Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.07.2016

Sergey Karasyov:«Haqiqiy imtihondan o‘tgandek bo‘ldim»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 210
Sergey Karasyov:«Haqiqiy imtihondan o‘tgandek bo‘ldim»

Sergey Karasyov boshchiligidagi rossiyalik hakamlar brigadasi Evro-2016da ikkita o‘yinni boshqardi. Tajribali referi uyiga qaytgach, mahalliy jurnalist­lar uni suhbatga tortishdi.

— Rafiqam aeroportda kutib oldi. Shundan so‘ng Moskva yaqinidagi dala-hovlimizga yo‘l oldik, - deb gap boshladi Karasyov. - Hozir dam olyapmiz.

— Farzandlaringiz qanday turnirda ishtirok etganingizni his qilishdimi?

— Hozircha hech nima deyishmadi. Qizim 8,5 yoshda. To‘g‘risi, futbolni unchalik tushunmaydi. Otasini televizorda ko‘rsatishlarini biladi. Ammo Rossiya chempionati bilan Evroni farqlay olmaydi. O‘g‘lim esa hali kichkina.

— Evropa chempionatidan biroz vaqtliroq qaytdingiz, endi Olimpiadaga yo‘l olasiz. Rafiqangiz norozi bo‘lmaydimi?

— U futbol va hakamlikni hurmat qiladi. Aytgancha, do‘stlarim bilan o‘zaro kelishuvga egamiz: o‘yin paytida xato qilsam, SMS yozishmaydi. Ikki tanqidchim bor - otam va rafiqam. Ularning fikrlari men uchun muhim.

— Turmush o‘rtog‘ingiz futbolni yaxshi tushunadimi?

— Juda yaxshi tushunadi. To‘g‘ri, qaysidir vaziyatlarni baholashda qiynaladi. Lekin penalti yoki kartochkalar haqida gapiradigan bo‘lsak, mening haq yoki nohaqligimni ayta oladi. U bilan 1999 yildan buyon tanishmiz. Turmush qurganimizga ham ko‘p bo‘ldi.

— Hamkasblaringiz tabriklashdimi?

— Qutlaganlar bisyor edi. Telefonim haligacha bunday «hujum»ga uchramagandi. Nafaqat men, balki brigadamizning barcha a’zolari - Tixon Kalugin, Nikolay Golubev, Sergey Lapochkin, Sergey Ivanovlarga ham qo‘ng‘iroqlar qilishdi. Afsuski, Anton Averyanov chempionatga bora olmadi. Shunga qaramay, uni hamon brigadamiz a’zosi deb hisoblayman.

— Rossiyalik futbolchilar ham tabriklashdimi?

— Yo‘q. Plyaj futboli terma jamoa­si bilan ko‘proq muloqot qilaman.

— Evro-2016dan ketishingizni Kollina aytdimi? Bu qanday yuz berdi?

— Ikkita uchrashuvdan so‘ng harakatlarimizdan qoniqish hosil qilgandik. Hakamlar qo‘mitasi ham shu fikrda edi. Chempionatda qolishga umid bog‘lab turgandik. Lekin yig‘ilishga qadar oldimizga Kollina kelib, barchasi haqida ogohlantirdi. Buning uchun unga rahmat. Aks holda, UEFAning qarori qattiq zarba bo‘lishi mumkin edi.

— Kollina nima dedi?

— U bilan norasmiy tarzda 10 daqiqa gaplashib turdik. Bizdan tajribaliroq, evrokuboklar hamda jahon chempionatlarining yarim final va finallarida ishlagan hakamlar borligini ochiq-oydin aytdi. O‘z navbatida, kelajakda bizning ham yuqori saviya­da ishlay olishimizni bildirdi.

— Buni elitaga kirish uchun imtihon, deb hisoblaysizmi?

— Haqiqatan ham haqiqiy imtihondan o‘tgandek bo‘ldim.

— Islandiya-Vengriya uchrashuvida penalti bilan bog‘liq qiziq holat ro‘y berdi. TV orqali ko‘rsatilgan takroriy lavhalar ko‘pchilikni ajablantirdi...

— Gap nima haqida ketayotganini tushunmayapman. Balki takroriy lavhalardan so‘ng noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘lgandir. Gabor Kiray to‘pni uzoqlashtirgan va xatosini to‘g‘rilash uchun erga tashlangan. Shu vaziyatda raqib futbolchisi unga tegib ketgan. Lekin u haqiqatan ham to‘pga o‘ynagandi. Vaziyatni takror ko‘rsangiz, men uning yiqilishiga e’tibor qaratmaganman. Epizod davomida islandiyalik futbolchi to‘pga tashlangan. Lekin ushbu vaziyatda vengriyalik himoyachi uning oyog‘iga tepgan. O‘yindan keyingi muhokamada bizning haqligimiz ma’lum bo‘ldi.

— O‘yinlardan keyingi muhokama chog‘ida sizga e’tirozlar bo‘lmadimi?

— Yo‘q.

— Baribir, chempionatni tark etish alamlidir?

— Avvaliga hech nimani his qilmadik. Kollina bilan gaplashganimizdan so‘ng bir soat o‘tgach, bizni aeroportga eltishdi. Aynan o‘sha erda Evro-2016da boshqa ishlamasligimizni anglab etdik.

— Evroda Rossiya chempionatidagi o‘yinlardan ko‘ra ko‘proq yugurdingizmi?

— Bu jihat qattiq nazorat ostida. Ikki yil oldin meni «Iqtidorlar va murabbiylar» dasturiga kiritib qo‘­yishgan. Avvaliga serbiyalik Zdravko Yokich hamrohligida, keyin bir yarim mavsum Mexuto Gonsales bilan ishladim. Xullas, bizda maxsus apparat bor. Unda qancha yugurganimiz, qancha kaloriya yo‘qotganimiz hisoblab boriladi. Keyin bu natijalarni murabbiylarimizga jo‘natamiz. Shundan kelib chiqsam, Rossiya chempionati o‘yinlarida o‘rtacha 10-11,5 kilometr yugurishga to‘g‘ri keladi.

— Evrodagi natijalar qanday bo‘ldi?

— 10,5 kilometr atrofida. Evroda ishlayotgan hakamlar super professionallar. Ular tartibga qat’iy rioya qilishadi. Kuniga ikki mahaldan shug‘ullanadilar.

— Agar imkoniyat bo‘lganida bosh­qa mamlakat chempionatida ishlarmidingiz?

— Doimiy ishlash uchun, albatta, ketmayman. Bu noto‘g‘ri bo‘ladi. Ammo qandaydir o‘zgarish ro‘y bersa, ortiqchalik qilmasdi. Masalan, ispanlar Rossiyaga kelishsa, biz primeroga borsak, ajoyib bo‘lardi.

— Rossiya hakamlar qo‘mitasi rahbari Rozetti haqiqatan ham tizimni o‘zgartirganmi?

— Qisqa vaqt ichida barchasini tubdan o‘zgartirib yuborish imkonsiz. Bunga o‘n yillar kerak bo‘ladi. Lekin Roberto kerakli qarorlarni qabul qilmoqda. Shu bilan birga Evropa mentalitetini olib kirdi.

— Shaxsiy savol. Sochlaringiz 8 yoshligingizda to‘kilib ketgan ekanmi?

- Ha. Nima uchun bunday bo‘lganini bilmaymiz.

— Maktabga qalpoq kiyib borarmidingiz?

- Aniqrog‘i, ko‘chada shunday yurardim. Sinfga kirganda echib qo‘yardim. Lekin bolaligimda qalpoq ki­yib futbol o‘ynaganman. 13 yoshga kirganimdan so‘ng kal bo‘lish muammo emasligini tushunib etganman.

Championat.com - J.BOBOXONOV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar