Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.07.2016

Luka Toni:«O‘yinni sog‘inishga vaqt yo‘q»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 213
Luka Toni:«O‘yinni sog‘inishga vaqt yo‘q»

Yaqinda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Luka Toni ayni payt «Verona» direktori vazifasida ishlamoqda. Demak, Italiya terma jamoasining sobiq forvardi ma’lum vaqt mobaynida to‘plagan tajribasini «V» seriyasida ishga soladi. Toni yaqinda La Gazzetta dello Sport nashriga intervyu berdi. Quyida ana shu suhbatni hukmingizga havola qilamiz.

- Luka, yangi lavozimingiz haqida gapirib bersangiz.

- Futbolning boshqa dunyosiga tushib qolgandekman. Hali ko‘p narsa o‘rganishim kerak. Hozirda klub prezidenti Mauritsio Setti tavsiyalarini ayamayapti, birgalikda homiylar bilan uchrashamiz. Shuningdek, sport direktori Filippo Fusko menga hamroh. U haqiqiy professional. Endi bosh murabbiy Fabio Pekkya bilan yaqindan tanishib olishim kerak. Uni oldinlari faqat raqib sifatida tanirdim. Rejaga ko‘ra, asosiy tarkib va bolalar jamoalari o‘rtasida bog‘liqlik yaratmoqchiman. Chunki yoshlar bizning kelajagimiz. Ularning o‘sishlarini ta’minlash yo‘lida har qanday yordamimizni ayamasligimiz kerak.

- Faoliyatingizni yakunlash borasida bir qarorga kelishingiz oson kechmagandir?

- O‘zingiz shunday qarorga keldingizmi, demak bu to‘g‘ri. Agar futbolchilik faoliyatimni yakunlamaganimda hozir ta’tilda bo‘lardim. Ayni damda esa, ketma-ket uchrashuvlarda qatnashishga to‘g‘ri kelyapti. Bir so‘z bilan aytganda, o‘yinni sog‘inishga vaqt yo‘q. Keyinchalik nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi.

- «Verona»ning tezroq «A» seriyaga qaytishi uchun nima qilish kerak?

- Jamoada raqobatbardoshlikni shakllantirish lozim. Bu shahar klubi «A» seriyada o‘ynashga haqli. Yil omadsiz o‘tib, quyi divizionga tushib ketasiz. So‘ngra elitaga qaytish oson kechmaydi. Buning uchun kurashish kerak.

- «V» seriyada qanday o‘ynashni rejalashtiryapsizlar?

- Birinchi o‘rinda bizga raqibni birga-bir holatda aldab o‘tadigan, texnikasi yuqori futbolchilardan tashkil topgan hujum chizig‘i kerak. Himoya ham mustahkam bo‘lishi lozim. Buning uchun esa, eng avvalo, o‘yin taqdirini yolg‘iz o‘zi hal qila oladigan o‘yinchilarga ehtiyoj tug‘iladi.

- 2003|2004 yillar mavsumida «V» seriya vakili «Palermo»da o‘ynash uchun elitani tark etgandingiz. O‘shanda 30ta gol urib, liga to‘purarligini qo‘lga kiritgandingiz...

- «Breshiya»da omadim chopmagandi. Ammo shunga qaramay, «A» seriyada qolishim mumkin edi. Lekin men Mauritsio Zamparini qo‘l ostida o‘ynashga qaror qildim. Shu tariqa faoliyatimda tub burilish yasaldi. Bunga qadar ham gollar urardim. Ammo aynan o‘shandan keyin to‘purarlik salohiyatim namoyon bo‘la boshlagan.

- «Peskara»ni «A» seriyaga olib chiqqan do‘stingiz Massimo Oddo uchun xursand bo‘ldingizmi?

- Oddoni murabbiy bo‘ladi, deb o‘ylamagandim. Lekin u o‘z vazifasini ajoyib tarzda uddaladi. Massimo - ajoyib taktik. U bilan birgalikda jahon chempioni bo‘lganmiz. Muntazam ravishda aloqaga chiqib, o‘zaro maslahatlashib turamiz.

- Unda Jennaro Gattuzoni ham tabriklashingiz mumkin...

- «Piza»ning «Fodja»ga qarshi final uchrashuvini tomosha qildim. Jennaroni «V» seriyaga chiqqani bilan tabriklayman. O‘z ishini juda yaxshi bajardi.

- Filippo Inzagi esa «Venetsiya» muxlislarini quvontirishi mumkin.

- Menimcha, u to‘g‘ri qaror qabul qildi. Pipponing kelgusidagi ishlarida omad tilayman.

- Jampaolo Patstsini haqida qanday fikrdasiz?

- Umid qilamanki, u biz bilan qoladi. Lekin qarorni o‘zi qabul qiladi. Patstsinida motivatsiya borasida muammolar yo‘q. Bunday o‘yinchilar «A» seriyada kamchilikni tashkil qiladi. Quyi divizion haqidaku gapirmasa ham bo‘laveradi. Qolaversa, u do‘stim hisoblanadi, shartnomasi ham yomon emas.

- «Verona» yangi mavsum «V» seriyada g‘olib chiqishni maqsad qilganmi?

- Shunday natijaga loyiqmizmi, yo‘qmi, buni faqat natijalar ko‘rsatadi.

Football.ua, A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar