Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.07.2016

Xavining hayot qonunlari

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 236
Xavining hayot qonunlari

Football.ua va Grants kompaniyasi Ispaniya termasi etakchisi Xaver Ernandesga tegishli yorqin tsitatalarni e’tiboringizga havola qiladi.

Angliya - futbol beshigi, uning yuragi va qalbi. Agar bizda MYu»| «Arsenal»|«Liverpul» muxlislari bo‘lganida, 20ta Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lardik!

Men gazeta o‘qishni yoqtiraman. Futbol hisobiga yashayman, shunday ekan, atrofimda nima bo‘layotganini bilishim shart.

Bernabeudan ketganimdan so‘ng, Iker Kasilyasdan quyidagi mazmundagi SMS oldim: «Bu gol uchun seni hech qachon kechirmayman...».

11 yasharligimda La Masiyada shug‘ullanishni boshladim. O‘shandayoq «Barselona»dan boshqa klubda to‘p surishim mumkinligini tasavvur ham qilolmasdim.

To‘pni qabul qilishdan oldin uni nima qilishingni bilishing kerak.

Muxlislar chiroyli futbolni, spektaklni ko‘rishni istashadi - «Barselona» esa buni ularga namoyish qilmoqda.

Ibitsa - bu ko‘plab futbolchilar miriqib dam oladigan joy. Agar u erga yozda borsang - jahonga mashhur musiqa va kino yulduzlarini uchratasan, hech kimning allaqanday futbolchi bilan ishi bo‘lmaydi.

Agar jamoaga nimadir bo‘lgan bo‘lsa, avvalo murabbiyni ishdan olib tashlashadi. Axir 25 nafar futbolchini yo‘qotgandan ko‘ra bu osonroq-da.

Men yoqtirgan o‘yingoh - Old Trafford, u erda Chempionlar Ligasidagi debyutimni o‘tkazganman. Bejizga uni «Orzular teatri» deb atashmaydi-ku.

Pullar - men uchun o‘ta muhim narsa emas, axir men bolaligimdan «Barselona»ning muxlisiman.

So‘nggi 15-20 yilda men uchratgan eng mukammal yarim himoyachi so‘zsiz - Pol Skoulz.

To‘p kimda bo‘lsa - o‘yinni u boshqaradi.

Muhimi - natija emas, o‘rganishga ishtiyoqdir. Doim nimanidir yaxshilash imkoni bo‘ladi, chunki erishilganiga qanoat qilish tanazzul sari ilk qadamdir.

Men yanada tezroq harakatlanishni xohlayman. Ammo jismoniy imkoniyatlarim cheklangan, shunday ekan boshni ishlatishga to‘g‘ri keldi.

Leo Messi - tarixdagi eng yaxshi o‘yinchi, Pele, Maradona yoki Kroyffdan ham a’lo.

Balki, Pol Skoulz bilan birga o‘ynamaganimdan afsuslanarman. Ammo u hech qachon «MYu»ni tashlab ketishni istamagan, xuddi men «Barsa»dan ketmaganim kabi.

«Seltik» o‘yingohidagi muhit men ko‘rganlarim orasida eng yaxshisi edi. Ha, «Liverpul», «MYu» yoki «Real»ning qo‘llab-quvvatlovchilari ham yomon emas, ammo, baribir, Shotlandiyadagi muhit eng a’losi.

«Seltik» xuddi «Barselona» kabi - oddiy futbol klubidan kattaroq. Bu madaniyat, hamjamiyatlar ramzlari hamdir. Ular esa doim ham o‘z mamlakatlarida qo‘llab-quvvatlanmagan.

Futbolning ikki tipi mavjud: «fizik» futbol va futboldagi iqtidor.

Andres Inesta - maydondagi eng yaxshi «raqsdagi hamrohimdir».

«Barsa»dan qachonlardir ketganimda Angliyada to‘p surardim.

Futzalda o‘yinchi iqtidorli yoki yo‘qligi darrov ma’lum bo‘ladi. Siz uning o‘yinidagi eng mayda jihatlarni, taktikani qanday tushunishini darrov ilg‘aysiz.

Hurmat va tarbiyalilik - sen yo‘qotishing mumkin bo‘lgan so‘nggi narsalardir.

Men - futbol romantigiman, xuddi Yoxann Kroyff singari. Biz ko‘zlarni quvontiradigan hujumkor futbolni yoqtiramiz.

Futboldagi natija - haqiqiy firibgar. Siz yaxshi o‘ynashingiz mumkin, vaziyatlarga ham ega bo‘larsiz, biroq g‘alaba qozonolmaysiz.

Men TV-shouni unchalik ko‘p tomosha qilmayman. Futbol yoki yaxshigina kino tomosha qilish orqali engil tortaman.

Oddiy odamlar xato qilishadi, daholar esa boshqalarning xatolaridan xulosa chiqarishadi.

Inesta - Ispaniyadagi eng yaxshi futbolchi, unda hamma fazilatlar bor.

Menga «Uembli»da o‘ynash yoqadi. Bu nafaqat «Barselona», balki butun futbol uchun maqbul joy.

IlyosbeK tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar