Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.07.2016

Bahor va kuz

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 170
Bahor va kuz

Hozir butun dunyo Evropa futboli, aniqrog‘i, Evro-2016 havosi bilan yashamoqda. Bu musobaqa avji qizigan payt va biz - o‘zbek muxlislari ham boshqalardan qolishmagan holda Frantsiya-yu Germaniyaga ishqibozlik qilmoqdamiz. Ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmay, bu musobaqalar yakuniga etadi va hammamizning yodimizga boshqa turnir tushishi turgan gap - Osiyo Chempionlar Ligasi.

BEGONA BO‘LMAGAN BAHOR

Baxtimizga joriy yil ushbu musobaqa biz uchun uzoqroq davom etmoqda. Masalan, o‘tgan mavsum bahordayoq Chempionlar Ligasi bizga begona bo‘lgan edi. Bu safar esa to‘rt klubimizdan faqat bittasi chorak finalga yo‘l olgan bo‘lsa-da, haytovur OChLni tomosha qilish uchun imkoniyatimiz saqlanib qoldi. Bu yil bizni «Lokomotiv» qutqardi. Buning uchun «temiryo‘lchilar»ga rahmat.

Andrey Miklyaev shogirdlari (yoki Mirko Yelichich shogirdlari, desak ham bo‘lar, zero bu ikki murabbiy jamoani birgalikda boshqarishmoqda) Osiyoda sakkiz jamoaning biri bo‘lishni uddalay oldilar. Xabaringiz bor, OChL chorak finaliga qur’a ham tashlangan. Unga ko‘ra, «Lokomotiv» chorak finalni BAAning «Al-Ayn» klubiga qarshi o‘tkazadi. Yodidan ko‘tarilganlarga eslatib o‘taylik, dastlabki bahs 23 avgust kuni raqib maydonida bo‘lib o‘tadi. Toshkentda kechadigan javob uchrashuvi esa 13 sentyabrga belgilangan. Tabiiyki, shu o‘rinda bir savol tug‘iladi - «Lokomotiv» bu to‘qnashuvda g‘alaba qozona olarmikan?

Albatta, har qanday muxlis mazkur savolga «Ha», deb javob qaytarishni istaydi. Biroq buning uchun asos ham etarli bo‘lishi kerak. Xo‘sh, «Al-Ayn»ning kuchli va kuchsiz tomonlari nimada? Bu raqib nimaning evaziga OChLda chorak finalga qadar etib kela oldi? Keling, hozir shu haqda biroz mulohaza yuritaylik.

RAQIB

«Al-Ayn» yakuniga etgan mavsum BAA chempionatida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Insof yuzasidan aytaylik, «Lokomotiv»ning raqibida chempion bo‘lish uchun imkoniyat deyarli yo‘q edi. Boisi, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan «Al-Ahli» uni 9 ochkoga ortda qoldirgan edi. Shu o‘rinda taqqoslashingiz mumkin - «Lokomotiv» ayni vaqtda O‘zbekiston chempionatida 4 ochkolik farq bilan etakchilik qilib turibdi.

Biroq ayni holat «Al-Ayn»ning kuchiga baho berishda noto‘g‘ri fikr paydo qilmasligini so‘ragan bo‘lardik. Zero, bu jamoa qay darajada kuchga egaligini muxlislar o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga ulgurganlar. «Al-Ayn» bu yil OChL guruh bosqichida «Nasaf»ga qarshi kurash olib bordi va uning o‘yiniga bevosita guvoh bo‘lganmiz. Raqib guruh bosqichida o‘tkazilgan 6 o‘yindan uchtasida g‘alaba qozondi, bir bora durang o‘ynab, ikki marta mag‘lubiyatga uchradi. Guruhda 10 ochko jamg‘argan klub qanday bo‘lishini tasavvur qilyapsizmi? Biroq ta’kidlash joiz, «Al-Ayn»ning o‘sha bitta durangi ham «Nasaf»ga qarshi kechgan o‘yinda qayd etilgan (1:1).

Albatta, o‘sha durang qanday o‘yin evaziga qo‘lga kiritilganini hamma yaxshi eslaydi. Tan olish lozim, Qarshida kechgan bahsda «Al-Ayn» ijodkorlik jihatidan «Nasaf»ga nisbatan ancha yorqin o‘yin namoyish qildi. Jamoaning asosiy kuchi legionerlardan iborat ekani ham yodimizda. Xususan, braziliyalik Dyanfres Duglas va kolumbiyalik Danilo Asprilya «Nasaf» himoyachilarini bir zum tinch qo‘ymagan edilar. Shuningdek, Filipp Bastosning himoyadagi o‘yinini ham alohida e’tirof etish lozim. To‘g‘ri, «Al-Ayn» tarkibida ko‘pchilikka yaxshi tanish mahalliy futbolchi - Umar Abdulrahmon to‘p surdi. Biroq aynan «Na-saf»ga qarshi kechgan o‘yinda Abdulrahmondan ko‘ra legionerlar harakati ancha kuchliroq ko‘ringani ayni haqiqat.

O‘yinning durang bilan xotima topishiga bir jihatdan omad ham sabab bo‘ldi. Zero, burchak to‘pidan so‘ng Maqsud Karimov ilk daqiqadayoq hisobni ochgach, «Na-saf»dan ko‘ra «Al-Ayn»ning o‘yini kuchliroq ko‘ringan edi. Shunday ekan, 32-daqiqada hisobning Asprilya tomonidan tenglashtirilgani natijaning mantiqiy ko‘rinishiga aylandi. Raqibning asl kuchini esa javob bahsida ko‘rib oldik. Safarda kechgan uchrashuvda Danilo Asprilya 38-daqiqada hisobni ochgan, 90-daqiqada Ahmad kiritgan yana bir to‘p evaziga mezbonlar ancha ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishgandi. Shu tariqa «Nasaf»ning guruhdan chiqish orzusi ham sarobga aylandi.

Raqib haqidagi fikrimizni yakunlab qo‘yadigan bo‘lsak, «Al-Ayn» OChL nimchorak finalida «Zob-Ohan»ga qarshi maydonga tushdi: o‘z maydonida 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, safarda 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Bu natija chorak finalga chiqish uchun keragidan ham ortiq edi. E’tiborli tomoni, «Zob-Ohan»ga qarshi kechgan javob o‘yinida ham asosiy rolni legionerlar o‘ynashdi. Duglas hamda Asprilya bittadan gol urib, «Al-Ayn»ning g‘alabasini ta’minladilar. Umuman, «Lokomotiv»ning bo‘lg‘usi raqibi ko‘proq mana shu ikki legionerga tayanar ekan, bu narsa guruh bahslarida ham ko‘rinib qolgandi. Zero, «Al-Ayn» guruhda umumiy hisobda 8ta to‘p kiritgan bo‘lsa (ikkita o‘tkazib yuborgan), shulardan uchtasi Dyanfres Duglas, ikkitasi esa Danilo Asprilya hisobiga yozilgan. Bundan esa shunday xulosa chiqarsa bo‘ladiki, «Al-Ayn» o‘yinida ob-havoni mana shu futbolchilar belgilab berishadi.

OSIYoDAGI LEGIONERLAR

Umuman, legionerlar haqida gap ketar ekan, Osiyo futboli bu borada katta o‘sishga erishganini ta’kidlash lozim. Hozir biz arab, fors, xitoy va hatto koreys hamda yapon klublarida ham Afrika-yu Janubiy Amerikadan kelgan ko‘plab futbolchilar to‘p surishiga ko‘nikib qolganmiz. U yog‘ini so‘rasangiz, o‘tgan yili Osiyo Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan «Guanjou Evergrand» ham aynan legionerlar hisobiga bu ishni uddalagan edi. Final bahsi BAAning «Al-Ahli» klubiga qarshi kechgan va braziliyalik Elkeson de Oliveyra kiritgan yagona to‘p o‘yin taqdirini hal qilgandi. Bergkamp uslubida urilgan o‘sha golni ko‘rganlar bo‘lsa bemalol tasdiqlashlari mumkin, unga har qanday yulduz havas qilishi aniq.

Hozir OChLda «Lokomotiv»dan tashqari yana 7 jamoa qolgan. Bular, o‘sha biz aytib o‘tgan «Al-Ayn»dan tashqari yana «Al-Nasr», «Al-Jaish», «Seul», «Chonbuk Xyunday Motors», «Shanxay SIPG» va «Shandon Luneng». Shu o‘rinda bir tafovut - ushbu ro‘yxatda «temiryo‘lchilar»dan boshqa barcha jamoalar o‘yini asosan legionerlarga bog‘liqdir. «Lokomotiv»da esa...

O‘ZIMIZDA

Tan olish lozim, bizda nafaqat «Lokomotiv», balki OChLda ishtirok etgan va etmagan hamma jamoalarda asosiy ish mahalliy futbolchilar zimmasiga tushadi. MDH mamlakatlari va Bolqon o‘lkalaridan keladigan legionerlar esa ko‘p hollarda hatto oliy ligada ham zaxirada qolib ketadilar. Balki bu bir tomondan yaxshidir, har holda o‘zbek futbolchilari raqobatda yutib chiqib, ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqdalar. Biroq boshqa tomonlama fikrlasak, bir bosh ustun bo‘lish tugul, oddiygina raqobatga ham dosh berolmaydigan legioner kimga kerak?

E’tibor bersangiz, O‘zbekiston chempionatida to‘p surayotgan xorijlik futbolchilar haqida gap ketganda yillar davomida bir fikr bildirib kelinadi - Kaxi Maxaradze va Artur Gevorkyandan boshqa legionerlar etarlicha saviyaga ega emas. Qiziq tomoni, bu gap kecha yoki bugun aytilmagan, uch-to‘rt yil muqaddam ham xuddi shu fikr takrorlanar edi. Bu haqda hatto oliy liga murabbiylari ham ko‘p bor ta’kidlashgan. Ammo qiziq tomoni, shuncha vaqtdan beri kuchli saviyadagi biror futbolchi topila qolmadi. Yana o‘sha Gevoryakn va Maxaradze.

Albatta, bu haqda ilgari ham ko‘p aytilgan va ancha siyqasi chiqqan mavzu hisoblanadi. Biroq klublarimizning topgani nari borsa Oraxovatsu, Bulyatlardan ortmasa, biz nima qila olardik? Qolaversa, Artur Gevorkyanning yoshi ham o‘tib qoldi va nari borsa ikki yildan so‘ng u ketadi. Xuddi shunday qismat Kaxi Maxaradzening ham boshiga tushadi. Ahvol shu yo‘sin davom etsa, ular ketgach kim to‘g‘risida gapiramiz? To‘g‘ri, o‘zimizdan ham Abduxoliqov va Hamdamovlar etishib turibdi. Biroq o‘sha yoshlar mahoratli legionerlardan tajriba o‘rganmasa, o‘sa olarmikan?

YaNGI LEGIONER

Aslida, ushbu mavzuni yana bir bor ko‘tarish niyatimiz yo‘q edi. Bu haqda so‘z ochishimizga sabab esa yaqinda paydo bo‘lgan bir xabar bo‘ldi. Uzunquloq gaplarga qaraganda, «Lokomotiv» klubi OChL chorak finali oldidan tarkibni kuchaytirish borasida ancha-muncha ishlarni amalga oshirishni ko‘zlayotgan ekan. «Ancha-muncha» degan so‘z zamirida tarkibga yangi legioner jalb etilishini tushundingiz, albatta. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozim, hozirda «temiryo‘lchilar» tarkibida Kaxi Maxaradze va Nemanya Yanichich kabi futbolchilar bor. Demak, «Lokomotiv» faqat Osiyodan bir nafar va qit’amiz tashqarisidan yana bir nafar legionerni tarkibga jalb etishi mumkin. Biroq bu futbolchi avvalgilardan farq qilarmikan? Zero, shu vaqtga qadar «Lokomotiv»ning legionerlar borasida olib borgan ishlari unchalik omadli chiqmagan edi.

«Temiryo‘lchilar» rivojlanishning yangi yo‘liga o‘tishganidan buyon bir necha marta xorijlik futbolchi evaziga tarkibni kuchaytirishga urinib ko‘rdilar. Bu yo‘lda hatto Armaniston terma jamoasi hujumchisi Ruslan Koryan kabi futbolchilar ham chaqirildi. Ammo na Koryan va na Jora Oganesyan kutilgan o‘yinni namoyish etib bera oldilar. Shuningdek, «arman loyihasi» doirasida ilgariroq Aram Voskanyan va Romik Xachataryanlarning ham «Lokomotiv»da o‘ynashganini ta’kidlash lozim. Ularning ham ishonchni oqlay olmaganlarini gapirish esa ortiqcha bo‘lsa kerak. Xuddi Moldova terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandru Onika singari...

Mana, endi «Lokomotiv» yana yangi nomlarni qidirishga tushdi. Istardikki, bu safar natija boshqacharoq bo‘lsa. Zero, yuqorida «Al-Ayn» timsolida legioner futbolchilar ahamiyatini etarlicha yoritdik, deb o‘ylaymiz. Agar bu ham kifoya qilmasa, yana bir faktni e’tiboringizga havola qilishimiz mumkin - «Al-Ayn» tarkibida BAA terma jamoasiga nomzod 8 (!) nafar futbolchi to‘p suradi. Biroq asosiy ishni baribir, Duglas va Asprilya bajaraveradilar. «Lokomotiv» ham shunday futbolchi topa olarmikan? Bahsli masala.

BOShQALAR

Aslida, bu savol nafaqat «Lokomotiv», balki oliy ligada ishtirok etadigan har bir klubga berilishi kerak. Uzoqqa bormaylik, kelasi mavsum Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan klublarimiz tarkibni etarli darajada kuchaytira oladilarmi? Mana gap qaerda! Xo‘sh, ikki yildan buyon OChL guruh bosqichida birorta g‘alabaga erisha olmayotgan «Bunyodkor» kelasi mavsum ham Chempionlar Ligasida Sato Minori, Shaker Zuagi va Bulyatni o‘ynatadimi? Ular bilan qanday natijaga erishish mumkinligini ko‘rdik-ku! Eng yomoni, asosiy ishni «falon» pulga taklif etilgan legionerlar qolib, endi 19 yoshga to‘lgan Hamdamovu Shukurovlar bajarishayotgani alam qiladi. Xo‘sh, «Bunyodkor» bu muammoni echishga tayyormi?

Yoki «Nasaf»ni oladigan bo‘lsak. Qachongacha Gevorkyanning o‘zi aravani tortib yurishi mumkin? Transfer bozorida shunday saviyadagi yana bir futbolchini topish shunchalik qiyinmi? To‘g‘ri, «Nasaf»da balki nomdor futbolchini sotib olish uchun pul etarli emasdir, ammo hali nomi chiqmagan iqtidorlarni ham saralab olish imkoniyati mavjud-ku. Ana, har yili qishda ko‘rikdan o‘tish uchun naq Afrikaning o‘zidan ko‘plab futbolchilar keladilar. Nahotki, shuncha yildan buyon ular orasidan biror «pichoqqa ilinadigani» topilmagan bo‘lsa? Topilmasa, Afrikaning o‘zidan qidirib ko‘rishmadimi?

Xalqaro maydonda biror natijaga erishishni xohlasak, umuman, oliy liga saviyasini ko‘tarish uchun ham baribir, kuchli legionerga katta ehtiyoj tug‘ilayotgani inkor etilmaydigan haqiqat. Ochig‘i, Ukraina va Bolqondan keladigan «zaxirachi-legionerlar»dan charchadik. Hech bo‘lmasa bir vaqtlari «Paxtakor»da o‘ynagan Uche Ixeroume kabi futbolchi bo‘lsa ham mayli edi. Biz-ku, bu yil bahor begona bo‘lmaganidan xursandmiz, ammo yaxshi legionersiz jo‘jalar sanaladigan faslda qiynalib qolmasmikanmiz?

ABDULLOH

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar