Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.07.2016

"Andijon": Yoshlarga e’tibor

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 76
"Andijon": Yoshlarga e’tibor

Ochig‘ini aytganda, mavsumning birinchi qismida “Andijon” muxlislarini quvontira olmadi. Aniqrog‘i ishqibozlar kutganidek yuqori o‘rinlarni egallay olmadi. Lekin oldinda ikkinchi davra uchrashuvlari borligini inobatga oladigan bo‘lsak, hali hammasi ko‘ngildagidek kechishi uchun umid qilsa bo‘ladi. Shunday emasmi?!

"Andijon": Yoshlarga e’tibor

Alisher Abduvohidov yoshlar ligasida to‘purarlik mahoratini namoyish etib, ko‘pchilikni e’tiborini tortdi.

Garchi bu yil “Andijon” ijobiy natijalarni qayd eta olmayotgan bo‘lsada, klub o‘z infratuzilmasini mukammallashtirib, yangicha ish tizimini joriy etmoqda. Klub rahbariyati bu yil, mahalliy yoshlarga jiddiy e’tibor bera boshladi. Boisi so‘nggi yillarda “Andijon” safida o‘ynab ketgan futbolchilarning ko‘pchiligini boshqa joylardan tashrif buyurganlar tashkil etardi va bu tabiiyki andijonlik iqtidorlilarni yuzaga chiqishiga qaysidir ma’noda to‘sqinlik qilardi.

"Andijon": Yoshlarga e’tibor

Solohiddin Solohiddinov (№70) va Baxtiyor Qosimov (№26) tajribali jamoadoshi Ibrohim Otaxonov (№6) bilan yonma-yon o‘ynab, asta-sekin o‘sishga erishmoqda.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, “Andijon” yoshlari tanaffusga 3-o‘rinda chiqib ketdi. Albatta, bunda murabbiy Vitaliy Legayning samarali faoliyatini a’lohida ta’kidlab o‘tish lozim. Chunki jamoani deyarli mavsum starti arafasida qabul qilib olgan Vitaliy Aleksandrovich vaqt o‘tgani sayin o‘zi uchun to‘g‘ri yo‘nalishni top oldi va jamoa o‘yinini shakllantirdi. Ijobiy natija bilan parallel ravishda yoshlarni asosiy jamoaga etishtirib berishni ham yaxshi uddaladi deyish mumkin. Fikrimizga isbot tariqasida Baxtiyor Qosimov, Alisher Abduvohidov, Jahongir Maqsudov, Solohiddin Solohiddinov singari futbolchilarning bu yil oliy ligada debyut uchrashuvini o‘tkazganini aytish mumkin. Endigina 20 yoshni qarshi olgan ushbu futbolchilarning “Andijon” uchun hozirgi kunda ijobiy natija deyish mumkin. To‘g‘ri, oliy liganing boshqa klublarida 18-20 yoshli futbolchilar allaqachon asosiy tarkib a’zosiga aylanib ulgurgan va bundan fojea yasash noto‘g‘ri bo‘ladi deyishingiz ham mumkin. Lekin “Andijon”da so‘nggi yillarda yoshlarga bu darajada katta e’tibor qaratilmay kelayotganini ham bee’tibor qoldirmaslik lozim. Har yili 1ta o‘yinchi etishib chiqardi. Joriy mavsum esa ularning soni bir necha barobarga oshgani kishini quvontirmasdan qolmaydi.

"Andijon": Yoshlarga e’tibor

Davralar oralig‘ida yoshlar jamoamiz tarkibi mahalliy yoshlar hisobiga yanada kuchaytiriladi.

Birinchi davrada yoshlar jamoamiz tarkibida o‘zini ko‘rsatishga erishgan Shoyad Mullajonov, Shoxruh Ergashev, Dilmurod Mahmudov, Abror Komilov singari iqtidorli o‘yinchilarimiz ham hademay oliy ligada o‘ynay boshlashiga shubha yo‘q. Agarda ular o‘z ustida kelgusida ham tinimsiz ishlab borishni kanda qilmasa.

Davralar oralig‘ida yoshlar jamoamiz tarkibiga andijonlik yana bir nechta iste’dodli futbolchilarni jalb etib, kuchaytirish rejalashtirilgan. “UzDongJu”dagi o‘yinlari orqali andijonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan iqtidorli hujumchi Ozodbek Komilovning “Andijon”ga olib kelinganini aytib o‘tish kerak. 19 yoshli hujumchi so‘nggi yillarda faoliyatini “Metallurg”da o‘tkkazib kelayotgandi. Jamoamiz murabbiylarining Komilovdan ikkinchi davrada umidi katta. O‘ylaymizki, Ozodbek oliy ligada ham yo‘qolib qolmaydi va sermahsullik ko‘rsatib, o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlaydi.

"Andijon": Yoshlarga e’tibor

Ayni damda yoshlar jamoamizni Yodgor Xurxonov va Rasul Rahmonov shug‘ullantirmoqda. Vitaliy Legay asosiy jamoaga o‘tgach, yoshlar jamoamiz bilan asosan o‘yin kunlari birga bo‘lmoqda. Chetda qaraganda, murabbiy yoshlar jamoamizga befarq bo‘la olmayapti va imkon qadar shogirdlari ko‘proq bo‘lishga xarakat qilmoqda.

Yaqin yillar davomida “Andijon”ning sardori sifatida maydonda javlon urgan Rasul Rahmonov boshidan bir necha bor og‘ir jaroxatlarni o‘tkazdi va bu yildan butsalarini mixga ilishga qaror qildi. Klub rahbariyati Rahmonovning jamoaga qiyin vaziyatlarda ham sodiq qolganini bee’tibor qoldirmasdan, yoshlar jamoamizda murabbiylik qilishni taklif qildi va uning yangi bosqichda qadam tashlashiga zamin yaratib berdi. Asta-sekin murabbiylik kurslarida tahsil olib, bosqichma-bosqich murabbiy sifatida yuqoriga ko‘tarilishni o‘ylayotgan Rasul Rahimovich shu kungacha futbolchi sifatida ko‘plab taniqli murabbiylar bilan ishladi. Islom Ahmedov, Amet Memet, Aleksandr Averyanov hamda Edgar Gess kabi mutaxassislar bilan hamkorlik qilib, ularning har biridan nimadir olganini ta’kidlashdan charchamaydigan Rahmonovning kelgusi faoliyatiga omad tilab qolamiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar