Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.07.2016

Lars Lagerbek: «Islandiya oldida ikki yo‘l bor – uyga qaytish yoki Marselga borish. Biz Marselga borishni istaymiz»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 128
Lars Lagerbek: «Islandiya oldida ikki yo‘l bor – uyga qaytish yoki Marselga borish. Biz Marselga borishni istaymiz»

Islandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lars Lagerbek Evro-2016 turniri chorak finalida Frantsiya terma jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan fikrlarini bildirdi.

«Murabbiy ishining 90 foizini o‘yin boshlangunicha qiladi. Uchrashuv boshlanganidan keyin esa futbolchilarga ishonishga majbur bo‘lasan.

Ba’zida statistika aldaydi, ba’zida to‘g‘ri chiqadi. Statistikaga qaraydigan bo‘lsak, gollarimizning ko‘p qismi jarima zarbalari belgilanganidan keyin urilmoqda. Biz jarima nuqtasidan to‘pni raqib maydoniga etkazib berishning turli variantlarini ko‘rib chiqmoqdamiz, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaga zarba berishni ham.

Hozir bizning oldimizda ikki yo‘l bor – uyga qaytish yoki Marselga borish. Biz albatta Marselga borishni istaymiz.

Frantsiya – favorit, lekin ularga qarshilik ko‘rsatmasdan taslim bo‘ladigan anoyi yo‘q. Biz maydonga Evropa chempionati mezbonlarini engishimizga ishongan holda tushamiz. Uyda o‘tkaziladigan chempionat – bu hamisha jamoaga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi, lekin biz o‘z xarakterimizni namoyish etmoqdamiz, bizning ruhiy holatimiz yuqori darajada. Biz «Stad de Frans» o‘yingohiga hech narsadan tap tortmasdan tushamiz.

Biz katta tajribaga ega bu futbolchilarga qarshi eng yaxshi strategiya topishga harakat qilamiz. 9 futbolchida kartochka bor, – bu juda ko‘p. Lekin avvaliga yarim finalga chiqishni o‘ylashimiz kerak. Buni uddalasak, keyingi o‘yinda kim o‘ynay olishi yoki o‘ynay olmasligini ko‘rib chiqamiz», – degan Lagerbek.

Frantsiya-Islandiya uchrashuvi bugun, Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar