Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.07.2016

“Nasaf” tayyorgarliklarni davom ettirmoqda

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 84
“Nasaf” tayyorgarliklarni davom ettirmoqda

“Nasaf” klubi o‘z qarorgohida ikkinchi davraga tayyorgarliklarni davom ettirmoqda. Bugun futbolchilar ikkiga bo‘lingan holda o‘zaro o‘yin o‘tkazishdi.

Uchrashuv 2:2 hisobida durang natija bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi gollarni Azamat Allaniyozov (2), Fozil Musaev va Shaxboz Erkinovlar (penaltidan) kiritishdi.

Nazorat uchrashuvida quyidagi futbolchilar maydonga tushishdi. Jamoamiz futbolchilari maydonda ko‘k va oq futbolkalarda harakat qilishdi.

“Ko‘klar”: Javohir Komilov, Ildar Mamatkazin, Deyan Bolevich, Shuhrat Muhammadiev, Fozil Musaev, Bahrom Abdurahimov, Farrux Sayfiev, Ognen Krasich, Asliddin Abdiev, Sirojiddin Qo‘ziev, Dilshod Xushbakov.

“Oqlar”: Maksim Kriushev, Sherzod A’zamov, Igor Golban, Nikita Pavlenko, Sobit Sindorov, Saydullo Rahmatov, Najmiddin Normurodov, Akmal Murodov, Islom Rashidxonov, Azamat Allaniyozov, Doniyor Narzullaev.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Javohir Komilov o‘rniga Sanjar Quvvatov, Asliddin Abdiev o‘rniga Shaxboz Erkinov va Sobit Sindorov o‘rniga Islom Rashidxonovlar maydonga tushishdi.

Jamoamiz safiga yaqinda kelib qo‘shilgan serbiyalik legioner asosan o‘ng qanot yarim himoyasida harakat qildi, birinchi bo‘limda uning amalga oshirgan burchak to‘pini Fozil Musaev golga aylantirdi.

Bugun shuningdek jamoamiz qarorgohiga “Sport” telekanalining jurnalistlari ham tashrif buyurishdi. Uchrashuv jarayonining qiziqarli daqiqalarini tasvirga olishdi va jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Sa’dullaevichdan intervyu ham olishdi.

Intervyuda Ro‘ziqul Berdiev jumladan quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

-Tayyorgarliklarni 14 iyuldan boshladik, shu kuni futbolchilarimiz Toshkentda tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi va 15 iyuldan klubimiz qarorgohida ikkinchi davraga tayyorgarliklarni olib bormoqdamiz. Yig‘inimiz 21 iyulga qadar davom etadi. 21 iyul kuni Samarqandda “Dinamo” jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazamiz. Keyin jamoamiz futbolchilariga ikki kunlik dam olish e’lon qilamiz va dam olishdan so‘ng o‘z maydonimizda bo‘ladigan O‘zbekiston Kubogi chorak finali javob uchrashuviga tayyorgarlikni boshlaymiz. Tayyorgarlik jarayonida asosiy e’tiborni futbolchilarimizning jismoniy holatini yaxshilashga va texnikasiga hamda jamoamizning taktik mahoratini oshirishga qaratmoqdamiz.

Jamoamizni ayrim o‘yinchilar tark etishdi va ba’zi o‘yinchilarimiz jarohatlarini davolatish bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda. Ularning o‘rnini to‘ldirish uchun yangi futbolchilarni taklif qildik. Bular, serbiyalik Ognen Krasich, rossiyalik Igor Golban va hujumchi Shaxboz Erkinovlardir. Bundan tashqari ham bir necha futbolchilar mashg‘ulotlarimizda ishtirok etishmoqda. Jamoada kim qolishi yoki ketishi 21 iyuldan keyin ma’lum bo‘ladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar