Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.07.2016

Navbahor tayyorgarlikni boshladi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 46
Navbahor tayyorgarlikni boshladi

Bundan biroz vaqt oldin jamoamiz a’zolari davralar oralig‘idagi dastlabki yig‘inni yakunlashdi. Ravshan Bozorov boshchiligidagi dastlabki mashg‘ulotda jamoa tarkibida mavsum birinchi yarmini “Norin”da o‘tkazgan Artur Parvanov, Murod To‘ychiboev va Vladislav Aleksinlar ham shug‘ullanishdi.

Dastlabki kungi mashg‘ulotlarda turli sabablarga ko‘ra birinchi davrani “Navbahor”da o‘tkazgan futbolchilar ishtirok etishmadi. Ularni jamoa safiga poytaxt yig‘ini chog‘ida qo‘shilishlari kutilmoqda.

“Navbahor” ertaga ham Namanganda mashg‘ulot o‘tkazadi. Yangi hafta boshida jamoamiz a’zolari Toshkent viloyatining tog‘li xududiga yo‘l olishadi. Bir haftalik yig‘in davomida asosiy e’tibor futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratiladi.

Bir haftalik yig‘in yakuniga etgach, jamoa a’zolariga qisqa muddatlik dam olish e’lon qilinadi. 20 iyuldan jamoa a’zolari tayyorgarlikning asosiy qismini o‘tash maqsadida Toshkentda to‘planishadi. Poytaxt yig‘ini davomida nazorat uchrashuvlarini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Davralar oralig‘ida tarkibda bir qator o‘zgarishlarni ro‘y berishini aytib o‘tish mumkin. Bu borada bosh murabbiy Ravshan Bozorov quyidagilarni ma’lum qildi: - Bugun jamoa safiga “Norin”dan taklif etilgan Artur Parvanov, Murod To‘ychiboev va Vladislav Aleksinlar qo‘shilishdi. Ayni paytda tarkibni kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz.

O‘zaro kelishuvga erishilgan futbolchilarni jamoamiz safiga Toshkent viloyatidagi yig‘inda qo‘shilishi ko‘zda tutilgan. Kelishuv borasida bir to‘xtamga kelganimizdan keyin jamoa tarkibiga qo‘shiladigan o‘yinchilar haqida ma’lumot bersak to‘g‘riroq bo‘lardi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar