kuladi) Albatta. Ikki tomon o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qildik. Hech bir tomon norozilik bildirmadi. Ochig‘ini aytaman, Malayziya chempionatidagi o‘yinlarim unchalik qovushmayotgandi. O‘yinim ochilib ketmayotgandi.

- «Qizilqum» bilan shartnoma imzoladingizmi yoki hamon ko‘rik jarayoni davom etyaptimi?

- Jamoa murabbiylari bilan fikrimiz bir joydan chiqdi va «Qizilqum» bilan shartnoma imzoladim.

- Balki endi buning ahamiyati yo‘qdir, lekin boshqa takliflar ham bo‘ldimi?

- Takliflar bor edi. Lekin hammasini taroziga qo‘ygan holda «Qizilqum» variantini afzal bildim. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Birinchi galda o‘zim navoiylikman. Tug‘ilib-o‘sgan shahar jamoasiga yordam berish yoqimli. Mahalliy muxlislarni xushnud qilish uchun astoydil harakat qilaman. Qolaversa, «Qizilqum» men uchun begona emas. Avval ham bu jamoa safida o‘ynaganman. Yangi muhitga moslashib ketish muammosi menda bo‘lmaydi. Va eng muhimi, «Qizilqum» rahbariyati ikkinchi davrada katta maqsadlarni ko‘zlayapti. Vazifalarimiz yuqori. O‘ylaymanki, bu vazifani bajarish qo‘limizdan keladi. Boz ustiga, hali yana tarkibga ko‘zga ko‘ringan futbolchilarning kelib qo‘shilishlari kutilyapti.

- Jamoadagi ichki muhit qanday ekan?

- Yomon emas. Endigina jamoaga kelib qo‘shildim. Bu borada muammo bo‘lmaydi, degan umiddaman. Shaxsan o‘zimga kelsam, klubdagilar yaxshi kayfiyatda kutib olishdi. «Qizil­qum» bilan shartnoma imzolaganimdan xursandman. Murabbiylar shtabi, rahbariyat va jamoa muxlislarining ishonchini oqlashga astoydil harakat qilaman. Etakchi klublarda orttirgan tajribamni ishga solib, o‘z gollarim bilan jamoamiz muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmoqchiman.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar