Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.07.2016

Xalk:«Chinakam brazilcha futbol ko‘rsatishim kerak»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 80
Xalk:«Chinakam brazilcha futbol ko‘rsatishim kerak»

«Zenit»dan shov-shuvli tarzda «Shanxay Telleys» jamoasiga o‘tgan Xalk Xitoydagi birinchi matbuot anjumanida mahalliy muxlislarga qachon maydonga tushishga tayyor bo‘lishi haqida ma’lumot beribgina qolmay, sheriklari bilan «pas» orqali o‘ynashini alohida ta’kidladi. Umuman, Chin yurtida Xalkning transferiga maksimal darajada e’tibor qaratishyapti. Misol uchun, futbolchining Shanxayga qadam bosishi kuchli «ajiotaj» uyg‘otdi. Hattoki, aeroportdan chiqishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilishdi, boz ustiga efir vaqti deyarli 3 soatni tashkil etdi. Chunonchi, Xalk samolyot qo‘nishi bilan omma oldiga chiqqani yo‘q. Tabiiyki, Le Sports kanali braziliyalik qimmatbaho futbolchi ishtirokidagi birinchi matbuot anjumanini ham bevosita vaqtida olib ko‘rsatdi. Xalk «8» raqamli futbolkani qabul qilar ekan, kommunistik qizil devor fonida, avvalo, klub nomini tilga oldi: «Shanxay SIPG». G‘amxo‘r tashkilotchilar esa evropaliklarni ham unutishmadi: braziliyalikning so‘zlari inglizchaga tarjima qilib turildi.

O‘tishi haQida

- Shu erda ekanligimdan baxtiyorman, - odatiy tabassumi bilan so‘z boshladi Xalk. - Bu men uchun mutlaqo yangi sarguzasht, o‘zgacha chorlov. Taklifni katta mamnuniyat bilan qabul qildim. Xitoyda sifatli futbol namoyish etishdan boshim ko‘kka etadi. O‘z o‘rnida «Shanxay», ayniqsa, klub prezidentiga minnatdorchilik bildiraman. Jamoa rahbarlari menga ishonib, transferimga katta mablag‘ ajratishdi. Endi shunga yarasha, sizlarni haqiqiy brazilcha futbol bilan siylashga urinaman. Umuman, o‘yinimiz chiroyli chiqishi va ko‘p gol urish imkonini berishi kerak. Xullas, «Shanxay»ning yangi-yangi zafarlarga erishishi yo‘lida qo‘limdan kelgan barcha ishlarni bajarishga tayyorman.

Klub bilan tanishuvi haQida

- Mehmonxonada «Shanxay»ning kubok doirasidagi o‘yinini tomosha qildim. Jamoaning g‘alabasiga ko‘z tikdim, ammo futbolda doimo yutishning imkoni yo‘q. Bilaman, «Shanxay» ajoyib klub va shunday shaharga ko‘chib kelganim ham aniq. Deylik, Elkeson («Shanxay Telleys»da o‘ynayotgan braziliyalik) bilan gaplashdim, u etarlicha ma’lumot berdi. Maqsadim - jamoaning kuchayishiga hissa qo‘shish. Yo‘q, boshqa futbolchilardan yaxshi emasman, shunchaki, «Shanxay»ga imkon qadar yordam bersam, bas.

Katta pul haQida

- Vaqtida «Portu»ga rekord darajadagi transfer asosida o‘tgandim, keyin «Zenit» safiga ham shu asnoda qo‘shildim. Mana, Xitoyga ham rekord summa evaziga keldim. Tushunarliki, bu holat odamlarga turli muhokama va gap-so‘zlar uchun asos beradi. Biroq to‘p dunyoning xohlagan mamlakatida bir xil - yumaloq. Gap shu to‘p orqali o‘z kuchingni namoyish eta olishingda.

Shaxsiy maQsadlari haQida

- Hozir matematikaga yopishib olib, muayyan miqdorda gol urishga va’da bermayman. Yana bir jihatni e’tiborda tuting: agar jamoadoshim yaxshiroq holatda bo‘lsa, o‘zim zarba yo‘llamayman, aksincha to‘pni unga uzataman, so‘zsiz. Bunga aslo shubhalanmang.

Xitoydagi hayot haQida

- Bungacha bir necha yil Yaponiyada o‘ynagan-yashagan va u erda ko‘p narsalarni o‘rganganman. Ochiq ko‘rinib turibdi, xitoyliklar o‘ta do‘stlikni qadrlaydigan va samimiy. Ishonchim komil, kundalik hayotda qandaydir muammoga duch kelmayman, ya’ni hammasi ko‘ngildagidek bo‘ladi. Zero, qulaylik alomati sezilib turibdi.

Jismoniy formasi haQida

- Sven-Yoran Eriksson («Shanxay» bosh murabbiyi) bilan telefon orqali bir necha marta gaplashdim. Nimalarni muhokama qilganimizni batafsil bayon etmoqchi emasman. Bu gaplar ikkimizga tegishli va ularni barchaga doston qilishdan ma’no yo‘q. Klub zimmasiga kuchli bosim tushayotgani tayin - og‘ir davr ketmoqda. Qaytaraman, bu erga yordam berish uchun keldim va imkoni boricha tezroq maydonga tushishni istayman. Ayni payt jismoniy holatim chakki emas, demak, yaqin kunlarda «Shanxay»ga amaliy yordam berishni boshlashim mumkin.

O‘yinchilik raQami haQida

- Ha, jamoada 8-raqam ostida o‘ynaydigan bo‘ldim. Ko‘pchilikning aytishicha, bu Xitoyda omadsizlik ramzi ekan. Biroq «Zenit»da «7» raqamini tanlaganimda ham xuddi shu ma’noda gapirishgandi. Ya’ni 7-raqam omad keltirmasligini aytishgandi. Lekin men aynan «7» ostida to‘p surib, binoyidek natijalarga erishdim.

«SSF»

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar