Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.07.2016

Katta to‘ldirish

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 259
Katta to‘ldirish

Ayni payt ko‘pchilikning e’tibori Frantsiya maydonlari, demakki, Evro-2016 turniriga qaratilganiga shubha yo‘q. Aynan navbatdagi qit’a chempionati sabab, ba’zi zarur ma’lumot - maqolalarni berishdan ozgina kechikyapmiz. Lekin bugun shunday zaruriy maqolalardan biriga joy ajratish imkonini topdik. Gap kuchli beshlik sirasiga kiruvchi Angliya premer-ligasi, Ispaniya primerosi, Germaniya bundesligasi, Italiya «A» seriyasi va Frantsiya elit divizioni (liga 1)ga to‘ldiruvchi vazifasini ham o‘taydigan quyi divizionlar yakunlari haqida ketmoqda. Xo‘sh, shu 5ta oliy maqomli chempionat omadsizlari o‘rni qanday to‘ldirildi? Umuman, debyutantlar muxlislarga nechog‘li tanish? Demak, ikkinchi darajali ligalari bo‘ylab sayohatga marhamat.

angliya

Premer-liga omadsizlari

18-o‘rin - «Nyukasl»

19-o‘rin - «Norvich»

20-o‘rin - «Aston Villa»

Chempionship sovrindorlari

1-o‘rin - «Bernli»

2-o‘rin - «Midlsbro»

3-o‘rin - «Brayton»

Angliya chempionati tizimiga ko‘ra, har mavsum APLning 3ta jamoasi yangilanadi. Sodda aytganda, elitada 18-20-pog‘onani band etgan klublar o‘z joylarini chempionshipning kuchli 3ta vakiliga bo‘shatib berishadi. To‘g‘rirog‘i, mavsum yakuni bo‘yicha chempionshipning 2ta kuchli va bitta omadli klubi premer-ligaga yo‘l oladi. Agar 1-2-o‘rin sohiblariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma berilsa, 3-chipta taqdiri «pley-off» o‘yinlari orqali hal etiladi. E’tiborlisi, uning yakunida hattoki, 6-o‘rin egasi ham kuchlilar qatoriga ko‘tarilishi mumkin. Demak, joriy yilgi mavsum xotimasiga ko‘ra, «Bernli» va «Midlsbro» jamoalari ortiqcha mashmashasiz APLga ko‘tarilishdi. Yana bir yo‘llanma esa chempionshipning uchinchi jamoasi emas, balki musobaqada 4-o‘rinni band etgan «Xall Siti» o‘ljasiga aylandi. Chunki bu jamoa «pley-off» o‘yinlarida omadli ishtirok etdi.

«Pley-off» o‘yinlari, Yarim final

BRAYTON-ShEFFILD UENSDEY-1:1 (1:1)

Gollar: Dank (19) - Uollas (28).

Birinchi o‘yin - 0:2.

XALL SITI-DERBI KAUNTI-0:2 (0:2)

Gollar: Rassell (7), Robertson (36-avt.).

Birinchi o‘yin - 3:0.

Final

XALL SITI-ShEFFILD UENSDEY-1:0 (0:0)

Gol: Diame (72).

Chempionship-2015|2016 yakuniy jadvali

1. Bernli
46 26 15 5
72-35 93

2. Midlsbro 46 26 11 9
63-31 89

3. Brayton
46 24 17 5
72-42 89

4. Xall Siti 46 24 11 11 69-35 83

5. Derbi Kaunti
46 21 15
10
66-43
78

6. Sheffild Uen.
46 19 17
10
66-45
74

7. Ipsvich Taun 46 18 15 13
53-51
69

8. Kardiff
46 17 17 12 56-51 68

9. Brentford
46 19 8
19
72-67
65

10.Birmingem 46 16 15 15
53-49
63

11.Preston
46 15 17 14 45-45 62

12.KPR
46 14 18 14 54-54 60

13.Lids
46 14 17 15 50-58 59

14.Vulverxempton 46 14
16
16
53-58
58

15.Blekbern 46 13 16 17 46-46 55

16.Nottingem F.
46 13 16
17
43-47
55

17.Reding
46 13 13 20 52-59 52

18.Bristol Siti
46 13
13
20
54-71
52

19.Xaddersfild 46 13 12
21
59-70
51

20. Fulxem
46 12 15 19 66-79 51

21. Roterxem
46 13 10 23
53-71
49

22. Charlton
46 9
13 24
40-80
40

23. MK Dons 46 9
12 25 39-69 39

24. Bolton
46 5
15 26 41-81 30

TO‘PURARlar:

A.Grey («Bernli») - 25ta gol

R. MkKormak («Fulxem») - 21ta gol

A.Ernandes («Xall Siti») - 20ta

APL yo‘llanmalari sohiblari

1. «Bernli» - chempionshipda 1-o‘rin

2. «Midlsbro» - chempionshipda 2-o‘rin

3. «Xall Siti» - chempionshipda 4-o‘rin

Germaniya

Bundesliga omadsizlari

16-o‘rin - «Ayntraxt»

17-o‘rin - «Shtutgart»

18-o‘rin - «Gannover»

2-bundesliga sovrindorlari

1-o‘rin - «Frayburg»

2-o‘rin - «RB Leyptsig»

3-o‘rin - «Nyurnberg»

Germaniyada elit divizionni to‘ldirish masalasida oddiy formulaga amal qilinadi. Mavsum yakuni bo‘yicha bundesliganing oxirgi 2ta jamoasi yuqoridagi o‘rnini quyi ligada kuchlilik qilgan 2ta ishtirokchiga bo‘shatib beradi. 2-bundesliganing uchinchi sovrindor jamoasida ham elit guruhga qo‘shilish imkoniyati bor. Buning uchun bundesligada 16-o‘rinni band etgan jamoaga qarshi «pley-off» o‘yinlarida ustun kelish talab etiladi. Biroq bu yil «Nyurnberg» bu vazifani bajarolmadi. Ya’ni bundesligada 16-bo‘lgan «Ayntraxt» «pley-off»dagi ishtirok orqali kuchlilar qatoridagi o‘rnini saqlab qoldi.

«Pley-off» o‘yinlari

NYuRNBERG-AYNTRAXT-0:1 (0:0)

Gol: Seferovich (66).

Birinchi o‘yin - 1:1.

2-Bundesliga-2015|2016 yakuniy jadvali

1. Frayburg 34 22 6
6
75-39 72

2. RB Leyptsig
34 20 7
7 54-32
67

3. Nyurnberg 34 19 8
7
68-41 65

4. Sankt-Pauli 34 15 8
11
45-39
53

5. Boxum
34 13 12 9
56-40 51

6. Union Berlin 34 13 10
11
56-50
49

7. Karlsrue 34 12 11 11 35-37 47

8. Ayntraxt Br.
34 12 10
12
44-38
46

9. Groyter Fyurt 34 13 7 14 49-55
46

10.Kayzerslautern 34 12
9
13
49-47
45

11.Xaydenxaym
34 11 12
11
42-40
45

12.Arminiya 34 8
18 8
38-39 42

13.Zandxauzen 34 12 7
15
40-50
40

14.Fortuna D.
34 9
8
17
32-47
35

15.Myunxen 1860
34 8
10
16
32-46
34

16.Duysburg 34 7
11 16 32-54 32

17.Frankfurt
34 8
8
18
33-59
32

18.Paderborn 34 6
10 18
28-55
28

TO‘PURARlar:

S.Terodde («Boxum») - 25ta gol

N.Petersen («Frayburg») - 21ta gol

B.Vud («Union Berlin») - 17ta gol

Bundesliga yo‘llanmalari sohiblari

1. «Frayburg» - 2-bundesligada 1-o‘rin

2. «RB Leyptsig» - 2-bundesligada 2-o‘rin

3. «Ayntraxt» - bundesligada 16-o‘rin

ispaniya

Primero omadsizlari

18-o‘rin - «Rayo Valekano»

19-o‘rin - «Xetafe»

20-o‘rin - «Levante»

Segunda sovrindorlari

1-o‘rin - «Alaves»

2-o‘rin - «Leganes»

3-o‘rin - «Ximnastik»

Ispanlar ham yuqori ligani to‘ldirishda nisbatan murakkab yo‘lni tanlashgan. To‘g‘ri, dastlabki 2ta yo‘llanma bo‘yicha ortiqcha savol yo‘q - ular segundada 1-2-o‘rinlarni band etgan jamoalarga tortiq etiladi. Quyi liga uchun ajratilgan yana bir chipta uchun esa qo‘shimcha o‘yinlarda maydonga tushish lozim. Qisqasi, segundada 3-6-pog‘onalarni egallagan 4ta ishtirokchi ikki bosqichli «pley-off» bahslari orqali orani ochiq qiladi. Ya’ni avvaliga yarim final, keyin final o‘yinlari o‘tkaziladi hamda mini-turnir g‘olibi primeroning 18-jamoasi o‘rnini egallaydi. Bu yil shu «mashmashali» qo‘shimcha bahslarda «Osasuna»ning qo‘li baland kelib, elita yo‘llanmasi sohibiga aylandi. Vaholanki, bu jamoa segunda yakuniga ko‘ra, turnir jadvalida atigi 6-o‘rin (!)ni band etgandi.

«Pley-off» o‘yinlari, yarim final

XIMNASTIK-OSASUNA-2:3 (1:1)

Gollar: Naranxo (7), Munis (79) - Garsiya (32), Flano (54), Merino (74).

Birinchi o‘yin - 1:3.

JIRONA-KORDOBA-3:1 (0:0, 2:1, 0:0, 1:0)

Gollar: Garsiya (65), Aday (80), Errera (117) - Xisko (56).

Birinchi o‘yin -1:2.

Final

JIRONA-OSASUNA-0:1 (0:0)

Gol: Kodro (48).

Birinchi o‘yin - 1:2.

Segunda-2015|2016 yakuniy jadvali

1. Alaves
42 21 12 9
49-35 75

2. Leganes
42 20 14 8
59-34 74

3. Ximnastik
42 18 17 7 57-41
71

4. Jirona
42 17 15 10 46-28 66

5. Kordoba
42 19 8
15 59-52 65

6. Osasuna
42 17 13 12 47-40 64

7. Alkorkon
42 18 10 14
48-44
64

8. Saragosa 42 17 13 12 50-44 64

9. Real Ovedo
42 16 11
15
52-51
59

10.Numansiya
42 13 18 11
57-51
57

11.Elche
42 13 18 11 40-46 57

12.Ueska
42 14 13 15 48-49 55

13.Tenerife 42 13 16 13 45-46 55

14.Lugo
42 13 15 14 44-50 54

15.Mirandes
42 13 13 16
55-56
52

16.Valyadolid
42 12 15
15
47-52
51

17.Malorka
42 12 13 17
39-45
49

18.Almeriya
42 10 18 14
44-51
48

19.Ponferradina
42 12
11
19
39-54
47

20.Lyagostera 42 12 8
22
44-54
44

21.Albasete
42 10 9
23
39-61
39

22.Atletik B.
42 8
8
26
35-59
32

TO‘PURARlar:

S.Leon («Elche») - 22ta gol

F.Andone («Kordoba») - 21ta gol

D.Rodriges («Alkorkon») - 19ta gol

Primero yo‘llanmalari sohiblari

«Alaves» - segundada 1-o‘rin

«Leganes» - segundada 2-o‘rin

«Osasuna» - segundada 6-o‘rin

italiya

«A» seriyasi omadsizlari

18-o‘rin - «Karpi»

19-o‘rin - «Frozinone»

20-o‘rin - «Verona»

«V» seriyasi sovrindorlari

1-o‘rin - «Kalyari»

2-o‘rin - «Krotone»

3-o‘rin - «Trapani»

Italiya chempionati reglamenti ligalar aro jamoa almashtirish bobida yanada murakkabroq. Ha, u erda ham 2ta yo‘llanma bo‘yicha barchasi ravshan - «V» seriyasida 1-2-pog‘onani egallagan jamoalar keyingi mavsumni «A» toifasida boshlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 3-yo‘llanmaga esa quyi divizionning naq 6ta klubi ko‘z tikishi mumkin. Xullas, mavjud qoidalarga ko‘ra, «V» seriyasida 8-o‘rinni egallab ham, «A» seriyasi yo‘llanmasiga chang solish imkoni bor. Buning uchun navbati bilan chorak final, yarim final va finalda g‘alaba qozonish kifoya qiladi. Aytgancha, bu yil qimmatli chipta 4-o‘rin sohibi «Peskara»ga nasib etdi.

«Pley-off» o‘yinlari, chorak final

ChEZENA-SPETsIYa-1:2 (0:1)

Gollar: Chano (65-pen.) -

Rentsetti (40-avt.), Postigo (86).

BARI-NOVARA-3:4 (0:2, 3:1, 0:0, 0:1)

Gollar: Rosina (59, 80-pen.), Pushkash (84) - Gonsales (3, 43, 48), Galabinov (114).

Yarim final

TRAPANI-SPETsIYa-2:0 (0:0)

Gollar: Chozzarella (59-pen.), Chitro (90).

Birinchi o‘yin - 1:0.

PESKARA-NOVARA-4:2 (2:1)

Gollar: Lapadula (2), Paskuato (34), Verde (81, 90+4) - Zampano (45-avt.), Buzzegoli (73).

Birinchi o‘yin - 2:0.

Final

TRAPANI-PESKARA-1:1 (1:0)

Gollar:Chitro (5) - Verde (57).

Birinchi o‘yin - 0:2.

«V» seriyasi-2015|2016 yakuniy jadvali

1. Kalyari
42 25 8
9
78 -41
83

2. Krotone
42 23 13 6
61-36 82

3. Trapani
42 20 13 9
64-49 73

4. Peskara
42 21 9
12 69-52 72

5. Bari
42 19 11 12 58-48 68

6. Chezena
42 19 11 12 57-37 68

7. Spetsiya
42 17 15 10 47-45 66

8. Novara
42 19 10 13 57-35 65

9. Entella
42 17 13 12 51-40 64

10.Perudja 42 14 13 15 40-40 55

11.Breshiya
42 14 12 16 55-64 54

12.Ternana
42 15 8
19 50-56 53

13.Vichentsa 42 11 16 15 41-53 49

14.Avellino
42 13 10 19
52-66
49

15.Askoli
42 13 8
21 45-64 47

16.Latina
42 10 16 16 44-51 46

17.Verchelli
42 11 13 18
43-53
46

18.Salernitana
42 9
18
15
48-62
45

19.Lanchano 42 12 12 18 43-56 44

20.Livorno 42 10 12 20 45-57 42

21.Modena
42 11 9
22 37-55 42

22.Komo
42 5
18 19 39-64 33

TO‘PURARlar:

J.Lapadula («Peskara») - 27ta gol

D.Kachia («Askoli») - 17ta gol

F.Kaputo («Entella») - 17ta gol

«A» seriyasi yo‘llanmalari sohiblari

1. «Kalyari» - «V» seriyasida 1-o‘rin

2. «Krotone» - «V» seriyasida 2-o‘rin

3. «Peskara» - «V» seriyasida 4-o‘rin

FRANTsIYa

Liga 1 omadsizlari

18-o‘rin - «Reyms»

19-o‘rin - «Gazelek»

20-o‘rin - «Trua»

Liga 2 sovrindorlari

1-o‘rin - «Nansi»

2-o‘rin - «Dijon»

3-o‘rin - «Mets»

Frantsuzlar elit ligani to‘ldirish uchun ortiqcha o‘yinga ehtiyoj sezishmaydi. Xullas, Liga 1 turnir jadvalining oxirgi 3ta pog‘onasida qolgan 3ta jamoa o‘z o‘rnini ikkinchi divizion sovrindorlariga bo‘shatib beradi - tamom.

Liga 2-2015|2016 yakuniy jadvali

1. Nansi
38 21 11 6
60-32 74

2. Dijon
38 20 10 8
62-36 70

3. Mets
38 19 8
11 54-39 65

4. Gavr
38 19 8
11 52-37 65

5. Red Star 93
38 18 10 10
43-38
64

6. Lans
38 15 13 10 39-35 58

7. Klermon
38 16 10 12 56-53 58

8. Oser
38 15 10 13 47-46 55

9. Tur
38 11 14 13 36-41 47

10.Brest
38 12 11 15 34-41 47

11.Bur-Peronn 38 13 8
17
47-59
47

12.Valansen 38 10 14 14
39-43
44

13.Laval
38 9
17 12 35-42 44

14.Nim
38 13 12 13 50-52 43

15.Sosho
38 9
15 14 34-36 42

16.Nor
38 8
18 12 38-45 42

17.Ayachcho
38 9
15 14 34-42 42

18.Evian
38 9
12 17 41-41 39

19.Kretey
38 8
10 20 42-66 34

20.Parij
38 4
18 16 32-51 30

TO‘PURARlar:

F. Dedyu («Klermon») - 21ta gol

L. Mussef («Gavr») - 14ta gol

M.Dale («Nansi») - 13ta gol

Liga 1 yo‘llanmalari sohiblari

1. «Nansi»; 2. «Dijon»; 3.

«Mets» -Liga 2 sovrindorlari

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar