Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.07.2016

Alisher Aminov:«Muammo tizimli boshqaruvga bog‘liq»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 113
Alisher Aminov:«Muammo tizimli boshqaruvga bog‘liq»

Vaqtida Rossiya futbol ittifoqi prezidenti lavozimiga da’vogarlik qilgan sobiq hamyurtimiz Alisher Aminov mamlakat terma jamoasining Evro-2016dagi omadsiz ishtirokiga o‘ziga xos munosabat bildirdi. E’tiborlisi, Xalqaro tashabbuskor guruhlar huquqini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vitse-prezidenti hisoblangan Aminovning life.ru nashriga bergan intervyusida bildirgan fikrlari doimgidek, ko‘p jihatdan RFIning rasmiy pozitsiyasidan farqlandi. O‘ylaymizki, yurtimizda Rossiya termasiga befarq qaramaydigan muxlislar ko‘p va bu jamoaning qit’a chempionatidagi ishtiroki yuzasidan bo‘layotgan bahs-munozaralar gazetxonlarimizni ham etarlicha qiziqtiradi. Demak, Alisher Aminovning 1news.uzda keltirilgan munosabati bilan tanishib chiqamiz.

- Ochig‘ini aytganda, Rossiya terma jamoasining Evro-2016dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokini qandaydir «sensatsiya» emas, o‘ziga xos «tashrif qog‘ozi»ga o‘xshatgan bo‘lardim, - deya so‘z boshladi Aminov. — Zero, muammolar bartaraf etilmayapti, aksincha, ular yildan-yilga ko‘pa­yib bormoqda. Ha, Rossiya terma jamoasi juda kuchli hisoblangan davrlar ham bor. Lekin o‘sha paytlar, 90-yillarda rus futboli umuman boshqacha edi. Murabbiylar kuchli bo‘lishgan, futbolga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot markazlarida esa malakali xodimlar ishlashgan. Birgina Rossiya emas, MDHdagi aksariyat terma jamoalar ham xuddi shu sababli, dastlabki paytlarda maqtanishga arzigulik natijalarga erishishgan. Xususan, O‘zbekiston terma jamoasining 1994 yilgi Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqishida ham shu maktabning hissasi katta. Bu esa o‘sha davrlarda futbol rivoji uchun qo‘­yilgan poydevor mustahkam bo‘lganini anglatadi.

1991 yildan so‘ng ham Rossiya futbol federatsiyasida chinakam professionallar qolishgandi. Ular hozirgi rahbarlarga o‘xshab, faqat o‘z manfaatlarini o‘ylamasdilar. Ha, sobiq ittifoqning parchalanishidan so‘ng yangi federatsiya tuzib, unda professional xodimlarni olib qolish murakkab vazifa edi. Biroq tashkilot kamtarona byudjet (taxminan 3-5 million dollar) bilan ham o‘z vazifasini a’lo darajada uddalagan. Yo‘q, men bu bilan Koloskov shaxsini ideallashtirmoqchi emasman, uning ishida ham juz’iy kamchiliklar kuzatilgan, albatta. Biroq u federatsiyaga professionallarni jamlay olgandi. Shunday bo‘lsada, metodik ta’minot sekin-asta yo‘qolib boraverdi. Misol uchun, mavjud 12ta futbol kafedrasidan bugunga kelib, atigi 2tasi qoldi, xolos. Ulardagi mutaxassislar ham 80 yoshdan o‘tgan kishilar. Bolalar futboli rivoji yo‘lida hech kim qayg‘urmayapti. Hozir ayrim kishilar Slutskiyni buyuklar qatoriga qo‘shadilar. Vaholanki, uning 80-yillardayoq muayyan mavzu bo‘yicha dissertatsiya yoqlaganini ko‘pchilik bilmaydi. Men shu paytgacha Slutskiyning qandaydir tizimli muammolar haqida gapirganini eshitganim yo‘q. Bu kulguli, albatta.

Slutskiy — hozirgi futbolimizning asl qiyofasi. Zero, u futbol va transferlar davlat tomonidan moliyalashtirilishi noto‘g‘riligini, boshqaruvning samarali tizimi yo‘lga qo‘yilishi lozimligini hech qachon aytmaydi. Shuningdek, RFI Ijroqo‘midagi amaldorlarni professional ish tutishga chaqirmaydi ham. Bu qo‘mitada esa 75 foiz ovoz beruvchilar hududiy federatsiyalardan. Bularning barchasi boshqaruvning avtoritar tuzumini anglatadi. Ya’ni vazir gubernatorga qo‘ng‘iroq qiladi, u esa hududiy federatsiyaga: «Mutkoga ovoz berasan, agar shunday qilmasang, seni ishdan haydab, federatsiyangni pulsiz qoldiraman».

Tushuning, barcha bir yoqadan bosh chiqarib, umumiy maqsad sari intilmasa, RFI joyida depsinib turaveradi, axir. Nemis futbolini qarang, u hamma umumiy maqsad sari intilgani uchun juda rivojlanib ketdi. Bizning futbol esa xuddi teatrning o‘zginasi: yagona aktyor bor - Mutko, qolganlar esa uni olqishlashadi. Bugun shu illat sababli, butun dunyoga kalaka bo‘lib o‘tiribmiz. Aslida Mutkoni 2010 yildayoq futboldan uzoqlashtirish zarur edi. Lekin u mana, 6 yildirki, o‘z hamyonini qappaytirish bilan ovora. Bosh­qacha aytganda, Mutko va RFPL prezidenti Sergey Pryadkin - rus futbolining «oltin o‘rdasi». Chunonchi, liga ham umuman rivojlanmayapti. Liganing bosh vazifasi - futbol sohasida tarbiyalanayotgan o‘smirlar uchun professional faoliyatni ta’minlash. Liga yana nazariy jihatdan yaxshigina media-loyi­hadir. Biroq afsuski, bizda bunday emas. 2005 yildan buyon klublar uchun ajratiladigan mablag‘ naq 4 baravar oshdi. Ammo bu davrda tomoshabinlarning stadionga tashrifi achinarli ahvolga tushdi.

Bugun biz termamizning inqirozi sababini topmoqchimizmi, unda tahlilni mas’ul tashkilotlar boshqarishi lozim bo‘lgan eng quyi bo‘g‘inlardan boshlashimiz lozim. Mana, qarang, har yili 40 000 nafar o‘smir futbol maktablarini tamomlaydi. Ular bilan ishlayotgan murabbiylar qo‘lidagi qo‘llanmalar 1960 yillarda yozilgan. Shunday holatda bolaga bilim berish mumkinmi?! Murabbiy nima qilsin? Bolalarga to‘pni berib, o‘z holiga qo‘yib yuboradi-da. Har bir bola futbol maktabini bitirgach, o‘zini klubda sinab ko‘rishi kerak. Misol uchun, Angliyaning 4ta ligasida 250ta klub bor. Bizda-chi?! Qog‘oz bo‘yicha - 92ta klub. Aslida esa ularning 25tasigina talabga javob berishi mumkin, xolos. Boz ustiga, birorta klub o‘z stadioniga ega emas. Bundan kelib chiqadiki, har yili 40 000 nafar tarbiyalanuvchidan barmoq bilan sanarlisi professional futbolga kirish imkoniyatiga ega, xolos. Qolganlar esa...

RFIning hozirgi byudjeti yaqin 70 mln. evroga teng. Tashkilotdagilar shu mablag‘ning atigi 40 millio­nini hududlar futboli rivoji uchun sarflashmoqda. Perm, Krasnodar, Rostov va boshqa hududlardagi klublarning bosh vazifasi - rus futboliga raqobatbardosh futbolchilarni etkazib berish. Lekin ayni paytdagi vaziyat umuman qoniqarsiz. Masalan, «Rostov» tarkibida klubning o‘z tarbiyalanuvchisi so‘nggi bor harakat qilganiga 10 yildan oshibdi. Vaholanki, Rostov ilgarilari eng muhim «donor» hududlardan biri edi. U erdagi mashhur internat haqida barcha bilardi. Bugunga kelib, shunday ta’lim markazi butkul yo‘qolib ketdi. Bechora klub hozirgi kunda inqiroz yoqasida turibdi. Berdiev va uning shogirdlariga esa futbolga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan bir milliarder maosh to‘lamoqda. RFPLda o‘rtacha yillik maosh miqdori 67 million dollarga teng. Buning 80 foizi davlat tomonidan to‘lanadi. Shunday ekan, savol tug‘iladi: liga nima uchun tuzilganu, futbolchilar kim uchun o‘ynashyapti? Klublarga kelsak, ular yillik byudjetning atigi 3 foizini o‘zlari ishlab topishadi. Daromad ko‘rsatkichlari 2008 yildan buyon bir joyda qotib turibdi.

Men mavzuga siyosatni aralashtirmoqchi emasman. Biroq afsuski, rus futbolidagi inqirozga siyosat ham qisman aybdor ekanini tan olishga majburmiz. Evro-2016dagi sharmandalikdan so‘ng futbolchilarimizning texnik-taktik harakatlarini tahlil qilishdan foyda yo‘q, deb o‘ylayman. Chunki terma jamoa - tizimning mahsuloti hisoblanadi. Eng muhimi, xatolardan xulosa chiqarish. Muvaffaqiyatsizlik uchun Mutko javobgar shaxs sifatida ishdan ketadimi-yo‘q - buni bilmayman. Lekin RFIni boshqatdan shakllantirish uchun eng qulay payt keldi...

Isroil RAHIMOV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar