Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.07.2016

Vitaliy Ni: "Bugungi g‘alaba jamoamiz muxlislariga bayram sovg‘asi bo‘ldi"

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 138
Vitaliy Ni: "Bugungi g‘alaba jamoamiz muxlislariga bayram sovg‘asi bo‘ldi"

Bugun bo‘lib o‘tgan “Andijon” – “Nasaf” 0:2 uchrashuvidan so‘ng o‘yin yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida klubimiz sport direktori Vitaliy Ni ishtirok etdi va o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

-Biz Andijonga faqat g‘alaba qozonish maqsadida kelgan edik. O‘zlaringizga ma’lum, keyingi uchrashuvlarda jamoamizdan omad yuz o‘girgandi. Murabbiylarimiz shu jihatdan futbolchilarimizni ruhiy tomondan ham ushbu o‘yinga yaxshi tayyorlashdi, mana natijasini o‘zlaringiz ko‘rib turibsizlar. Kubok o‘yinlari ikki uchrashuvdan iborat, yana biz o‘zimizda “Andijon” jamoasini qabul qilamiz. Bu bizda billur sovrin uchun kurashni davom ettirishda yana imkon beradi.

“Andijon” jamoasi o‘yiniga to‘xtaladigan bo‘lsam, ular ham bu o‘yinga g‘alaba uchun maydonga tushganlari ko‘rinib turdi. Ammo jamoamiz o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishdi. O‘ylaymanki, bugungi g‘alaba jamoamiz muxlislarini xursand qiladi, bizning ularga bayram sovg‘amiz bo‘ldi. Jamoamiz muxlislariga qarata yana shuni aytmoqchimanki, sizlar hech qachon xafa bo‘lmanglar yoki xavotirlanmanglar, “Nasaf” bu- “Nasaf”! Buni yoddan chiqarmang.

Jamoamizning keyingi o‘yinlaridagi omadsizlik sababi? Bunga asosiy sabab, tarkibimizdagi yo‘qotishlar, ya’ni ko‘pgina etakchi o‘yinchilarimiz jarohati tufayli bizga yordam bera olishmaganidir. Bugun Sh.A’zamovning jarohatidan qutulib, maydonga qaytgani quvonarli bo‘ldi. Jamoamizda ruhiy holat joyida. Hech qanday muammo yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas. Faqatgina ayrim o‘yinchilarimiz oxirgi omadsizliklardan biroz hayajonda bo‘lishdi. Hozir hammasi joyida. To‘g‘ri, Arturning jamoamizni tark etishi bu – katta yo‘qotish. Nailoj bu futbol, birov ketadi uning o‘rniga boshqa keladi. Arturning jamoamizda ko‘rsatgan barcha o‘yinlari va yutuqlarimizga qo‘shgan hissasi uchun unga yana bir marta tashakkur bildirib qolaman.

Jamoamizni hozircha faqat Gevorkyan tark etdi. Qolgani faqat gap-so‘zdan boshqa narsa emas. Boya yuqorida aytib o‘tdim. Bu futbolda bo‘ladigan holat. Kimdir ketadi, kimdir keladi. Shuningdek jamoamizni kimdir tark etishni o‘ylayotgan bo‘lsa, biz uni majburan olib qololmaymiz. Bizda ko‘pgina yosh kuchlar bor, ularga bundan keyin ham imkon beravervamiz. Klubimizning yoshlarga bo‘lgan e’tibori hech qachon o‘zgarmaydi. Biz to‘g‘ri yo‘ldan borayotganimizga ishonchimiz komil. Bugungi o‘yinda o‘zimizda tarbiyalangan o‘yinchilarni ko‘rdingiz, ularning harakati hammaga yoqdi deb, o‘ylayman.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar