Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.07.2016

Alisher Mahmudov: “Birinchi davrada murabbiylar menga ishonch bildirishmadi”

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 120
Alisher Mahmudov: “Birinchi davrada murabbiylar menga ishonch bildirishmadi”

Shu kunlarda oliy liga jamoalari davralar oralig‘idagi tanaffusdan unumli foydalangan holda hal qiluvchi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish barobarida o‘z tarkiblarini kuchaytirib olishga ham e’tibor qaratishyapti.
Jumladan, birinchi davrani omadsiz o‘tkazgan Namanganning “Navbahor” jamoasi ham yo‘l qo‘yilgan xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda mashg‘ulotlarga zo‘r bergan. Bugun “lochinlar”ning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tashkil etgan yig‘ini yakunlanadi. Qisqa muddatli dam olishdan so‘ng “Navbahor” futbolchilari navbatdagi yig‘inni tashkil etish uchun Toshkentda to‘planishadi. 21 iyul kuni boshlanadigan poytaxt yig‘ini doirasida bir nechta nazorat uchrashuvlarining o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, ilk o‘yin 23 iyul kuni “Buxoro” jamoasiga qarshi o‘tkaziladi. Ma’lumki, yaqinda “Navbahor” jamoasiga Ravshan Bozorov bosh murabbiy etib tayinlangandi. Bugungi kunda Bozorov boshchiligidagi murabbiylar shtabi tarkibga yangi futbolchilarni qo‘shib olish maqsadida muzokaralarni davom ettirishyapti. Davralar oralig‘ida jamoa safiga qo‘shilgan hujumchi Abdumalik Abdullaevni “Navbahor”da qolishi deyarli hal etilgan. Biz navbatdagi mashg‘ulotlardan so‘ng jamoa yarim himoyachisi Alisher Mahmudovdan tayyorgarlik yuzasidan intervyu oldik.

- Alisher, ikkinchi davra o‘yinlariga tayyorgarlik qanday davom etyapti?
- Tayyorgarlik reja asosida o‘tkazilyapti. Bo‘stonlik tumanidagi yig‘inimizda asosiy e’tibor tiklanish hamda jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan mashg‘ulotlarga qaratilmoqda. Murabbiylar tarkibni kuchaytirishga e’tibor berishyapti. Birinchi davrada to‘p tepgan ayrim etakchi futbolchilar jamoani tark etishgan. Murabbiylar ularning o‘rnini munosib futbolchilar bilan to‘ldirishga harakat qilishyapti. Asosiy e’tibor mahalliy futbolchilarga qaratilgan, desam yanglishmayman. Yangi murabbiylar shtabi vaziyatni o‘nglash uchun ish olib bormoqda.

- Yangi murabbiylar shtabi mashg‘ulotlarga qanday o‘zgarishlar kiritdi? Yoki hammasi avvalgidek davom etyaptimi?
- Har bir murabbiyning o‘z o‘yin uslubi bo‘ladi. Tabiiyki, mashg‘ulotlarda ham. Lekin hozir bu o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanmayapti. Boisi, yuqorida aytganimdek, hozir asosan jismoniy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarni bajarish bilan cheklanyapmiz. Toshkentdagi yig‘inimizda to‘p bilan ishlash, nazorat uchrashuvlarida jamoaviy o‘yinni shakllantirishga urg‘u beriladi.

- Jamoaning birinchi davradagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki muhokama qilindimi?
- Ha, albatta. Klub rahbariyati yangi murabbiylar shtabi bilan uchrashib, birinchi davrani muhokama qilish barobarida qilinadigan ishlar xususida ham gaplashib oldi. O‘ylaymanki, ikkinchi davrada vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartira olamiz.

- Alisher, sizningcha, jamoangizning birinchi davradagi omadsiz ishtirokiga nima sabab bo‘ldi?
- Nima deyishga ham hayronman. Bunday olib qarasa, tarkibimiz hozirgi egallab turgan o‘rnimizga mos emasdi. Boshqa tomondan olib qarasak, o‘tgan yilgi tarkib bilan taqqoslaganda, yil boshidagi jamoadagi futbolchilar 80 foizga o‘zgarib ketgandi. Shaxsiy fikrim, jamoaga yangi qo‘shilgan futbolchilarning bir-biri bilan tushunib harakat qilishi qiyin kechdi. Buning uchun vaqt kerak edi.

- Balki murabbiylarning tez-tez almashishi ham bunga sabab bo‘lgandir?
- Menimcha ham shunday. Murabbiylarning qo‘nimsizligi ham muvaffaqiyatsizlikka zamin yaratgan.

- Umuman olganda, oliy ligamizning birinchi davrasi sizda qanday taassurot qoldirdi? Chempionatimiz saviyasi oshyaptimi?
- Chempionatimiz saviyasi oshayotgani bor gap. Hozir oliy ligada engil o‘yinning o‘zi qolmagan. Har bir jamoa bilan o‘yin qiyin va murakkab kechmoqda. Har bir ochko uchun kurash so‘nggi daqiqalarga qadar davom etyapti. Shunday bo‘lsada, chempionlik uchun kurashadigan jamoalar boshqalardan ajralib chiqishdi. “Lokomotiv” va “Bunyodkor” jamoalarining chempionlik borasidagi imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Qolgan 4-5ta klub bronza medallar uchun kurash olib borsa ajablanmayman.

- Birinchi davrada asosan zaxirada qolib ketdingiz. Vaziyatni o‘zgartirish istagi yo‘qmi?
- Jamoani o‘zgartirishni nazarda tutyapsizmi?

- Xuddi shunday.
- Yo‘q albatta. Menda “Navbahor”ga yordam berish istagi kuchli. Shu boisdan ham ikkinchi davra o‘yinlaridan umidim katta. Bilasizmi, birinchi davrada murabbiylar menga ishonch bildirishmadi. Murabbiylarning tez-tez almashishi yaxshi ish bo‘lmadi. Futbolchiga birinchi navbatda ishonch bildirish kerak. Ishonchni oqlamasa, keyin o‘z vaqtini zaxirada kutsin, bunga qarshilik yo‘q. Menga esa ana shu imkoniyatni taqdim etishmadi.

- Demak, “Navbahor”ni tark etmaysiz.
- Shunday.

- Ikkinchi davradan qanday natijalar kutyapsiz?
- Agar tarkibimizni kerakli o‘yinchilar bilan kuchaytira olsak, ikkinchi davradagi natijamiz birinchisidan sezilarli tarzda yaxshi bo‘lishi kerak. Har holda men shunga umid qilyapman. O‘ylaymanki, “Navbahor” muxlislarini xushnud eta olamiz. Muxlislar bundan 20 yil avval “Navbahor” chempion bo‘lganini juda ko‘p eslashyapti. To‘g‘ri, hozir o‘sha chempionlikni qaytarish haqida o‘ylash mushkul. Lekin o‘z g‘alabalarimiz bilan muxlislarga quvonch ulashishimiz mumkin. Buning uchun barchamiz astoydil harakat qilamiz. Ikkinchi davrada kurash keskin tus olishini taxmin qilish qiyin emas. Oliy ligada jon saqlab qolish uchun kurash avjiga chiqadi. Bir ochkoni qo‘lga kiritish qanchalik qiyin bo‘lishini tasavvur qilyapman. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, muxlislar ikkinchi davra o‘yinlaridan zerikib qolishmaydi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar