Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.07.2016

Antoni MartialSh: «Termada hali o‘zligimni topmadim»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 134
Antoni MartialSh: «Termada hali o‘zligimni topmadim»

Frantsiya terma jamoasining 20 yoshli hujumchisi Antoni Martial Evro-2016 guruh bosqichi o‘yinlarida o‘rtacha taassurot uyg‘otdi. Misol uchun, u albanlar bilan bahsdagi xatti-harakatlari bilan ko‘plab muxlislari hafsalasini pir qildi. Biroq Antoni Martial va uning potentsial imkoniyatini yaxshi biladiganlar sabr qilish lozimligini ta’kidlashdi. Umumiy xulosaga ko‘ra, yosh iqtidorning milliy jamoa ruhiga singib ketishi uchun ozgina vaqt kerak, baribir. Esingizda bo‘lsa, avvalgi yoz Antonining «Monako»dan «Manchester Yunayted» safiga o‘tishi chinakam «bomba» transferga aylangandi. Axir inglizlar 19 yoshli yigitchaning transfer huquqi uchun 50 million evro to‘lashdan tiyilishmadi. Boz ustiga, «qizil iblislar» Monte-Karlo klubi g‘aznasiga yana 30 million to‘kishadi, agarda ma’lum shartlar bajarilsa: 1. Qo‘shimcha 10 million - 4 mavsumga mo‘ljallangan shartnoma ostiga imzo chekkan Martial «MYu»ning rasmiy o‘yinlarida 25ta gol ursa; 2. Qo‘shimcha 10 million - Frantsiya milliy jamoasida 25 marta maydonga tushsa (har birida kamida 45 daqiqa o‘ynashi lozim); 3. Qo‘shimcha 10 million - «Oltin to‘p» sovrini uchun da’vogarlar ro‘yxatiga kirsa. Aynan shu uchinchi shartning hayotga muvofiq kelishi uchun Antoni Evropa chempionatida yorqin nur sochishi kerak. Ammo Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham hozircha 20 yoshli hujumchiga to‘liq ishonishga tayyor emasdek. «Antoni ko‘p jihatdan tabiatan kuchli va yuksak iqtidor bilan siylangan. Endi barchamiz uning shu iqtidorni to‘la-to‘kis ishga solishini sabrsizlik bilan kutamiz, - deydi Frantsiya terma jamoasi sobiq a’zosi Sabri Lamushi. - Lekin yigitcha hali juda yosh ekanligini ham unutmaylik. Bunday yoshda kuchli bosimga bardosh berish oson emas. Shaxsan men Antonining yaqin vaqt ichida o‘zini baralla namoyon etishiga shubhalanmayman». Bunga qo‘shimcha qilish joiz, uning o‘zini ko‘rsatishi bevosita Dide Deshamga ham bog‘liq. Ya’ni murabbiy ixtiyoridagi futbolchilarni yaxshi va yomon yoki yoqimtoy va yoqimsizga ajratmasa, bas. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, ayni payt Martial uchun asosiy va bosh kriteriya bitta - har bir muayyan o‘yinga shay turish. Qani, o‘qiylikchi, Martialning o‘zi Evro-2016 guruh bosqichi yakunida bergan intervyusida nimalar xususida gapirgankin?

- Frantsiya milliy jamoasida bir yil oldin debyut qilgan edingiz. Xo‘sh, ayni payt termada o‘zingizni qanday his etyapsiz?

- Tobora yaxshiroq, ammo tan olib aytishim joiz, hali uning to‘laqonli futbolchisiga aylanganimcha yo‘q. Endi gol urishni ham boshlashim kerak va imkon qadar o‘yin vaqtini ko‘paytirishim zarur. Shunda hammasi tabiiy ravishda rivojlanadi, ishonch o‘z-o‘zidan ortib boradi. Meni quvontirayotgan tomoni shuki, tajribali futbolchilar jamoaga moslashishimda katta yordam berishyapti. Bu g‘oyat muhim. Aynan iliq munosabat tufayli o‘zimni begonadek his qilmayapman va zimmamdagi vazifalarga ham xotirjamroq qarayapman.

- Evro-2016da gol urishdan umidvor bo‘lsangiz kerak (suhbat avvalgi hafta bo‘lib o‘tgan)...

- Albatta, har qanday futbolchi kabi men ham raqib darvozasini nishonga olishni istayman. Biroq shaxsiy ko‘rsatkichlar ikkinchi darajali masala hisoblanadi. Zero, terma jamoaga imkon boricha ko‘proq naf keltirish va uning g‘alabasiga sezilarli ulush qo‘shish ishtiyoqi muhimroqdir.

- Albaniya terma jamoasiga qarshi o‘yin tanaffusida sizni Pol Pog-ba bilan almashtirishdi. Bir qarashda, Dide Deshamning bu qaroridan ranjigandek bo‘ldingiz...

- Ha, tabiiyki, o‘yinning oxirigacha maydonda qolishni istagandim, ammo murabbiy qarori muhokama qilinmaydi... Darvoqe, faoliyatim davomida bu borada bir safar xunuk vaziyatga ham tushganman. Ya’ni ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsamda, murabbiyimiz oradan chamasi 25 daqiqa o‘tgach, meni qayta almashtirgandi (Frantsiya chempionati doirasidagi «Nant» - «Monako» uchrashuvida shunday holat kuzatilgan). Albatta, o‘sha payt norozi bo‘lib, g‘azabim qo‘zigan. Lekin o‘yin videoyozuvini qayta tomosha qilgach, murabbiy to‘la haq bo‘lganini tushunganman. Chunonchi, maydonda darhaqiqat, o‘ta sust harakatlangan ekanman. Aynan o‘sha vaziyat men uchun o‘ziga xos saboq vazifasini o‘tagan.

- O‘tgan yilning dekabr oyida obro‘li sovrinni qo‘lga kiritdingiz - Italiyaning Tuttosport gazetasi sizni Evropaning 21 yoshdan kichik futbolchilari orasida eng kuchlisi sifatida e’tirof etdi. Aytgancha, Lionel Messi, Ueyn Runi, Mario Gyottse va Pol Pogba kabi bugungi yulduzlar ham vaqtida shu sovrin laureati bo‘lishgan...

- Nima demoqchi ekanligingizni tushundim. Albatta, kelajakda ulardan-da yuqoriroq darajaga chiqishga intilaman. Yana tan olishim kerak, meni e’tirof etishgan payt futbolda shunday sovrin borligidan bexabar edim, ammo o‘ta baxtiyorlik hissini tuydim. To‘g‘ri, yana o‘z joyida takrorlaymanki, men uchun individual sovrinlardan ko‘ra, jamoaviy yutuqlar ancha muhim sanaladi.

- Navbati bilan Frantsiya o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarida o‘ynadingiz. Mana, endi milliy jamoa a’zosisiz. Mamlakatning turli yosh toifasidagi termalarida farq katta emasmi?

- O‘rtada sezilarli tafovut bor, albatta. Lekin umumiy yondashuv, munosabat qanchalik farqlanmasin, bosh jamoada o‘ynashni orzu qiladigan har bir futbolchi uchun yoshlar termalarida tajriba oshirish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Misol uchun, men doimo Frantsiya milliy jamoasi libosini kiyishni o‘ylaganman va o‘smirlar hamda yoshlar tarkibidagi davrlar bu orzu yo‘lidagi bosqichlar vazifasini o‘tab berdi. Endi asosiy farqqa kelsak, milliy jamoada barchasi ancha jiddiy.

- Bosh murabbiy - Dide Desham bilan o‘zaro munosabatlaringiz qanday shakllanyapti?

- Eshitishimcha, u buyuk futbolchi bo‘lgan ekan (Desham jahon chempionatida g‘oliblikni nishonlagan vaqt Martial 3 yoshli kichkintoy edi) va shu bois, unga katta hurmat bilan yondashaman. Muhimi, Dide yosh futbolchilarni juda yaxshi tushunadi. Umuman, Deshamning maslahatlari va o‘gitlari shaxsan men uchun juda qadrli.

- Qiziq, Monakodan Manchesterga ko‘chib o‘tayotganingizda ham, u bilan maslahatlashganmidingiz?

- Yo‘q, biz asosan o‘yin haqida suhbatlashamiz. Ya’ni Desham faqat futbol doirasida maslahat berishi mumkin.

- Evropa chempionatidek yirik turnir «zayavka»sidan joy olib, keyin zaxira o‘rindig‘ida qolish aql bovar qilmas darajada alam uyg‘otsa kerak-ov...

- Yo‘q, meni izdan chiqarishga urinmang. Ayni payt umumiy holatni xotirjam qabul qilyapman. Axir 20 yoshda 23talik ro‘yxatga kirishning o‘zi katta gap. O‘ynasam - nur ustiga a’lo nur. Zaxirada o‘tiribmanmi, demak, sabr qilishim kerak. Zero, hammasini murabbiy hal qiladi.

- Desham sizni asosan chap qanotga qo‘ymoqda. Salohiyatingizni markaziy zonada ham sinab ko‘rishni xohlarmidingiz?

- Nima farqi bor? Asosiysi - maydonga tushish va o‘ynash. Ehtimol, markazda harakatlansam, ko‘proq gol urarmidim...? Lekin murabbiy meni qanotga qo‘ymoqdami, demak, jamoaga shu joyda kerakman va ko‘proq foyda berishim mumkin. To‘g‘ri, o‘z o‘rnida ochiq aytaman, o‘ng qanotda o‘ynashni aslo xohlamayman. Chunki bu erda o‘zimni mutlaqo noqulay sezaman.

- Zayniddin Zidan sizning yoshingizda endi-endi «Kann»dan «Bordo»ga o‘tish taraddudini ko‘rayotgan bo‘lgan, Mishel Platini ikkinchi divizion, Frank Riberi esa hattoki, uchinchi divizionda o‘ynagan...

- Ehtimol o‘sha vaqtlar yosh futbolchilar uchun hozirgidek imkoniyatlar bo‘lmagandir. Balki selektsionerlar yosh iqtidorlarni topishda oqsagandirlar. Lekin nima bo‘lishidan qat’iy nazar, bitta fakt bor: Platini ham, Zidan va Riberi ham buyuk futbolchi sifatida ko‘plab sov-rinlarni yutishgan. Men ham ko‘plab yosh futbolchilar kabi ularning yo‘lidan borishni xohlayman.

- Umuman, nima haqda orzu qilasiz?

- Imkon boricha ko‘proq g‘alaba qozonishni. Shuningdek, yil o‘tgani sayin mukammallashib borishim zarur. Aks holda, futbol o‘ynashdan qanday ma’no bor?!

- Sizni ko‘pincha Nikolya Anelka bilan qiyoslashadi. Bu yoqimlimi?

- Ha, albatta. Bunday taqqoslashlarga aynan Anelka uslubiga o‘xshash tarzda harakatlanishim sabab bo‘lsa, ajabmas. Deylik, o‘yin payti to‘pni olganim hamono oldinga talpinaman. Lekin oramizda katta farq ham bor - Anelka barchasini isbotlab qo‘ygan buyuk futbolchi bo‘lsa, men endi shu yo‘l boshida turgan yigitman. Unga o‘xshashlik uchun hali ko‘p narsalarni ko‘rsatishim kerak. Shunday ekan, o‘xshatishlar hozircha nisbiylik kasb etadi, xolos.

- Futboldagi kumirlaringiz...

- ...Zayniddin Zidan, Ronaldo va Ronaldino. Aynan shu yulduzlarga havas bilan boqib, futbol o‘ynay boshlaganman. Bilasiz, Zidan ham, Ronaldo va Ronaldino ham maydonda barchasini uddalardilar.

- Hozirgi yulduzlardan-chi, kimni e’tirof etasiz?

- Lionel Messiga teng keladigani yo‘q. U jahonda eng yaxshisi! Leoning jamoa uchun qanday o‘ynashiga bir qarang - fantastika.

- Kamtarin yigitdek taassurot uyg‘otish barobarida maqsadi ulkan va ishtiyoqi kuchli futbolchidek ko‘rinasiz.

- Futbolda aynan kamtar bo‘lish kerak - o‘z manfaatingizni jamoanikidan ustun qo‘ymaslik uchun. Lekin kuchli istaksiz hech narsa yutolmasligingiz ham tayin!

- O‘tgan mavsum «MYu» uchun 55ta o‘yinda 18ta gol urdingiz. Shaxsan o‘zingiz yakunni qanday baholaysiz?

- Turlicha qarash mumkin. Klubimiz ChLdan guruh bosqichidayoq chiqib ketdi, lekin biz shuning barobarida kelasi mavsum turnirda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdik. Shuningdek, Angliya kubogini yutganimizni ham unutmaslik kerak.

- Shaxsiy ko‘rsatkichlaringiz-chi?

- Angliya futboliga sekin-asta moslashyapman. APLdagi umumiy holatga gap yo‘q. Doimo aynan shu ligada o‘ynashni orzu qilganman. «Manchester derbisi»ga qarang - maydonda faqat yulduzlar. Har bir futbolchi bunday o‘yinda ishtirok etish va g‘alaba qozonishni orzu qiladi.

- 18 yoshli Markus Rashford sizni qariya o‘rnida ko‘rmayaptimi?

- Yo‘q. «MYu»da yosh futbolchilar ko‘p va bu holat alohida muhitni ta’minlaydi. Rashford - qoyilmaqom yigit. Mana, boshqa futbolchilar jarohati tufayli yuzaga kelgan imkoniyatdan ajoyib tarzda foydalandi.

- «MYu» siz uchun «Monako»ga 50 million evro to‘ladi, boz ustiga, yana bonuslar ham bor. Klubda shu qimmatbaho shartnomangizni eslatib turishadimi?

- Aslo. Harqalay, kiyinish xonasida bu mavzuda kimdandir bir og‘iz gap eshitganim yo‘q. Ha, transfer narxi o‘zimni ham uncha o‘ylantirayotgani yo‘q. Ota-onam esa umuman boshqachalar. Ular boshida shunchaki, «shok» holatiga tushib qolishdi, chunki ma’lum vaqt atrofda faqat mening shartnomam haqida gapirishdi, uni rosa muhokama qilishdi.

- O‘tgan yilning 12 sentyabr kuni «MYu»da debyut golingizni nishonladingiz. Bu hozircha siz uchun eng yorqin xotira bo‘lib turibdimi?

- Ehtimol. O‘shanda manchesterlik muxlislar qarshisida ilk marta namoyon bo‘ldim. Ular meni umuman tanimasdilar. Tabiiyki, boshida juda hayajonlandim. Gol urganimda esa, cheksiz quvonch hissini tuydim. Ha, o‘sha vaziyat men uchun hozircha eng yorqin lahzalardir...

- Fikringizcha, «MYu»da qaysi jihatlar bo‘yicha yaqqol kuchaydingiz?

- Jismoniy tayyorgarlik tomonlama o‘zgarish katta. Endilikda maydonda to‘liq 90 daqiqa o‘ynashim mumkin. Deylik, «Monako»da odatda 60-70 daqiqalik harakat bilan cheklanardim.

- «MYu» afsonasi Rayan Giggzning e’tirofi: «Martial ijrosidagi o‘yin men uchun «yangi qon tomchisi»dek bo‘lyapti». Bunday gaplarni eshitish yoqimlidir...

- Shubhasiz. Albatta, bildirilayotgan ishonchga muvofiq bo‘lishga intilaman. Ha, Angliyadagi ikkinchi mavsum men uchun birinchisiga nisbatan og‘ir kechishi tayin. Lekin bundan vahimaga tushmayman. Chempionat boshlanishiga qadar esa terma jamoada o‘zimni ko‘rsatishni xohlardim.

ma’lumot uchun

Antoni MARTIAL

Tug‘ilgan sanasi: 1995 yil 5 dekabr

Ampluasi: hujumchi

Klubi: «Manchester Yunayted»

Bo‘yi: 184 sm. Vazni: 78 kg.

Yutug‘i: Angliya kubogi sohibi

Frantsiya terma jamoasi safida 10 marta maydonga tushdi

Manba: «SSF»,

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar