Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.07.2016

Sartarosh bo‘lolmagan yulduz

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 333
Sartarosh bo‘lolmagan yulduz

Football.ua va Grants kompaniyasi «MYu», «Real», «Los-Anjeles Gelaksi», «Milan» va «PSJ»da o‘zidan yorqin iz qoldirgan Angliya terma jamoasining sobiq sardori Devid Bekxemga tegishli yorqin tsitatalarni e’tiboringizga havola qiladi.

O‘sha voqea o‘tmishda ro‘y bergandi, biz esa hozir kelajakdamiz.

Yoshligimdayoq menga katta umid bilan qarashgandi. Shunday bo‘lgach, mashhur bo‘lishdan o‘zga ilojim yo‘q edi.

Tom Kruz menga qaraganda anchayin mashhur.

Futbolda yaxshi soch turmagiga ega bo‘lish muhim, chunki ko‘pgina odamlar, qizlar qo‘llariga fotoapparat ushlagan holda seni ko‘rish uchun stadionga kelishadi. O‘yin ommabopligiga tashqi ko‘rinishing ham bog‘liq.

Hech qachon kimligim, qaerdanligim va ildizlarimni unutmayman. Qaerda yashayotganligim ham muhim emas. Men inglizman va tamom.

«Iloji yo‘q« - bu muammoga qarshi kurashishdan ko‘ra, taslim bo‘lishni ma’qul deb bilgan kichik odamning og‘zidan chiqqan so‘z.

Men doim sartarosh bo‘lishni orzu qilardim.

Yangi soch turmagim jurnallar muqovasidan o‘rin olganini tushunaman. Ammo mening oyoqlarim? Bu - kutilmagan hol.

Barcha dinlarni hurmat qilaman. Halol yashashga, boshqalarni hurmat qilishga intilaman. Kimdir xatti-harakatlarimizni kuzatib turganiga ishonaman.

Ronaldo o‘z basseynida toshbaqalarni boqishi to‘g‘risida gapirishadi. Yo‘q, aslo bunday emas, men bu basseynda bo‘lganman va bilaman.

Futbol - sehrli o‘yin.

Ronaldu va Messi kabi o‘yinchilar yo‘qlikdan paydo bo‘lishmaydi. Ular o‘z ustlarida ko‘p ishlashadi. Aynan bu narsani bolalarimga va bosh­qalarga tushuntirmoqchi bo‘laman: bu yigitlar katta mehnat evazigagina shundayin o‘ynashyapti.

Odamlar mening timsolimda yaxshi o‘yin ko‘rsatish uchun mehnatdan qochmaydigan futbolchini ko‘rishlarini xohlayman.

Menga e’tibor qaratishlarini yoqtiraman. Shunga qaramay, oddiygina insonman.

Xobbi uchun menda vaqt yo‘q. Oxir-oqibat, ishim - men uchun sevimli xobbi. Bu men sevadigan narsa.

Meni JCh-1998ning noxush xotiralari hamon bezovta qiladi. Bu bir umr yodimda qoladi.

Futbolchi sifatida doimo dunyo­ning eng zo‘rlariga tenglashmoqchi bo‘lasan.

Odamlar tanqidni turlicha qabul qilishadi. Men esa kurashishni ma’qul ko‘raman.

Mening faoliyatim hech qachon pulga bog‘liq bo‘lmagan. Qaerga bormayin, borimni sevimli mashg‘ulotimga berib o‘ynaganman.

Rafiqamga 110 foiz ishonaman. Boshqalar Viktoriyani «yubkadagi erkak», deb atashsa, bundan faqat xursand bo‘laman.

Aleks Fergyuson - dunyodagi eng yaxshi murabbiy.

Qilayotgan ishimdan omadim chopgan. Nimadandir xafa bo‘lishga asosim yo‘q.

Judayam qaysarman, bu esa faoliyatimda katta yordam bergan.

AQShda men yoqtirgan narsa - ular sportchilarni hurmat qilishadi...

Futbol - bu jahondagi eng buyuk o‘yin, AQSh esa - yirik sport diyoridir. Nima uchun bu ikki narsani birlashtirmasligim kerak?

Hech qachon faoliyatimga nuqta qo‘yish haqidagi qarorimdan afsuslanmaganman. Mening tanam avvalgiday emas va qachonlardir shunday bo‘lishi kerak edi.

I.OBIDOV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar