Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.07.2016

Farg‘ona futbolining nurafshon kunlari

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 472
Farg‘ona futbolining nurafshon kunlari

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi oldidan

Yigirma besh yil. Ko‘hna tarix uchun oniy lahzalarga mengzagulik nihoyatda qisqa fursat. Ammo, mamlakatimiz uchun mohiyatan asrlarga teng, bu davr. Zero, ushbu yillar bizga erk va hurriyatni taqdim etib, o‘zligimiz, shon-shuhratimiz, milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. O‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash huquqiga ega bo‘ldik.

Endilikda dunyoning eng rivojlangan va taraqqiy etgan ilg‘or demokratik davlatlari qatoridan munosib o‘rin egallashni maqsad qilgan O‘zbekiston qo‘lga kiritayotgan ulkan yutuq va marrralar jahon hamjamiyati tomonidan hayrat va havas bilan, haqli ravishda e’tirof etilmoqda, tan olinmoqda.

Istiqlol yilarida Farg‘ona futboli gullab yashnamoqda. Shu kunga qadar viloyatda bir qancha futbol maktablari ochildi. Ko‘pchilikning havasini keltirayotgan “Istiqlol” stadioni barpo etildi. Futbol akademiyasi o‘z ishini boshladi. Bir so‘z bilan aytganda, Farg‘ona futbolida rivojlanish, yangilanish davri hukmronlik qilmoqda.

Birinchi futbol litsey-internati

Bu dunyoda har birimiz uchun Vatan – yagona. Vatan – betakror. Shu bois uning har qarich erini zarga, har hovuch tuprog‘ini oltinga qiyoslaymiz. Ona zaminimizni muqaddas bilib, har bir ne’matini ko‘zimizga to‘tiyo aylaymiz.

Mustaqillik bizga Vatanning qadr-qimmatini yanada teranroq anglab etishni o‘rgatdi. Bundan ruhlangan holda bugun xalqimiz yaratuvchanlik, bunyodkorlik saodati bilan yashamoqda. Buning ifodasi, avvalo, yurtimizdagi har bir oila va inson, shaharu qishloqlarimizning ko‘rkam qiyofasi, turmushimiz farovonligida ko‘zga yaqqol tashlanadi.

Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yilligiga hayotimizning barcha jabhalarida o‘ziga xos tuhfalar bisyor.

Xususan, istiqlolning ilk yillaridan futbolni rivojlantirish uchun bir qator qonunlar qabul qilindi. Poydevorni mustahkamlash borasida ijobiy ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.

Masalan, bundan 22 yil muqaddam Farg‘onada Respublikamizda birinchilardan bo‘lib futbol litsey-internati tashkil etildi. Hozirda 3-sonli ixtisoslashtirilgan futbol maktabi deb atalayotgan o‘quv dargohida ko‘plab yoshlar futbolning sir asrorlarini o‘rganishmoqda.

Futbol maktabi tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, aynan shu dargohda tahsil olgan Mansur Saidov, Nodir Qo‘ziboev, Iqbol Akramov kabi o‘yinchilar 2003 yilgi yoshlar o‘trasidagi Jahon chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishgan. Bundan tashqari, G‘ayrat Hasanov, Aziz Alijonov, Ibrohim Rahimov singari futbolchilar ham shu litsey-internat tarbiyalanuvchilari sanaladi.

Shuningdek, 2009 yili Misrda o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati qatnashchilari Dilyorbek Ermatov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Sherzod Karimov, Doniyor Usmonovlar ham ushbu futbol maktabida “millionlar o‘yini” sir asrorlarini o‘tganishgan.

Vatan obodligi, el farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan odamlarni bugun har qadamda uchratib, ko‘ngil yayraydi. Yurtdoshlarimiz ruhiyatidagi ko‘tarinkilik beixtiyor sizga ham o‘tadi. Ular bilan suhbatlashib to‘ymaysiz! Ayniqsa, nuroniylarimizning suhbati chanqoqni qondirib bo‘lmaydi. Bunday insonlarning suhbatidan bahramand bo‘lganda qalbimizga nur inadi. Muhammadjon aka Raimjonov ham ana shunday insonlardan biridir.

Ushbu futbol internatining ochilishida Farg‘ona futboli fidoyilaridan biri – Muhammadjon akaning hissasi katta bo‘lgan.

– 1992 yilda Prezidentimiz tomonida futbolni rivojlantirish borasidagi qaror chiqanidan keyin Farg‘onada futbol litsey-internati ochishga qaror qilindi, deydi Muhammadjon aka. – Respublikamizda birinchilardan bo‘lib futbol litsey-internati aynan bizning viloyatda faoliyat yurita boshlagan. Albatta bularning barchasi istiqlol sharofati deb hisoblayman. Ilgari bunday shaoitlarga ega futbol maktablari yo‘q edi. Ham yotoq bilan ta’minlaydigan, uch mahal ovqat beradigan, bir qator fanlardan dars beradigan. Prezidentimizga rahmat yoshlarga keng yo‘l ochish berishgan. Bunday sharoitlarni ko‘rib kishining ko‘zi quvnaydi. Yangi shijoat bilan ishlaging keladi. Yana yoshlik onlarga qaytishni orzu qilasan. Bunday g‘amg‘urliklar o‘z mevasini bermoqda. Hali ushbu dargohdan yana ko‘plab futbol yulduzlari etishib chiqishiga ishonim komil.

Yangi qiyofadagi futbol maktabi

Albatta, mamlakatimizda yosh futbolchilar uchun yaratilgan qulay muhit odamlarning orzu-umidlariga qanot baxsh etdi. Bugun futbolchi bo‘laman degan inson uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Hozir qishloqlarimizda ham shunday muhtasham imoratlar qurilmoqdaki, ko‘rib havasingiz keladi. Kelajagimiz vorislarining turmush tarzigina emas, dunyoqarashi ham o‘zgarganini ko‘rsatadigan olovqalb yoshlar viloyatning hamma joyida bor. Ulardagi ko‘tarinki ruh, kelajakka ishonch hammani jipslashishga, istiqbol uchun intilishga undaydi.

Yurtimizda yaratuvchanlik, bunyodkorlik, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari bilan teng odim tashlash uchun har birimizga barcha shart-sharoitlar muhayyo etildi. Bunday ulug‘ maqsadlarning ro‘yobga chiqishi uchun hech qanday to‘siq-g‘ov yo‘q.

“Neftchi” professional futbol klubi qoshida 2007 yildan buyon futbol maktabi faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur maktabi futbol stadioni 2009 yilda zamonaviy holtga keltirishdi. Aniqrog‘i, so‘’niy qoplamali maydonga ega bo‘ldi. Umuman olganda, futbol maktabining qayta ta’mirlash uchun bir yarim milliardga yaqin pul sarflandi. Bugungi kunda yosh futbolchilar zamon talablariga javob beradigan dargohda futbol bilan shug‘ullanishmoqda. Futbol maktabi stadionida har doim odam gavjum.

– Istiqlol sharofati bidan maktabimiz tubdan o‘zgardi – deydi “Neftchi” professional futbol klubi qoshida futbol maktabi direktori Mahmudjon Zokirov. – Mazkur futbol maktabi 1988 yilda tashkil etilgan bo‘lsa-da, mustaqillik yillarda gullab yashnadi. 2007 yilda futbol maktabi “Neftchi” jamoasiga biriktilgach, ish ko‘lami yanada oshdi.

O‘quv mashg‘ulotlar klub maqsadiga asosan moslashtirildi. Murabbiylar oldiga yangi vazifalar qo‘yildi. Ushbu futbol maktabida viloyatning turli tumanlaridan kelgan farzandlarimiz ta’lim-tarbiya olishmoqda. Joriy yilning o‘zida futbol maktabi tarbiyalanuvchilarning 16 nafari “Neftchi” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Futbol maktabi faoliyatining samarasi turli jamoalarga munosib futbolchilar etkazib berishda ko‘rshingiz mumkin. Futbol maktabida ta’lim olayotgan, kelajagi porloq yosh futbolchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Mamlakatimizning turlicha yoshlar toifasi murabbiylari endi tez-tez futbol maktabiga tashrif buyuradigan va tarbiyalanuvchilarni o‘zlari rahbarlik qilayotgan terma jamoalarga taklif qiladigan bo‘lishdi.

2011 yili o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan ikki nafar futbolchimiz Muhsin Ubaydullaev va Davlatbek Yorbekovlar prezidentimiz tomonidan “Spark” avtomashanasi bilan taqdirlanishdi.

Albatta, bu yutuqlar, hozirgi kun talab darajasida olib borayotganimizdan darak beradi. Lekin bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz. Kelajakda qiladigan ishlarimiz ko‘p.

“Istiqlol” stadioni

2015 yil farg‘onaliklar hayotida o‘chmas iz qoldirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Farg‘ona shahrida yangi qurib bitkazilgan markaziy «Istiqlol» stadioni foydalanishga topshirildi. «Istiqlol» stadioni xalqaro talablarga to‘la javob beradi. To‘rtta yoritish minorasi xuddi shaharning to‘rt tomonidan muxlislarni bu erga chorlayotganday taassurot uyg‘otadi. Zamonaviy yoritish tizimlari o‘rnatilgani uning tunda ham xuddi kunduzgidek charog‘on bo‘lishini ta’minlaydi.

Tomoshabinlar joyi, maydon holati havas qilgulik darajada. Maydonga Gollandiyadan keltirilgan maxsus maysa urug‘i sepildi, natijada maydon to‘rt faslga ham chidamli, yil davomida ko‘m-ko‘k yashnab turadigan maysalar bilan qoplandi.

Stadionda sportchilar, hakamlar, murabbiylar va ma’muriyat uchun alohida xonalar ajratilgan. Anjumanlar zalida va futbol musobaqalarini tasvirga olish uchun ommaviy axborot vositalari xodimlariga ham qulay sharoitlar yaratilgan. 20 ming tomoshabinga mo‘ljallangan o‘rindiqlar, muhandislik ta’minoti talablariga ko‘ra, pastki va yuqori qavatlarga bo‘lingan.

Video tablo, zamonaviy audiosistema moslamalari va boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan sharhlovchilar xonasi o‘yin paytida muxlislarni zarur ma’lumotlar bilan tezkor ravishda xabardor etish, musobaqalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish, tele va radio translatsiya sifatini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, “Istiqlol” stadionda Respublika miqiyosidagi tadbirlar ham muntazam o‘tkazilib turiladi. Bunga birgina misol tariqasida yaqinda bo‘lib o‘tgan “Universiada-2016” musobaqasini aytib o‘tish joiz.

Bir so‘z bilan aytganda, “Istiqlol” stadionini xalqimizning bunyodkorlik salohiyatining bir namunasi sifatida e’tirof etish mumkin.

Ezgu orzularimiz asosi

“Istiqlol” stadioni bilan birgalikda yangi futbol maktabining barpo etilishi ham farg‘onaliklar uchun munosib tuhfa bo‘ldi, desak adashmaymiz.

– Oldinlari akademiyalar haqida faqat orzu qilardik, deydi futbol maktabi direktori M. Zokirov. – Ko‘pchilik bu dargohni futbol akademiyasi deb atamoqda. Lekin unday emas. 2016 yilning 15 fevral sanasida shahar hokimining qaroriga ko‘ra, ushbu o‘quv-dargohi “Neftchi” qoshidagi futbol maktabiga biriktirib berildi.

Hozirgi kunda mazkur futbol maktabi ixtiyorida to‘rtta sun’iy futbol maydoni, 50 o‘rindiqqa ega yotoqxona, oshxona, rus, ingliz tillari o‘rgatiladigan maxsus o‘quv xonalari, echinish – kiyinish xonalari, yuvinish xonalari, maxsus jihozlangan keng xonalar, futbol bo‘yicha nazariy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun maxsus xonalari mavjud. Hozirda bu erda “Neftchi” farm klubi mashg‘ulotlar o‘tamoqda. Yangi o‘quv-yilidan o‘quvchilarni qabul qilish rejalashtirilgan. Futbol maktabining umumiy maydoni 4 gektardan ortiqni tashkil etadi. Bir narsa kishini quvontiradi. Oldinlari bunday sharoitlar bo‘lmagan. Bunday imkoniyatlardan faqat samarali foydalinish kerak xolos.

Hech kimdan kam bo‘lmagan avlod

Bunday ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasida O‘zbekiston yoshlari turli xalqaro musobaqalar, qit’a va jahon chempionatlari, Olimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishayotir.

Keyingi yillarda Farg‘ona viloyatidan sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ellikdan ortiq jahon va Osiyo chempionlari etishib chiqqani fikrimiz isbotidir.

Bugun viloyatning chekka hududlarida ham sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun barcha sharoit mavjud. Shahar va qishloqlarda, ta’lim maskanlarida zamonaviy talablarga javob futbol maydonlari barpo etildi. Toshloq, Uchko‘prik tumanlari, Quvasoy shahrida markaziy stadionlar, Quva tumanida sog‘lomlashtirish markazi, Farg‘ona shahrida “Istiqlol” tennis majmuasi va markaziy stadioni, yopiq suv sporti majmuasi kabi o‘nlab muhtasham sport inshootlari foydalanishga topshirildiki, bularning barchasi farg‘onalik yoshlarning turli nufuzli musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallashida muhim ahamiyat kasb etayotir.

Jahon sport maydonlarida O‘zbekiston nomining yangrashi, davlatimiz bayrog‘ining mag‘rur hilpirashi barchamizning qalbimizda cheksiz faxr-iftixor tuyg‘ularini yuksaltiradi. Prezidentimiz rahnamoligida sport, ayniqsa, futbolni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli yoshlarimiz bizga bunday yuksak tuyg‘ularni kunda-kunora baxsh etishi oddiy holga aylanmoqda.

Davlatimiz rahbari Islom Karimov ta’kidlaganidek, nimaniki o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ymaylik, qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga intilmaylik, barcha olijanob harakatlarimizning negizida, barcha ezgu niyatlarimiz zamirida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom qilib o‘stirish, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini ko‘rish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagan avlodni tarbiyalash orzusi mujassamdir.

Istiqlol sharofati tufali bugungi kunda futbolchilarimiz dunyoning turli mamlakatlariga borish baxtiga muyassar bo‘lishmoqda.

2003 yil o‘zbek futbolida zarhal harflar bilan yozilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan shu yili birinchi marta o‘zbek ug‘lonlari Jahon chempionatida o‘ynash huquqiga ega bo‘lishgandi. Viktor Borisov va germaniyalik mutaxassis Yurgen Gyode boshqargan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi BAAda bo‘lib o‘tgan mundialda munosib ishtirok etganini hamon muxlislarimiz maroq bilan eslashadi. O‘shanda vakillarimiz Inesta to‘p surgan Ispaniya yoshlar terma jamoasi bilan teng-teng to‘p surishgandi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida farg‘ona futboli tarbiyalanuvchilari ham bir nechtani tashkil etardi. Mansur Saidov, Iqbol Akramov, Nodir Qo‘ziboevlar yoshlarimizning mundialda yorqin o‘yin noamoyish etishida o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shishgan.

– Bu biz uchun yaratilayotgan sharoitlarning mevasi edi, deb o‘sha kunlarni yodga oladi Nodir Qo‘ziboev. – Ilgari hammamiz mundial o‘yinlarini televizor qarshida o‘tirib tomosha qilardik. Ularga havasimiz kelardi. Bugungi kunda esa ushbu orzlarimiz ro‘ybga chiqdi. Istiqlol tufayli barchasiga erishdik. O‘sha kunlar hamon yodimda. O‘zbekiston madhiyasi yangraganida ko‘zimga yosh keldi. Mendagi hissiyotlarni bir so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Prezidentimiz aytganlaridek biz hech kimdan kam emasligimizni barchaga namoyish etgandik. Bugungi kunda bolalar futboliga bo‘lgan yuskak e’tibor har qanday kishini xursand qiladi.

Gvazavaning hayrati

Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilgan va oshirilayotgan tub islohotlar samarasi o‘laroq, O‘zbekiston dunyoda tenglar ichra teng bo‘ldi. Jamiyat hayotidagi mustahkam barqarorlik, demokratik o‘zgarishlar yo‘lidagi sobitqadamlik, mustaqil yuritilayotgan ichki va tashqi siyosat, inson huquq va erkinliklarining huquqiy kafolatlari, ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish, eng asosiysi, biz o‘z tanlab olgan yo‘limizdan og‘ishmay, qat’iyat bilan dadil odimlayotganimiz erishayotgan ulkan yutuqlarimiz garovi bo‘lib qolaveradi.

Yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar xorijliklarning e’tirofiga sazovor bo‘layotgani tahsinga loyiq.

Esingizda bo‘lsa, 2014 yilda “Neftchi” jamoasida ayni damda Rossiyada istiqomat qilayotgan gruziyalik Levana Gvazava to‘p surgandi.

36 yoshli sobiq futbolchi yurtimizdagi o‘zgarishlarni kurib lol qolgandi.

– MDH davlatlari orasida O‘zbekiston rivojalnish borasida peshqadamlardan biri bo‘lib turgani shubhasiz, degandi Gvazava. – So‘nggi yillarda bir qator Hamdo‘stlik mamlakatlarida bo‘ldim. Lekin O‘zbekistonda bo‘lgani kabi o‘zgarishlarga guvoh bo‘lmadim. Shaharsozlik borasida olib borilgan keng ko‘lamli ishlar, zamonaviy stadionlar, mamlakatda futbolga bo‘lgan yuskak e’tibor meni lol qoldirdi. O‘zbekistonning kelajagi buyuk ekanligiga amin bo‘ldim.

Chindan ham bugungi kunga kelib, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar kelajagimiz porloq ekanligidan dalolat bermoqda.

Barchamiz Farg‘ona futbolinning yanada rivoj topishiga o‘z hissamizni qo‘shaylik.

Abror Dehqonov

“Futbol ekspress” gazetasidan olindi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar