Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.07.2016

Shoxjahon Abbosov: “Mash’al”dan minnatdorman!

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 126
Shoxjahon Abbosov: “Mash’al”dan minnatdorman!

“Mashal” akademiyasidan chiqqan futbolchilar bugunda yurtimizning bir qancha jamoalarida faoliyat ko‘rsatmoqda, hattoki ularni Osiyoning bir qancha klublarida ham uchratish mumkin. Ana shunday futbolchilardan biri Eronda o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chepionati g‘olibi Shoxjahon Abbosovdir. Biz Shoxjahon bilan qisqacha suhbat uyushtirdik.

- Shohjahon keling avval futbolga qanday kirib kelganingiz haqida gaplashaylik. Futbolni tanlashingizga nima sabab bo‘lgan?
-Bolaligimdan futbolga mehrim juda baland edi. Otam ham buni yaxshi bilardilar, akam ham futbol o‘ynaganlar keyinchalik esa meni otam Muborak shahridagi “Mash’al” PFK futbol akademiyasiga olib keldilar bu erda futbolning barcha sir asrorlarini urgandim. Muborakda futbol o‘ynash uchun hamma qulayliklar bor, bir so‘z bilan aytganda Muborak meni ikkinchi uyimga aylandi.

- “Mash’al” jamoasinig bu yilgi oliy ligadagi natijlariga nima deya olasiz?
-“Mash’al” jamoasi 1-davrada ajoyib ishtirok etdi. Ayniqsa so‘ngi uch turda ketma-ket qozonilgan g‘alabalar Muboraklik muhlislarni ancha xursand qildi. Safarda ” Buxoro”, o‘z maydonimizda “Qo‘qon” va “Nasaf” jamoalari mag‘lub etildi. Menimcha “Mash’al” 2-davrada yanada mazmunli ishtirok etadi bu borada “Gazchilarga” omad tilayman.

- Muxlislar, umuman ko‘pchilik sizni “Navbahor” jamoasiga qanday kelganingiz haqida qiziqishadi?
- Meni yil boshidan “Navbahor”ga ijaraga berishdi, aslida esa hozir ham huquqiy jihatdan “Mash’al”ga tegishliman.

- Shoxjahon siz o‘smirlar terma jamoamiz safida, Eronda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati g‘olibi bo‘lgansiz, bu turnir sizda nimasi bilan esda qoldi?
-Avvalo bu turnirda biz chempion bo‘ldik. Finalda Yaponiya o‘smirlarini mag‘lub etishni uddasidan chiqqandik. Hozircha o‘smirlar terma jamoalrimiz ichida biz harakat qilgan jamoa natijasi eng yuqorisi bo‘lib turibdi.

- Shoxjahon Abbosovning futbolda erishgan yutuqlariga kimning hissasi yuqori?
- Albatta otamni va undan keyin ustozlarimni. Otamdan va ustozlarimdan birdek minnatdorman. Meni shu darajaga olib chiqqan “Mash’al” PFK rahbariyatiga ham rahmat aytaman. Bu jamoa akademiyasida etishdim, tanildim. Terma jamoalarimiz safida maydonga tushdim, yuqorida ta’kidlaganimdek qit’a chempioni bo‘ldim. Bir so‘z bilan aysam, “Mash’al”dan qarzdorman, vaqti kelib “Mash’al” safida albatta o‘ynayman degan, niyatdaman. O‘ylaymanki, bunga erishaman.

- Agar oliy liga jamoalaridan taklif bo‘lganda qay birini tanlardingiz?
- “Nasaf” yoki “Lokomotiv”ni, men uchun bu ikki jamoa safida o‘ynash ancha qiziqarliroq.

- Mamlakatimizda hozirda eng kuchli hujumchilar deb, kimlarni ayta olasiz?
- Ayni vaqtda yurtimizda eng kuchlisi, Igor Sergeev va Eldor Shomurodov bu ikkala futbolchi oliy ligada va terma jamo safida muntazam gol kiritmoqda.

- Suhbatimiz so‘ngida muxlislaringizga va voha.uz sayti ijodkorlariga tilaklaringiz?
- Meni hurmat qilgan barcha muxlislarga boshim erga tekkuncha ta’zimdaman. Muboraklik muxlislarga va “Mash’al” kulubdagi meni bilgan barcha muxlislarimga Ollohdan sog‘lik omonlik, xonadonlariga fayzu barokatlar tilayman. Voha.uz sayti ijodkorlariga alohida minnatdorchilik bildiraman chunki, shaxsan o‘zim bu saytni muxlisiman, hech qachon ijoddan to‘xtamanglar deb, qolaman!

Dilshod Safarov suhbatlashdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar