Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.07.2016

Mintaqaviy muvozanat

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 214
Mintaqaviy muvozanat

Hozir OChL 1|8 finali doirasidagi «Lokomotiv»-«Al-Hilol» bahsini to‘liq tahlil qilmoqchi emasman. Shunchaki, bir jihatga e’tiboringizni qaratmoqchiman: anchadan buyon jamoalarimizda bunday yakdil fikrlash holati kuzatilmayotgandi. Aynan shuning evaziga ijobiy natija qo‘lga kiritildi. Vaholanki, jismoniy va alohida texnik uslublarni qo‘llash borasida ustunligimiz sezilmadi.

Jamoaviy yakdillik degani nima o‘zi? Uni tarozi pallasiga solib bo‘lmaydi, hozirda urfga aylangan texnik-taktik harakatlar sonini aniqlash uslubida ham hisoblab chiqish qiyin. Ammo uning harorati maydonda kezib yuradi, jamoaga muvozanatni saqlashda ko‘maklashadi, futbolchilarga ishonch bag‘ishlaydi!

Boz ustiga (menga shunday tuyulyapti): agar hamyurtlarimiz avgust-sen­tyabr oylarida o‘tkaziladigan 1|4 final bahslarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishsa, OChLning klublarimiz uchun mo‘ljallagan kvotalari bizning foydamizga o‘zgarishi mumkin.

Endi boshqa bir jihat haqida gapirmoqchiman. «InterFutbol» gazetasining rus tilidagi nashrida chop etilgan «Qudratli tank mo‘ljalda adashdi» deb nomlanuvchi maqolada ushbu jamoalarning birinchi o‘yi­ni muhokama qilindi. Ayniqsa, muallifning mana bu so‘zlari diqqatimni tortdi: «...Umuman, potentsialimizdan kelib chiqsak, Osiyoda bunday jamoalarni mag‘lubiyatga uchratishimiz shart. Ularda braziliyaliklar, evropaliklar bormi? Nima, ularning tabiati boshqacharoqmi? Bizda ham TOShKENTLIKLAR, VODIYLIKLAR, QARShILIKLAR va boshqalar bor...» Chindan ham, umidlar oqlandi.

Qiziq, yuqorida sanab o‘tilgan hududlar qanday ahamiyat kasb etadi? Nomi keltirilmaganlarini ham qo‘shsak, ularning soni 6taga etadi... E’tiborlisi, buning o‘ziga xos ramziy ma’nosi bordek. O‘zbekiston xaritasiga bir nazar tashlang! Hattoki, tabiat ham mintaqalar soni 6ta bo‘lishini xohlagandek: «VODIYLIKLAR» - Far­g‘ona vodiysi jamoalari. «QARShILIKLAR» - asosiy hayoti janubda o‘tadiganlar (Surxondaryoni ham unutmaslik kerak. Ob’ektiv sabablarga ko‘ra, «To‘palang»dan so‘ng elitada bu viloyatdan vakil ko‘rmayapmiz). «TOShKENTLIKLAR» - asosan Toshkent viloyatidagi klublardan tashkil topgan bo‘lsa, unga Jizzax va Sirdaryoni qo‘shish mumkin.

Qolgan ikki mintaqani ham ortiqcha qiyinchiliksiz aniqlab olish mumkin: biri - qadimgi Zarafshon yaqinidagi uchta viloyat - Samarqand, Buxoro va Navoiy. Ikkinchisi esa, Orolbo‘yida joylashgan Xorazm va Qoraqalpog‘iston.

Oltinchi mintaqa qani? U mintaqa emas, u - poytaxt! Eng mashhur ligalardagi poytaxt vakillariga nazar tashlang! APLda Londondan nechta jamoa bor? Ko‘p... Primerada Madridning nechta klubi qatnashadi? Hozircha 2ta qoldi, ammo «Rayo Valekano» va «Xetafe»ning ishtirokini unutmaslik kerak. Boshqa mamlakatlarda ham ayni holat hukmron.

Bir so‘z bilan aytganda, aynan shunday uslublar hamda yo‘nalishlar xilma-xilligi futbolimizni Osiyoda shiddatli va raqobatbardosh qilishi turgan gap.

Keling, ligada yo‘lga qo‘yiladigan mintaqaviy vakillik printsiplari haqida so‘z yuritsak. Televizorni yoqib, ob-havo ma’lumotiga e’tibor qarating. Qoraqalpog‘iston va Xorazm, Buxoro va Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo, Farg‘ona vodiysi, Samar­qand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyati - bu mintaqalardagi havo harorati ko‘pincha bir-biridan farq­lanadi. Va alohida - Toshkent! U ham mintaqalardan biri.

Avvalroq aytganimizdek, hozircha bizning futbol oltita mintaqaning to‘laqonli muvozanatidan mosuvo, ayni damda faqatgina uchta markaz bor. Ammo 2000-2001 yillarda mintaqalarga bo‘linish holati deyarli yakunlangandi! Ular xuddi ob-havo ma’lumotida berilganidek hududlarga ajraldi. Faqat birgina istisno: Samarqand viloyati Buxoro va Navoiy bilan birgalikda tarixiy markazni yuzaga keltiradi.

Mintaqadagi jamoalarning o‘zini-o‘zi tashkil etish jarayoni juda qiziq, uning zamirida birgina sabab yotibdi - ligadagi jamoalar soni! Masalaning ayrim jihatlarini to‘liq anglab olish uchun tarixga nazar tashlasak. 1960 yilgacha mintaqalarga bo‘linishni muvozanatga solish haqida gapirish qiyin edi. Dastlab, qisman 1952 yilgacha futbolga aloqador bo‘lmagan voqealar sabab sifatida ko‘rsatildi. 1960 yilgacha esa chempionat asosan 12ta jamoa ishtirokida o‘tdi. Moskva va Sankt-Peterburg vakillari umumiy ko‘rsatkichning deyarli yarmini tashkil etishdi. Ularga esa boshqa mamlakatlar poytaxtlari qo‘shildilar.

1960 yildan boshlab esa sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berib, liga o‘zining yakuniy tuzilmasiga ega bo‘ldi. Sun’iy tarzda to‘ldirilgan «chuqurcha»lar to‘liq mukammal ko‘rinishga kelishi uchun beshta mavsum kifoya qildi. Bu ularning roppa-rosa yarmiga taalluqli - Ukraina, Shimoliy-G‘arb va Kavkaz. Eng avvalo, Sankt-Peterburg jamoalarining «Shimoliy-G‘arb» mintaqasiga qo‘shilishi shubha uyg‘otdi. Ammo har bir hudud tuzilishining bosh printsipiga e’tibor qaratsak, uning uchtadan kam bo‘lmagan sub’ektlar tomonidan taqdim etilishiga guvoh bo‘lamiz. Demak, «Zenit»ning ushbu ro‘yxatdan joy olishi aniq. Voqealarning bu taxlit rivoj olishiga quyidagi faktni sabab sifatida ko‘rsatish mumkin: 1980 yili bu mintaqadan kamida uchta jamoa ishtirok etganida «Zenit» va «Dinamo» (Minsk) chempionlikni nishonlashgandi, «Jalgiris» (Vilnyus) esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan! Agar bizning mintaqadagi uchinchi jamoa qo‘llab-quvvatlab turganida bormi, «Paxtakor» va «Qayrat» qanday ulkan muvaffaqiyatga erishishlari mumkin bo‘lardi. Ammo «Pomir» liga vakillari qatoriga qo‘shilganida, Almata jamoasi allaqachon elitani tark etib ulgurgandi...

Liga ishtirokchilari soni kamayganidan keyin ham Ukraina jamoalari ko‘proqni tashkil etgan. Foiz hisobida bu natija chorakdan ko‘proqqa teng edi.

Moskva vakillari soni ham o‘zgarmagan, foiz hisobida esa ancha o‘sish kuzatilgan!

Shimoliy-G‘arb vakillari soni kamaygan. Buni mintaqaning ma’muriy-siyosiy geografiyasi kengligi bilan izohlash mumkin - 5ta respublika va Sankt-Peterburg.

Qolgan uchta mintaqa esa ko‘p narsa yo‘qotishdi! Agar hududlar jadvalining har bir qatoriga astoydil nazar tashlasak, quyidagi holat guvohiga aylanamiz: 16ta jamoa mintaqalarga bo‘lib chiqilsa, natija mana bunday ko‘rinish oladi - 5+5+2+2+1+1. 1970-1978 yillar oralig‘i shundan dalolat bermoqdaki, mavjud son keyinchalik ham saqlab qolinsa, NISBATAN KUChSIZROQ MINTAQALAR JAMOALARIDAN BIRINING YO‘QOLIB KETIShI ANIQ.

Ushbu faktlarni O‘zbekiston chempionatining hozirgi holati bilan solishtirib ko‘rish mumkin. Bizda ham doimo noqulay sharoitda qoladigan mintaqa mavjud - bu Orolbo‘yi. Hattoki, elitada 16ta jamoa ishtirok etganida ham u epizodik rollardan birini o‘ynardi. Jamoalar ozayganda esa uning yo‘qolib qolishi haqiqatga yaqin. Oliy ligada 16ta klub ishtirok etarkan, mintaqaviy muvozanatni tiklashning iloji bo‘lmayapti. Toshkentga kelsak, u alohida mintaqa sifatida «Shimoliy-Sharq» hududi bilan birlashishi lozim. Quyida 2010 yili O‘zbekiston chempionati elitasida ishtirok etgan hududlar taqsimlangan: «Shimoliy-Sharq» - 5 jamoa, «Farg‘ona vodiysi» - 3, «Janub» - 3, «Tarixiy markaz» - 2, «Orolbo‘yi» - 1. Oradan bir yil o‘tib, vaziyat biroz o‘zgardi: 5-3-3-3-0.

Manba: Sports.ru

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar