Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.07.2016

Orif Mamatkazin: “Andijon” jamoasida yaxshi natijalar ham bo‘ladi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 99
Orif Mamatkazin: “Andijon” jamoasida yaxshi natijalar ham bo‘ladi

O‘zbekiston kubogi doirasidagi "Andijon" - "Nasaf" (0:2) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanining navbatdagi qismida “Andijon” jamoasining bosh murabbiyi Orif Mamtkazin ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

-Biz bugungi uchrashuvning boshida 20 daqiqa yaxshi o‘yin namoyish etdik. Keyin esa o‘yin tizgini mehmon jamoaga o‘tib ketdi. Bunga sabab, jamoamizning ruhiy holati ham ta’sir qildi. Qolaversa, raqibga nisbatan jamoamizning saviyasi ham talab darajasida emasligi ko‘rinib turdi. Qo‘limizdan kelganini qildik, ortig‘ini emas. Bari bir yigitlarga bugungi o‘yinlari uchun rahmat aytaman. Jamoamizni bundan keyin kuchaytirishni rejalab turibmiz. Vaziyatlarni yaratayapmiz, ammo uni golga aylantiradigan o‘yinchimiz yo‘q. Bularni e’tiborga olamiz. Kamchiliklarimiz ko‘p, bularni bartaraf etishda ishlarni davom ettiramiz. Ammo afsuski, jamoamizning sodiq muxlislarini xursand qila olmayapmiz. Jamoamizga yangi o‘yinchilarni taklif etamiz. Tayyorgarlik uchun vaqtimiz juda qisqa, bundan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Menimcha, yaxshi natijalar ham albatta bo‘ladi.

“Nasaf” jamoasida ishlaganman, bu klubning salohiyati qay darajada ekanligini va bu klubda ishlar juda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini ham bilaman. Bilishimcha, jamoani ayrim o‘yinchilar tark etarmish. Bundan xavotirga o‘rin yo‘q, klubning o‘zini tarbiyalanuvchilari ketganlarni bemalol o‘rnini bosa oladi. Men bu klubda ishlaganman va Qarshini non tuzini totganman. Ularga faqat yaxshi tilaklarim bor. Men ularga omad tilayman.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar