Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.07.2016

"Qo‘qon-1912" - "Qizilqum" 2:3. Hisobda aks etmagan ustunlik

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 245
"Qo‘qon-1912" - "Qizilqum" 2:3. Hisobda aks etmagan ustunlik

Kecha «Qo‘qon-1912» birinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonida “Qizilqum”ga qarshi kechgan o‘yinda qo‘qonliklar 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘yinning birinchi bo‘limida jamoamiz ustunlikka erishganlariga qaramay, darvozamizdan 2 ta gol o‘tkazib yubordik. Dastlab qarshi hujumdan so‘ng Samandar Shodmonovning zarbasi himoyachilarimizdan biriga tegib rikoshet holatida darvozamizdan joy oldi. Yana bir qarshi hujumdan esa jarima maydonchamizda Jalil Kimsanov raqibga qo‘pollik ishlatdi. Hakam penalti belgiladi. Penaltini Ilhom Yunusov aniq amalga oshirdi – 0:2. Jamoalar shu hisobida chiqib ketishdi.

Ikkinchi taym jamoamiz uchun omadli keldi. Maruf Zokirjonov jarima zarbasidan so‘ng hisobni qisqartirdi. Keyin esa Otbek Zokirov hisobni tenglashtirdi. Zokirov supergol sohibiga aylandi.

Afsuski, durang natijani saqlab qolish jamoamiz a’zolariga nasib etmadi. Nemanya Yovonovich Aziz Ashurov bilan birga-bir vaziyatga chiqib zarba berdi. Yaqin masofadan berilgan zarbalarni Ashurov ikki bor qaytardi. Uchinchi zarba esa golga aylandi.

Oradan biroz vaqt o‘tib, Yovanovichga qizil kartochka ko‘rsatildi. Bu o‘rtoqlik o‘yini bo‘lganligi sababli Nemanyani o‘rniga boshqa futbolchi maydonga tushdi.

Shu tariqa uchrashuv 2:3 hisobida navoiyliklar foydasiga yakunlandi. O‘yinda katta ustunlikka erishgan vakillarimiz mag‘lubiyatga uchrashdi. Aniqrog‘i, ustunlik hisobda aks etmadi.

Nazorat uchrshuvi

“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” – 2:3 (0:2)

Bosh hakam: Olim Tolibjonov.

Gollar: M. Zokirjonov, O. Zokirov. – S. Shodmonov, I. Yunusov, N. Yovanovich.

“Qo‘qon-1912”: 12. Aziz Ashurov 15. Ma’ruf Zokirjonov 5. Jalil Kimsanov 20. Doston Tursunov 91. Nodir Yuldashev 7. Otabek Zokirov 6. Bahodir Akramov 28. Abdulloh Olimov, 88. Javohir Siddiqov 18. Suhrob Berdiev, 22. Orif Mamajonov.

Zahirada: Ruslan Matniyazov, Shoxrux Xolmatov, Aziz G‘ulomho‘jaev, Ibrohim Rahimov, Iqbol Malikjonov, I. Abdug‘aniev, I. Olimboev, Aziz To‘xtaboev, Nosir Otaqo‘ziev.

QIZILQUM: E. Jabborov, G. Kveseishvili, F. Kambarov, A. Yusupov, G. Jumaev, E. Boydullaev, I. Yunusov, S. Shodmonov, O. Narzullaev, V. Shodiev, B. Vahobov.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar