Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.07.2016

O‘zbekiston yoshlari xalqaro turnirda eronlik tengdoshlariga mag‘lub bo‘ldi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 111
O‘zbekiston yoshlari xalqaro turnirda eronlik tengdoshlariga mag‘lub bo‘ldi

2016 yilning 13 – 30 oktyabr sanalari davomida Bahraynda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-19 terma jamoasi navbatdagi yig‘inini Singapurda o‘tkazmoqda.

Ushbu yig‘in doirasida Jasur Abduraimov boshchilik qilayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi, bugun, 20 iyul kuni Singapur Futbol Asotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tashkil topgan terma jamoalar o‘rtasidagi xalqaro turnir doirasida Eron U-19 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv asosiy vaqti durang natija bilan yakunlandi. Avvaliga, 17-daqiqada eronliklar hisobni ochgan bo‘lsalar, uchrashuv asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan bir pallada Sharof Muhiddinov hisobni tenglashtirdi.

O‘yin yakunlanishi bilan penaltilar seriyasi o‘tkazildi va unda Eron yoshlar terma jamoasi 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Singapurdagi yig‘ini 24 iyulgacha davom etadi.

FAS U-21 International Challenge Cup

Eron U-19 – O‘zbekiston U-19 1:1 (pen. 5:4)

Gollar: Ali Taheron (18) – Sharof Muhiddinov (90+3)

O‘zbekiston U-19: Umid Hamroev, Islom Qobilov, Oybek Rustamov, Xojakbar Alijonov, Xushnudbek Avilov, Azizjon G‘aniev, Saidjamol Davlatjonov, Sharof Muhiddinov, Nurillo To‘xtasinov, Doston Ibragimov, Bobir Abduxoliqov.

Zaxira: Umidjon Ergashev, Jamshid Yusupov, Suxrob Nurilloev, Sanjar Qodirqulov, Azizbek Suyunov, Xusniddin G‘ofurov, Begzod G‘anijonov.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar