Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.07.2016

Garet Beyl: "Ronaldu – ajoyib futbolchi, biroq yarim finalda ikki o‘yinchi emas, ikki jamoa uchrashadi"

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 131
Garet Beyl: "Ronaldu – ajoyib futbolchi, biroq yarim finalda ikki o‘yinchi emas, ikki jamoa uchrashadi"

Uels terma jamoasi hujumchisi Garet Beyl Portugaliyaga qarshi kechadigan Evro-2016 yarim final uchrashuvi borasida fikrlari bilan bo‘lishdi.

Krishtianu Ronalduga qarshi o‘ynash haqida

Yarim finalda ikki o‘yinchi emas, ikki jamoa uchrashadi. Biroq Ronaldu haqida gapiradigan bo‘lsak, u ajoyib o‘yinchi. Barcha u nimaga qodirligini biladi.

Shunga qaramay biz jamoa sifatida nima qila olishimizga e’tiborimizni qaratganmiz. Biz alohida shaxslarga to‘xtalmadik.

Ronaldu hozir o‘zini qanday his qilayotgani va nima qilayotganiga izoh bera olmayman. Men esa o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman. "Real"da biz yaxshi chiqishamiz va birgalikdagi o‘yindan huzur olamiz. Biroq bu erda asosiy vazifam – terma jamoada bor kuchim bilan o‘ynashdir.

Biz yarim finalda to‘xtamoqchimasmiz. Biz maydonga chiqib, o‘z imkoniyatimizdan foydalanishga harakat qilamiz. Mening orzuim – uchrashuvda g‘alaba qozonish va bundan bo‘lak boshqa istak yo‘q. Undan keyinrog‘iga esa hali boqmayapmiz.

Qolgan jamoadan alohida mashhulot o‘tkazgani haqida

Kichik muammolar bo‘ldi, shuning uchun tiklanish uchun qo‘shimcha kun oldim. Biroq xavotirlanish uchun hech qanday sabab yo‘q. Jismoniy tomondan menda barchasi risoladagidek.

Bosh murabbiy Kris Koulman haqida

Barchasini keskin o‘zgartirib yuborgan qandaydir lahza bo‘ldi, deb o‘ylamayman. Bu shunchaki uzoq vaqt davomidagi mashaqqatli mehnat natijasi bo‘ldi.

Fikrimcha, Kris Koulman jamoaga kelganda, barcha vaziyatni hisobga olganda hammasi biroz murakkabroq edi. Jamoa natija olib kelmasdi, biroq ishni o‘zicha shakllantirish, o‘z nufuzini mustahkamlash uchun vaqt zarur.

Murabbiy muayyan vaqt zaxirasi olganda u haqiqatda nimaga qodirligini ko‘rsatadi. Natijada biz barcha jihat bo‘yicha yuqorilay oldik va rivojlanishda davom etmoqdamiz.

Biz uning fikrlarini tushundik, bizda murabbiy bizdan nima istayotgani haqida aniq tasavvur paydo bo‘ldi. Barcha ko‘rsatmalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarishni boshlashi uchun ba’zida vaqt kerak bo‘ladi. Biz o‘rgandik, taraqqiy qildik, to‘g‘ri yo‘ldan bordik va endi tarixiy onlarni boshdan kechirmoqdamiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar