Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.07.2016

Sportchi oila – sog‘lom oila

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 96
Sportchi oila – sog‘lom oila

Samarqandda “Otam, onam va men – sportchi oila” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 16 oilaviy jamoa qatnashdi.
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Rabbimova va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida aholi o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Har yili viloyatning shahar va qishloqlarida yangi sport inshootlari bunyod etilmoqda. Birgina joriy yilda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga viloyatda qirqdan ziyod sport zallari va majmualari qurilmoqda. Har bir mahallada sport maydonchalari tashkil etilib, aholining sport bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Tayloq tumanidan Nazarovlar oilasi barcha shartlarni a’lo darajada bajarib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Narpay tumanidan Rashidovlar oilasi ikkinchi, Paxtachidan Ochilovlar oilaviy jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
– Oila a’zolarimizning barchasi sport bilan shug‘ullanadi, – deydi musobaqa g‘olibi M.Nazarov. – O‘g‘lim Nurbek taekvondo to‘garagiga qatnashadi. Qizim Dilnoza esa badiiiy gimnastika sirlarini o‘rganmoqda. Bu kabi musobaqalar oilalarda sportning ommaviyligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Musobaqa g‘olib va faol ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar