Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.07.2016

Oliy liga: Birinchi dovon yakuni

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 347
Oliy liga: Birinchi dovon yakuni

Oliy ligada birinchi davra yakuniga etdi. Ushbu yakunning biz o‘ylagandan biroz farq qilishi ehtimoli katta. Zero, taxmin kamdan-kam holatlardagina 100 foiz oqlanadi. Biroq 15-tur shunday keldi-ki, xuddi ata­yin qilinganidek, qaysidir klub ochko yo‘qotsa, uning turnir jadvalidagi raqobatchisi ham albatta, shunday qismatga duchor bo‘ldi. Faqat bitta istisno bor - «Navbahor» va «Andijon» o‘rtasida kechgan o‘yin natijasigina autsayderlar va ulardan biroz yuqorida turganlar orasidagi farqni ancha oshishiga xizmat qildi. Qolgan o‘yinlar esa musobaqa jadvaliga katta o‘zgarish kiritgani yo‘q. Balki derbilarni o‘z ichiga olgan turda shunday bo‘lishi tabiiy holdir...

BOSh DERBIDA «SULH»

O‘tgan hafta derbilar ko‘p kuzatildi - «Vodiy derbisi», «Voha derbisi» va bir yo‘la 2ta «Poytaxt derbisi». Ammo bu qarama-qarshiliklar orasida eng katta e’tibor baribir, «Lokomotiv» - «Bunyodkor» to‘qnashuviga qaratilishi turgan gap edi. Zero, ushbu uchrashuv oliy liga g‘olibligi uchun kurashda katta ahamiyat kasb etishi kutilgandi. Ammo bunday bo‘lib chiqmadi. Chempionatning asosiy derbisida 0:0 ko‘rinishidagi nursiz durang qayd etildi. Endi musobaqa jadvali yuqori qismida qandaydir o‘zgarish ko‘rishimiz uchun «Lokomotiv» va «Qizilqum» o‘rtasidagi qoldirilgan o‘yinni kutishdan o‘zga choramiz yo‘q. «Bunyodkor» birinchi davra g‘olibi sifatida qoladimi yoki o‘z o‘rnini «Loko»ga bo‘shatib beradi? Bu savolning javobi qanday yangrashi «temiryo‘lchilar»ning aynan navoiyliklarga qarshi o‘yinlari (13-tur) natijasiga bog‘liq.

BIR XIL MAG‘LUBIYaT

Turnir jadvali kuchli uchligi, ya’niki, sovrindor bo‘lish uchun kurashayotgan klublar - «Nasaf» va «Metallurg» 15-turda bir xil qismatga duch kelishdi. «Nasaf» safarda «Mash’al»ga qarshi maydonga tushdi va kichik hisobli mag‘lubiyatni tan oldi. E’tibor bering, qarshiliklar mana, 11 yildirki, atigi 60 kilometr uzoqlikda joylashgan Muborakda g‘alaba qozonish evini qilolmayaptilar. «Nasaf» o‘z «uka»si maydonidan oxirgi marta 2005 yili Zafar Xolmurodovning 2ta goli evaziga 3 ochko bilan qayt­gan edi. Shundan buyon omad qarshiliklardan yuz o‘girayotgandek. Bu safargi uchrashuv ham istisno bo‘lmadi va «Mash’al»ning 3 ochko olishiga yagona gol kifoya qildi. Endi Ro‘ziqul Berdiev shogirdlarining ushbu noxush statistikani yaxshilash uchun kamida yana bir yil kutishlari kerak.

Shuningdek, «Metallurg» ham Farg‘onada birgina gol tufayli engildi. Aslini olsak, Bek­obod jamoasi uchun «Neft­chi»ga qarshi o‘yinlar doi­mo og‘ir kechgan. Statistikaga qaraymiz: «Metallurg» shu vaqtga qadar «Neft­chi» bilan 36 marta kuch sinashgan va naq 22 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan edi. Xullas, atigi 6ta uchrashuv «Metallurg» foydasiga hal bo‘lgan, yana 8tasida durang qayd etilgan. «Temirchilar» uchun ayniqsa, safar o‘yinlari og‘riqli o‘tadi. «Metallurg» chempionatimiz tarixida Farg‘onadan bir martagina g‘alaba bilan qaytgan. Ya’ni 2013 yili minimal hisobda ustun kelgandi. Ha, farg‘onaliklar bekobodliklarning ojiz tomonlarini yaxshi bilishadi, shekilli. Darvoqe, na «Metallurg»ning mag‘lubiyati va na «Nasaf»ning omadsizligi kuchli uchlik uchun borayotgan kurashga ta’sir qildi.

O‘RTAMIYoNA EMAS

Yuqoridagi 4ta jamoaning ochko yo‘qotishidan bitta jamoa unumli foydalandi - «Paxtakor». «Sherlar»ning anchadan buyon 5-7-o‘rinlarda o‘ralashib yurishgani hammaga ma’lum. «Paxtakor» o‘tgan hafta «Obod» stadionida maydonga tushdi va 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, 4-o‘rindagi «Metallurg»ga ancha yaqinlashdi. Endilikda oradagi farq bir ochkoni tashkil etyapti.

Boz ustiga, «paxtakorchilar»ni ta’qib qilib kelayotgan «Qizilqum» va «Buxoro» jamoalari ham o‘tgan hafta ochko yo‘qotdilar. Qiziq tomoni, bu erda ham xuddi atayin qilinganidek bir xil hisobda durang qayd etildi. «Buxoro» G‘uzorda «Sho‘rtan» bilan bittadan gol vositasida murosa qilgan bo‘lsa, «Qizilqum» Jizzax - «So‘g‘diyona» maydonidan xuddi shunday natija bilan qaytdi. Shu tariqa ushbu jamoalar va 5-o‘rinda turgan «Paxtakor» o‘rtasidagi farq 4 ochkoga etdi. Ha, ko‘rinishidan, «Buxoro» va «Qizilqum»ning mavsum avvalida aytilganidek kuchli beshlik uchun ancha kurashishlariga to‘g‘ri keladi... «Paxtakor» esa o‘rtamiyonalikka sira ko‘nmoqchi emas. Harqalay, jamoa ustozi Gregoriy Kolosovskiy ta’biri bo‘yicha aytsak, «sherlar» hali qattiq kurashadilar.

AUTSAYDERLIKKA TASDIQ

Birinchi davraning yakunlovchi turi faqat bir narsaga aniqlik kiritgandek bo‘ldi - autsayderlar chindan ham, boshqalarga nisbatan ancha kuchsiz ekanlar. O‘tgan hafta «Obod»ning «Paxtakor»dan, «Andijon»ning esa «Navbahor»dan engilganini yuqorida aytdik. Shuningdek, «Qo‘qon-1912» safarda «Olmaliq»qa imkoniyatni boy berdi va oliy ligadan tushib ketishga asosiy «da’vogar»lardan biri ekanini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi. Ushbu natijalardan so‘ng «Obod» hisobidagi ochkolar 8ta, «Andijon» va «Qo‘qon-1912»niki esa 9taligicha qoldi. «Navbahor»ga kelsak, jamoa ochkolari sonini 14taga etkazib, xavfli zonadan ancha uzoqlashdi. Kim biladi deysiz, namanganliklar boshqaruviga yaqin o‘tmishning mashhur hujumchilaridan biri Ravshan Bozorovning tayinlanishi haqidagi xabar ularning ruhiyatini oshirib yuborgandir. Nima bo‘lganda ham, «Nav­bahor»da ishlar biroz oldinga siljigan ko‘rinadi.

TUR QAHRAMONI - «MASh’AL»

O‘tgan hafta kutilmagan natijalar etarlicha qayd etildi. «Paxtakor», «Navbahor» va «Olmaliq»ning o‘yinini aytmasa, qolgan uchrashuvlarning deyarli har biriga nisbatan shunday ta’rif qo‘llash mumkin. Ammo biz e’tiborimizni voha derbisiga qaratishga qaror qildik, baribir. Bilasiz, «Nasaf» har doim nom va obro‘ jihatidan «Mash’al»dan ustun bo‘lib kelgan. Ammo shunga qaramay, muborakliklar viloyatning bosh jamoasiga mudom qat’iy qarshilik ko‘rsatish uddasidan chiqqanlar. O‘tgan hafta «Mash’al» 11 yillik qat’iyatini yana bir bor isbotladiki, bu holat har qancha hurmatga loyiq. Aynan shu sababga ko‘ra, «Mash’al» tur qahramoni sifatida e’tirof etildi.

TUR IQTIBOSLARI

- Vahobov va Shevchenko qancha-qancha qulay vaziyatlarni ko‘kka sovurishdi. Endi yozda hujum chizig‘imizni kuchaytiramiz, selektsiya ishlari faol olib boriladi. Hamid AKTAMOV («Qizilqum» bosh menejeri).

- Jamoada murakkab vaziyat hukmron. Natija salbiy, balki katta o‘zgarishlarga qo‘l urish vaqti kelgandir - yangi futbolchilar yoki boshqa narsa... Ro‘ziqul BERDIEV («Nasaf» bosh murabbiyi).

- Muxlislarga Hayit bayramiga sovg‘a sifatida g‘alaba tortiq etish kerakligini aytgandim. Bu yutuqni aynan muxlislarga bag‘ishlaymiz. Mustafo BAYRAMOV («Navbahor» bosh murabbiyi v. b.).

- Agar hakam penalti belgilaganida, o‘yin butkul bosh­qacha davom etardi. Orif MAMATKAZIN («Andijon» bosh murabbiyi v.b.).

- Ilgari Umid Isoqov kabi golni yaxshi his qiladigan hujumchilar o‘ynashardi, endi esa butun O‘zbekistonda goleador muammosi... Andrey FYoDOROV («Neftchi» bosh murabbiyi).

- O‘yin juda noqulay ob-havo sharoitida o‘tdi. Shu bois, har ikki jamoani 1tadan ochko bilan tabriklasa bo‘ladi. Andrey MIKLYaEV («Lokomotiv» bosh murabbiyi).

«OBOD» - «PAXTAKOR»-1:4 (1:3)

30 iyun. Toshkent. 1221 tomoshabin.

Hakamlar: O.To‘ychiboev (Farg‘ona)-7,4; R.No‘’monov-8,4; S.Eremeev-8,4; A.Najafaliev (Toshkent)-9.

Gollar: Sh.Norxonov (19) - Sh.Karimov (27), I.Sergeev (39), J.Masharipov (45Q2), J.Iskanderov (58-pen.).

Amalga oshirilmagan penalti: Sh.Norxonov (67, O.).

«Obod»: D.Hamroev, A.Husinov, I.Komilov, X.G‘iyosov,

G‘.Umirov, J.Qahramonov, D.Hasanov, P.Solomin (I.Jasurxo‘ja, 83), Sh.Norxonov, S.To‘raqulov (Sh.Majidov, 58), J.Iskandarov (U.Matmusaev, 62).

«Paxtakor»: N.Ribkin, A.Oraxovats, A.Ismatullaev, A.Ahmedov (A.Otaxonov, 65), Sh.Karimov, J.Masharipov (A.To‘raev, 75), J.Iskanderov, I.Sergeev, J.Boltaboev, K.Tojiev, S.Andreev (T.Tolipov, 80).

Ogohlantirishlar: I.Komilov (57), D.Hasanov (57, O.).

Eng yaxshi o‘yinchilar: Sh.Norxonov - N.Ribkin.

Nazoratchi: D.Roman (Toshkent).

Komissar: A.Inoyatov.

--------------------------------------------------------------------

«OLMALIQ» - «QO‘QON-1912»-3:2 (0:0)

30 iyun. Olmaliq. 1343 tomoshabin.

Hakamlar: I.Tantashev (Buxoro)-8,4; B.Qodirov (Buxoro)-8,3; A.Qo‘ldoshev (Buxoro)-8,3; I.Ibragimov (Nukus)-9.

Gollar: M.Isaev (56), E.Gogol (60), Z.Pirimov (85) - B.Akramov (81), O.Zokirov (90Q1).

«Olmaliq»: R.Abdulov, S.Akbarov, A.Hojiakbarov, E.Gogol, R.Berdimurodov, A.Omonov, Ya.Martinyuk, Z.Pirimov, M.Isaev, R.Ahmedov, D.Turopov.

Zaxira: N.Shkvirin, F.Tojiev, D.Ismoilov, I.Inomov, D.Stanoevich, R.Vagapov, M.Rajabov.

«Qo‘qon-1912»: R.Matniyozov, J.Kimsanov, B.Akramov, O.Zokirov, N.Alimov (N.Otaqo‘ziev, 72), A.Mamatxo‘jaev, M.Zokirjonov, D.Tursunov, O.Mamajonov, O.Rustamov (A.To‘xtaboev, 57), A.Nurboev (S.Qahhorov, 46).

Ogohlantirish: D.Turopov (58, O.).

Eng yaxshi o‘yinchilar: E.Gogol - O.Zokirov.

Nazoratchi: A.Hotamov (Toshkent).

Komissar: F.Magometov.

----------------------------------------------------------------------

«ShO‘RTAN» - «BUXORO»-1:1 (1:0)

30 iyun. G‘uzor. 5601 tomoshabin.

Hakamlar: T.To‘xtasinov (Andijon)-8,1; A.Marajabov (Andijon)-8,4; Z.Abdurahmonov (Andijon)-8,5; D.Jalimov (Nukus)-9.

Gollar: E.Boymatov (22) - A.Filiposyan (90Q2).

«Sho‘rtan»: E.Tojiboev, H.Ergashev, J.Otaqulov (X.Xolmurodov, 68), B.Qoraev, A.Omonov, S.Mamadaliev (A.Aliqulov, 75), Z.Polvonov, U.Eshmurodov, E.Boymatov, M.Murodov (I.Taran, 55), L.Ubaydullaev.

«Buxoro»: S.Qobuljonov, S.Qutiboev, S.Shixov, A.Filiposyan, B.Pardaev (S.Ne’matov, 84), J.Hasanov, A.Mer­zlyakov, A.Ibragimov, R.Melzitdinov, A.Sanaev, M.Fomin (Sh.Salomov, 46).

Ogohlantirish: A.Filiposyan (32, B.).

Eng yaxshi o‘yinchilar: E.Tojiboev - Sh.Salomov.

Nazoratchi: S.Ermatov (Toshkent).

Komissar: V.Lyotkin.

--------------------------------------------------------------------------

«MASh’AL» - «NASAF»-1:0 (1:0)

1 iyul. Muborak. 3526 tomoshabin.

Hakamlar: R.Bobomurodov (Navoiy)-8,3; A.Tsapenko (Toshkent vil.)-8,5; A.Snetkov (Toshkent vil.)-8,5; B.Yulcharaev (Guliston)-9.

Gol: Sh.Shaymanov (45Q4).

«Mash’al»: J.Ilyosov, I.Shoyqulov, G‘.Komilov (Z.To‘raev, 81), S.Abdurahimov, H.Murtazoev (G‘.G‘ulomov, 72), J.Hasanov, Sh.Shaymanov, A.Shodmonov, M.Yusupov, Sh.Erkinov (Z.Qo‘ziboev, 78), A.Agaliev.

«Nasaf»: E.Suyunov, E.Mamatkazin, A.G‘aniev, Sh.Muhiddinov, A.Gevorkyan, D.Bolevich (D.Xushbakov, 76), E.Boydullaev (A.Allaniyozov, 64), I.Rashidxonov (B.Abdurahimov, 46), F.Sayfiev, D.Narzullaev, B.Abduxoliqov.

Ogohlantirishlar: M.Yusupov (86) - Sh.Muhiddinov (90Q1).

Eng yaxshi o‘yinchilar: Sh.Shaymanov - A.Gevorkyan.

Nazoratchi: B.Galeev (Urganch).

Komissar: B.Haydarov.

--------------------------------------------------------------------------

«SO‘G‘DIYoNA» - «QIZILQUM»-1:1 (1:0)

1 iyul. Jizzax. 5283 tomoshabin.

Hakamlar: V.Agishev (Toshkent)-8,2; R.Serazitdinov (Toshkent)-8,6; V.Lushin (Guliston)-8,6; D.Karimov (Toshkent)-9.

Gollar: S.Jo‘raev (14) - V.Shevchenko (87).

«So‘g‘diyona»: M.Abdullaev, E.Oripov, M.Xolmuhammedov, S.Hamidov (Sh.Karimov, 90Q2), S.Rashidov (S.Sobirxo‘jaev, 90), M.Muzaffarov, F.Shotursunov (A.Abdurahmonov, 80), S.Jo‘raev, A.Xolmurodov, Q.Bahodirov, J.Jiyamurodov.

«Qizilqum»: E.Jabborov, G.Kvesieshvili, S.Xolmatov (Sh.Jo‘raev, 46), A.Rustamov (S.Shodmonov, 70), B.Vahobov (B.G‘anijonov, 76), F.Qambarov, O.Narzullaev, V.Shevchenko, A.Usmonov, I.Yunusov, A.Derkach.

Ogohlantirishlar: E.Oripov (32) - A.Derkach (54), A.Usmonov (89).

Eng yaxshi o‘yinchilar: M.Muzaffarov - I.Yunusov.

Nazoratchi: A.Arutyunov (Toshkent).

Komissar: B.Mametov.

---------------------------------------------------------------------------

«NEFTChI» - «METALLURG»-1:0 (0:0)

1 iyul. Farg‘ona. 2315 tomoshabin.

Hakamlar: V.Tseytlin (Toshkent)-9,0; A.Kalinin (Qarshi)-9,0; S.Shoyusupov (Toshkent)-9,0; A.Rubakov (Toshkent)-9.

Gol: Sh.Po‘latov (71).

«Neftchi»: O‘.Yusupov, Sh.Po‘latov, B.Yoqubov (M.Saidov, 65), U.Qodirov, Sh.Hakimov (O.Isroilov, 75), M.Bobojonov, A.Maxstaliev, H.G‘ofurov, J.Rasulov (M.Ubaydullaev, 46), A.Samatov, J.Mehmonov.

«Metallurg»: S.Sultonov, H.Hoshimov, D.Karimov, D.Odilov, J.Esonqulov, D.Karimqulov (F.Namozov, 60), Z.Abdullaev (J.Hakimov, 72), M.Sulaymonov, M.Toshmatov, I.Qobilov, J.Abdumo‘minov.

Ogohlantirishlar: U.Qodirov (45Q2) - I.Qobilov (88).

Eng yaxshi o‘yinchilar: U.Yusupov - H.Hoshimov.

Nazoratchi: A.Popov (Toshkent).

Komissar: V.Shtern.

---------------------------------------------------------------------------

«LOKOMOTIV» - «BUNYoDKOR»-0:0

1 iyul. Toshkent. 2112 tomoshabin.

Hakamlar: R.Ermatov (Toshkent)-9,0; A.Rasulov (Tosh­kent)-9,0; J.Saidov (Toshkent)-9,0; J.Muxtorov (Toshkent)-9.

«Lokomotiv»: M.Ikromov, K.Maxaradze, M.Bikmaev (I.Nagaev, 66), T.Abduxoliqov (Q.Ro‘ziev, 90), S.Mirzaev, S.Mustafoev, T.Kapadze, I.To‘xtaxo‘jaev, S.Shoahmedov, I.Aliboev, Sh.Fayziev (O.Zoteev, 63).

«Bunyodkor»: M.Zuhurov, A.Shorahmedov, A.Komilov, Sh.Zuagi (S.Minori, 62), E.Shomurodov (D.Ahmadaliev, 90Q1), B.Nasimov (Sh.Nurmatov, 65), D.Hamdamov, R.Ashurmatov, O.Shukurov, Yu.Bulyat, A.Alempievich.

Ogohlantirishlar: I.Aliboev (47), T.Kapadze (70), K.Maxaradze (78) - A.Komilov (16), A.Shorahmedov (29), A.Alimpievich (81).

Eng yaxshi o‘yinchilar: I.Aliboev - E.Shomurodov.

Nazoratchi: G‘.Karimov (Toshkent).

Komissar: N.Lutfulin.

------------------------------------------------------------------------------

«NAVBAHOR» - «ANDIJON»-2:0 (2:0)

1 iyul. Namangan. 3279 tomoshabin.

Hakamlar: Z.Qodirov (Navoiy)-8,5; A.Sidorov (Toshkent)-8,3; D.Saylalov (Toshkent)-8,3; R.Kapadze (Farg‘ona)-8.

Gollar: D.Jabborov (20), A.Aliev (21).

«Navbahor»: A.Ortiqov, X.Karimov, A.Bahriddinov, D.Jabborov (A.Mahmudov, 69), O.Jo‘raboev, V.Pavlenko, A.Aliev, S.Azimov (A.Rahmatullaev, 60), I.Golban, T.Shamsiddinov, O.Pishur (M.Mamazulunov, 80).

«Andijon»: X.Xo‘jaev, D.Tursunov, I.Boboxonov, I.Otaxonov, A.Berdiev, R.A’zamov, I.Isoqjonov (A.Abdullaev, 46), T.Vasilev, F.Bekmurodov, B.Qosimov, B.Akbarov.

Ogohlantirishlar: T.Shamsiddinov (7), A.Bahriddinov (9), V.Pavlenko (82) - I.Boboxonov (26), I.Otaxonov (45Q2).

Eng yaxshi o‘yinchilar: D.Jabborov - A.Berdiev.

Nazoratchi: R.Aytekov (Toshkent).

Komissar: A.Frolov.

Tur Statistikasi

O‘yin: 8

Gol: 18 (o‘rtacha: 2,25)

Tomoshabin:24680 (o‘rtacha: 3085)

Mezbonlar g‘alabasi: 4

Mehmonlar g‘alabasi: 1

Durang: 3

Yirik hisobli g‘alaba:1 («Paxtakor»-4:1)

Eng sermahsul o‘yinlar: «Obod» - «Paxtakor», «Olmaliq»-«Qo‘qon-1912» (5tadan gol)

Ogohlantirish: 22 (o‘rtacha: 2,75)

Chetlatish:-

Eng «qo‘pol» o‘yin:«Lokomotiv» - «Bunyodkor» (6ta «sa­riq»)

Eng ko‘p tomoshabin kirgan o‘yin:«Sho‘rtan»-«Buxoro» (5601)

Penalti: 2 (1tasi samarasiz)

«Dubl»: -

«Xet-trik»:-

Avtogol: -


jamoa o‘
t-n
o

1
Bunyodkor
15
29-5
37

2
Lokomotiv
14
34-11 36

3
Nasaf
15
23-13 28

4
Metallurg
15
24-17 28

5
Paxtakor
15
26-16 27

6
Qizilqum
14
19-16 23

7
Buxoro
15
17-15 23

8
Olmaliq
15
24-26 21

9
Neftchi
15
14-21 21

10
Mash’al
15
18-19 19

11
Sho‘rtan
15
27-30 17

12
So‘g‘diyona
15
12-18 16

13
Navbahor
15
21-24 14

14
Andijon
15
13-30 9

15
Qo‘qon-1912
15
13-33 9

16
Obod
15
11-31 8

To‘purarlar:

Igor Sergeev («Paxtakor») - 11ta (3ta - pen.)

Temurxo‘ja Abduxoliqov («Lokomotiv») - 10ta

Zohid Abdullaev («Metallurg») - 10ta

Eldor Shomurodov («Bunyodkor») - 8ta

Zafar Polvonov («Sho‘rtan») - 7ta

Shohruz Norxonov («Obod») - 7ta

Igor Taran («Sho‘rtan») - 7ta (4ta - pen.)

Sardor Mirzaev («Lokomotiv») - 6ta

Dilshod Jabborov («Navbahor») - 6ta

Ilhom Yunusov («Qizilqum») - 6ta (5ta - pen.)

Bahodir Nasimov («Bunyodkor») - 5ta

Aziz Ibragimov («Buxoro») - 5ta...

Kelgusi o‘yinlar:

2 avgust (seshanba)

OBOD - QO‘QON-1912

MASh’AL - QIZILQUM

3 avgust (chorshanba)

ANDIJON - PAXTAKOR

OLMALIQ - BUXORO

ShO‘RTAN - NASAF

SO‘G‘DIYoNA - METALLURG

NEFTChI - BUNYoDKOR

LOKOMOTIV – NAVBAHOR

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar