Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.07.2016

Buffondan o‘tgan milanlik «yovvoyi»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 106
Buffondan o‘tgan milanlik «yovvoyi»

Yaqinda Janluidji Buffon ajoyib natijaga erishdi: tajribali golkiper «Yuventus» darvozasini 16 soatu 14 daqiqa hech kim zabt etolmasligini ta’minladi. Oqibatda, milanlik Sebastyan Rossi bundan 22 yil avval o‘rnatgan 929 daqiqa darvozani «quruq» saqlaganlik rekordi yo‘qqa chiqdi. Har ikki futbolchi maydonda ko‘p marta to‘qnash kelganliklari aniq va ehtimol, hamkasbi erishgan yutuq bilan aynan Rossi uni birinchilardan bo‘lib tabriklagan bo‘lsa ne ajab.

Sebastyan Rossining nomi o‘tgan asrning 90-yillarida futbol ishqibozlari tilidan tushmasdi. Axir «Milan» darvozaboni nafaqat «quruq» seriyalar bobida, balki Chempionlar Ligasidagi g‘alaba, uch skudetto, qit’alararo kubokni qo‘lga kiritgani va Evropa superkubogi hamda Italiyaning 3 superkubogi kabi «mayda-chuyda» muvaffaqiyatlarga ham erishgandi-da. Milanning qizil va qora ishqibozlari o‘z suyuklilarini qo‘ygani joy topisholmas, uni klub tarixidagi eng kuchli golkiper sifatida e’zozlashardi. Ko‘plab darvozabonlar bilan ishlagan Fabio Kapello ham doimo Rossi haqida iliq fikr bildirardi. Matbuot bo‘lsa Sebastyanni yoqtirmas, qariyb 2 metrlik «gigant» bor-yo‘qligiga e’tibor qaratmagan mamlakat terma jamoasi murabbiylari haqida ham shu fikrni aytish mumkin edi. So‘nggi yillarda o‘z davrining yulduzi bo‘lgan Rossi to‘g‘risida salbiy fikr aytadiganlar qatoriga huquq-tartibot idoralari vakillari ham qo‘shilishdi.

Bo‘ydor, muskuldor va uzun qo‘lli bo‘lgan Sebastyan Rossining jismoniy jihatlari sirasiga yana u o‘ta serharakat bo‘lganligini ham qo‘shish mumkin. U 16 yoshgacha basketbol bilan muvaffaqiyatli shug‘ullandi, asosan hujumda o‘ynab, katta yutuqlarga erishdi ham. Masalan, Sebastyan MBA markaziy hujumchisi uslubida to‘pni yuqoridan setkaga aniq yo‘llay bilardi. Tabiat Rossini reaktsiya bobida ham xafa qilmagandi. Ammo uning birgina kamchiligi bo‘lib, barmoqlari doim ham unga «quloq solmasdi». Oqibatda, Rossi eng kerakli paytlarda to‘pni yo‘qotib qo‘yardi va aynan shu kamchilik basketbolni Sebastyanday yulduzdan mosuvo ayladi. To‘g‘ri, u voleybol ham o‘ynashi mumkin edi, ammo uning qadrdon shahrida sportning bu turi bo‘yicha sektsiya yo‘q edi. Natijada, Rossi futbolni tanladi. Agar Sebastyan maydonda himoyachi yoki markaziy o‘yinchi o‘rnida o‘ynaganida ham muammolar bo‘lmasdi, biroq u darvozadan o‘rin egalladi. Bu erda esa xuddi basketboldagi kabi to‘p bilan do‘stlashish darkor bo‘lardi. Ammo Sebastyan tavakkal qildi va «Chezena» klubi darvozaboni sifatida maydonda paydo bo‘ldi.

Yoshgina golkiper darvozadagi o‘rnini egallagan dastlabki yillari u boshqa hamkasblari kabi to‘pni ushlab olish yoki maydon tashqarisiga chiqarib yuborish o‘rniga dastlab uni urib yuborar va shundan keyingina ushlab olishga intilardi. Bu klub murabbiylaridan tortib futbolchilarni «quturtirib» yubordi, axir Rossi to‘xtatgan to‘pga ular qorovulchilik qilishga majbur bo‘lardilar-da. Shunga qaramay, Sebastyan jamoani ko‘p marotaba qutqarib qoldi va bu bilan «Chezena»ning 1-raqami aynan unga tegishli ekanini isbotlay bildi.

Aynan shunday kunlarning birida Arrigo Sakkidan qo‘ng‘iroq bo‘lib qoldi. Qayta tiklanib, «A» seriyasi va 2 bor chempionlar kubogini qo‘lga kiritgan «Milan»ga 2-raqamli darvozabon zarur bo‘lib qolgandi. Sakkining fikricha, bu rolga Rossi juda mos edi - juda yosh va qari ham emas - 26 yoshda, jismoniy tayyorgarligi ham talab darajasida. To‘pni ikkinchi urinishda egallab olishi esa katta muammo bo‘lmaydi, axir u ko‘proq zaxirada qoladi-ku. O‘shanda jahon chempioni Jovanni Galli narsalarini yig‘ishtirib, «Napoli»ga - Diego Maradona bilan bir jamoada o‘ynash uchun - ketib qolishini kim ham o‘ylabdi deysiz. Gallining jamoani tark etishi Arrigo Sakkini xafa qilmadi, desak noto‘g‘ri bo‘lar, ammo bu hol unchalik uzoq davom etmagani aniq. Ma’lum vaqt bu o‘rinda Andrea Patstsalini o‘ynatib ko‘rish mumkin edi, bu joyga zaxira ham tayyor - Rossi. «Milan» akademiyasida ham 2 megatalant voyaga etmoqda - ikki Franchesko - Antonioli va Toldo, bularga qo‘shimcha sifatida milanlik sobiq portiero Fabio Kudichinining o‘g‘li Karloni ham yoddan chiqarmaslik kerak-ku. Buning ustiga, Mauro Tassotti, Franko Barezi, Alessandro Kostakurta, Paolo Maldiniday kuchli himoyaga ega bo‘lgan klub darvozasini xohlagan Pinokkio ham qo‘riqlay oladi-da.

1991-91 yillar mavsumida «Milan» «Sampdoriya»dan keyin 2-bo‘ldi. Klub darvozasini asosan Patstsali qo‘riqladi, Rossi ham 9 bor maydonda ko‘rinish berdi. Yozda «Milan»da murabbiy o‘zgardi - Sakki milliy termaga ko‘tarildi, uning o‘rnini bo‘lsa yaqin o‘tmishda «Yuventus», «Milan» klublari va Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan sobiq yarim himoyachi Fabio Kapello egalladi. Yangi murabbiy va nihoyat, klub darvozasini Antonioliga ishonib topshirishi kutilgandi, ammo maydonga Francheskoning o‘rniga novcha, soqollari olinmagan va g‘ijim kiyimdagi shaxs tushdi. Kapelloning bu qarori italyan matbuotini karaxt ahvolga solib qo‘ygandi.

- Adriano Chelentano ajoyib qo‘shiqchiligiga gap bo‘lishi mumkin emas, ammo uni faqat shuning uchungina «La Skala»ga tushirish shartmikin, - deb yozgan edi «Milan»ni taniqli opera teatri, Rossini esa mashhur artist, shuningdek, «Inter» muxlisi ekanligiga sha’ma qilarkan gazetalardan biri.

«Yuventus» bilan o‘yindan so‘ng ham Fabio Kapello eshitmagan gap qolmadi: o‘shanda turinliklar milanlik darvozabon xatosidan so‘ng uchrashuv boshidayoq hisobni ochishgandi. Darvoza yonidan o‘tib ketayotgan to‘pni nima uchundir ushlab olishga uringan Sebastyanning harakati shu darajada uquvsiz chiqdiki, alal-oqibat to‘pni egallab olgan Perluidji Kaziragi uni to‘rga aniq yo‘lladi. «Rossonerlar»ning baxtiga Massimo Karrerining avtogoli tufayli «Milan» o‘shanda mag‘lubiyatdan qutilib qoldi, aksincha bo‘lganida darvozabonni «eb qo‘yishlari» aniq edi. Shunga qaramay, tanqidlarga quloq osmagan Kapello darvozaga Rossini qo‘yishda davom etdi. Sebastyano esa o‘yindan o‘yinga ochilib borardi. To‘g‘ri, murabbiy Antonioliga ham imkon berdi. Ammo yosh golkiperning doim bahsga katta hayajon bilan tushishi, to‘pni Rossiga nisbatan ishonchli tarzda ushlab olsa-da, tez-tez xatoga yo‘l qo‘yishi so‘nggi himoyadagi o‘rin kimga tegishli ekanini aniqlashtirib berdi. Eng muhimi, Rossining to‘pga chiqishdagi xatolari kamayib, «Milan» yulduzlari bilan o‘zaro tushunishi esa ortib bordi. Darvozadagi o‘rni mustahkamligiga ishongan Sebastyan himoyachilarni boshqardi, ular esa o‘z navbatida golkiperning nozik jihatidan xabardor bo‘lgani holda undan yordamlarini ayashmasdi.

- Men bu yigitlar Italiya termasi o‘yinchilari ekanini, o‘zim esa yaqinda ham kamtaringina «Chezene» darvozasini qo‘riqlaganimni bilardim. Ammo o‘shanda hammamiz yagona maqsad yo‘lida ishlardik, demak biz teng edik. Mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kdik, o‘zaro ko‘nikdik, - deb eslaydi Sebastyan.

Rossi darvozabon sifatida yulduzga aylanmagan bo‘lsa-da, o‘sishda davom etardi - to‘pni ko‘proq ushlab ola boshladi, urib yuborishga to‘g‘ri kelganida esa jamoadoshlari qaerda turganligini aniq bilardi.

Jurnalistlar uchun esa Sebastyan «Milan» tarkibidagi begona jism» bo‘lib qolaverdi. Aynan o‘shanda unga nisbatan Barbaro - yovvoyi degan laqab ishlatildi. Dastlab Rossi va uning muxlislariga kamsitishday tuyulgan bu nomga ular keyinchalik shu darajada o‘rganib ketishdiki, hatto o‘zlari ham bu atamani jon deb ishlata boshlashdi. Fabio Kapello ham Rossi masalasidagi tanlovida adashmaganligini maydonga boshqa darvozabonlarni tushirish orqali isbotlab bordi. Antonioli bilan birga Mario Yelpo, Massimo Taibi va Anjelo Pagottolar o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oqlasholmadi.

- «Milan»ning himoyasi eng kuchli, biz kam to‘p o‘tkazyapmiz. Nima uchun men darvozabondan norozi bo‘lishim kerak? To‘g‘ri, Rossiga nisbatan ma’lum noroziliklarim bo‘lishi mumkin, ammo bunday fikrlar boshqa chiziqdagi futbolchilarga nisbatan ham yo‘q emas. Ammo ularni men ish davomida hal qilyapman va aslo keng jamoatchilikni bu masalaga jalb qilmoqchi emasman, - dedi Kapello 1993 yili «Milan» yana chempionlikni qo‘lga kiritganidan so‘ng.

Oradan bir yil o‘tgach, AQShda jahon chempionati davom etayotgan pallada «rossonerlar» bosh murabbiyi Italiya termasi rahbari Arrigo Sakkini Rossini bosh jamoaga jalb qilmaganlikda aybladi. Bu Palyuki norvegiyaliklar bilan bo‘lgan bahsda maydondan chiqarib yuborilganda yuz berdi.

1993-94 yillar mavsumi - navbatdagi mundial arafasi Sebastyan karerasida chindan ham o‘ta omadli kechgandi. «Milan» qatorasiga uchinchi marta skudettoni qo‘lga kiritdi, Chempionlar Ligasi finalida «Barselona»ni «maydalab» tashladi. Rossi chempionatning 31 uchrashuvida bor-yo‘g‘i 15ta to‘p o‘tkazib yuborgan holda, «quruq» bahslar bo‘yicha o‘z rekordiga erishdi. ChLning o‘n bahsida raqiblar faqat 2 bor milanliklar darvozasini aniq nishonga ola bilishdi, xolos.

- Qachonlardir Italiya terma jamoasiga chaqiruv kutardim. U erda raqobat juda kattaligini ham tushunardim, ammo hech bo‘lmasa birgina yirik musobaqada ishtirok etish orzusida edim. Keyinroq taqdir meni bu baxtdan ayro qilganini tushundim, - deb eslaydi Sebastyano.

90-yillar boshidagi o‘sha «Milan» alal-oqibat halokatga mahkum etildi. Matbuot Silvio Berluskonini Kapello jamoasi zerikarli o‘ynayotganiga ishontirdi. Fabio 1995-95 yillar mavsumida klubdan ketdi, ammo yo‘q bo‘lib qolmadi: Madridning «Real»iga ko‘tarilish va jamoani yana chempion bo‘lishga, Chempionlar Ligasidagi zafarga poydevor qo‘yishga yordam berdi. Urugvaylik Oskar Vashington qo‘l ostidagi «Milan» esa tez kunlarda «cho‘kdi». Hatto Kapelloning qaytarilishi ham hech narsani o‘zgartirolmadi. Fabio o‘z jamoasini taniyolmasdi. Bir qarashda jamoa ham, futbolchilar ham o‘sha, ammo klub 10-o‘rinda. Faqatgina Rossi singari sanoqli futbolchilargina murabbiyning tanqididan yiroq edilar.

Sebastyan Rossi shundan keyin ham «Milan»dagi vazifasini a’lo darajada uddaladi. Ammo afsonaviy himoyachilar va Sebastyanning o‘yini yillar o‘tgani sari pasayib bordi. Shunga qaramay, faqat 1999 yilga boribgina 34 yoshli Rossi o‘z o‘rnini «Milan»ning yosh tarbiyalanuvchisi Kristan Abyattiga bo‘shatib berdi. Voqea shunday bo‘lgandi: «Perudja»ga qarshi o‘yinda Rossi darvozasiga penalti belgilanganida milanliklar 2:0 hisobida oldinda borishardi. Xidetosi Nakataning zarbasi aniq bo‘ldi, boshqa perudjalik Kristian Buki bo‘lsa xursandchiligi ichiga sig‘may to‘pni yana bir bor darvozaga yo‘lladi va aynan uning bu harakati Rossining asablarini izdan chiqarib yubordi. Sebastyanning zarbasidan Buki arang oyoqda qoldi. Oqibatda, darvozabon qizil kartochka olib, bir emas, naq 5 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu davr mobaynida yosh Abyatti klubning 1-raqamli darvozaboni sifatida nom chiqarishga va chempionlikni qo‘lga kiritishga ulgurdi. Shu tariqa yoshi o‘tib borayotgan Rossi ixtiyoriy ravishda 2-planga o‘tdi, ammo Abyattini almashtirishga doimo shay turdi. Jamoa braziliyalik Diduni xarid qilganidan so‘ng esa, «Milan»ga boshqa kerak emasligini tushundi. Shundan so‘ng, u 1 yil «Perudja»da faoliyat ko‘rsatdi va 38 yoshida futboldagi karerasiga nuqta qo‘ydi.

«Milan»dagi 12 mavsumi davomida Sebastyan 12ta sovrin egasiga aylandi va faqatgina 1990 yildagi Evropa superkubogi va qit’alararo kubokni zaxira darvozabon sifatida qo‘lga kiritdi. Boshqa barcha mukofotlarga esa jamoa aynan uning ishtiroki bilan erishdi. Qachonlardir katta klub uchun yaroqsiz hisoblangan darvozabonning nomi «Milan» shon-sharaf muzeyidan o‘rin oldi. Rossining o‘zi esa uzoq vaqt yosh golkiperlarlar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

2014 yil avgustida Sebastyan Rossining nomi yana OAVlarda paydo bo‘ldi, ammo bu nashrlar sport gazetalari emasdi. Italiya ommaviy axborot vositalarida kokain moddasini asrashda gumon qilingan va qo‘llariga kishan solingan kishining surati paydo bo‘ldi. Bu narkodiller «Milan»ning sobiq darvozaboni Sebastyan Rossi edi. Italiyaning 5 karra chempioni qamoqqa tashlanmadi, ammo hisobga olindi.

Nima bo‘lganida ham, g‘aroyib jamoada hayratlanarli yo‘lni bosib o‘tgan Sebastyan Rossi xotiramizda futbol darvozaboni va ajoyib inson sifatida qoladi.

Ilyosbek tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar