Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.07.2016

Chegara bilmas chan yoxud erkaklar jamoasini chempionlikka etaklagan ayol

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 105
Chegara bilmas chan yoxud erkaklar jamoasini chempionlikka etaklagan ayol

Mudom «kuchsiz jins vakillari» sifatida tilga olinadigan ayollar aslida, hatto futbolda ham o‘z so‘zlarini aytishga qodirlar. Bugun e’tiboringizga havola qilinayotgan maqolada 27 yoshli ayol mutaxassisning erkaklar klubidagi muvaffaqiyati haqida hikoya qilinadi.

Chegara bilmas chan yoxud erkaklar jamoasini chempionlikka etaklagan ayol

Butun dunyo futbol ixlosmandlari «Lester»ning Angliyada chempion bo‘lganiga qoyil qolib, hayratlanayotgan bir vaqtda Osiyoda ham undan qolishmaydigan mo‘’jizaviy voqealar ro‘y bermoqda. Xususan, aprel oyida «Istern» klubi Gonkong premer-ligasida muvaffaqiyatga erishdi. Bu jamoa so‘nggi bor chempion bo‘lganidan beri 21 yil o‘tdi. Lekin muhimi - bu emas. Gap shundaki, «Istern»ni premer-ligadagi uzoq kutilgan g‘alabaga Mourino yoki Gvardiola darajasidagi top-murabbiy emas, 27 yoshli ayol kishi - Chan Yun Tin etaklab keldi. «Bo‘lishi mumkin emas» deysizmi?! Ha-ha, xuddi shunday - Chan Yun Tin «Istern»ning amaldagi bosh murabbiyi hisoblanadi. Boz ustiga, chempionatning oltin medallari qabul qilib olinganidan uch-to‘rt kun o‘tgach, yosh murabbiy yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi. Ya’ni, u professional erkaklar jamoasini boshqarib, rasmiy chempionlikka olib kelgan ilk ayol mutaxassis sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.

- Bunaqa bo‘ladi deb sira o‘ylamagandim, — deydi kamtarlik bilan Chan. - Boz ustiga, men suratga olishlariga, intervyularga va videokameralarga o‘rganmaganman. Bunday e’tiborni yaxshi ham, yomon ham deya olmayman. Shunchaki, zimmamdagi vazifani bajarishni istayman va urinishlarim ijobiy samara keltirib, menga nisbatan diqqat-e’tibor kuchaysa, buni oddiy hol sifatida qabul qilaman. Kaminaga uqtirishlaricha, mening tarixim - ko‘pchilik ayollar uchun namuna bo‘la olar ekan. OAV esa xuddi shu masalada jonbozlik ko‘rsatyapti.

Chindan ham, Chan erishgan natija tahsinga loyiq. Zero, shu paytgacha erkaklar futbolida ayollar deyarli ko‘zga tashlanmasdilar. To‘g‘ri, 2014 yili Frantsiya chempionatining ikkinchi divizioni vakili «Klermon Fut» klubida Xelena Kosta ish boshladi. Lekin uning faoliyati atigi 49 kun davom etdi, xolos. Xelenaning so‘zlariga ko‘ra, ishdan ketishiga bosh sabab - unga nisbatan jiddiy bo‘lmagan muomala va uning ortidan ish yuritishlari bo‘lgan. Jamoa prezidenti Klod Mishining futbolga o‘z qarashlari mavjud edi. «U - ayol. Shunday ekan, jamoada futbolchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini kuchaytira oladi». Shu gaplarni aytgan Klod Xelenaning o‘rniga boshqa bir ayol - Korinn Diakrani yangi murabbiy sifatida tanishtirgandi.

O‘zimizning qahramonga qaytamiz: shunisi aniqki, Chan Yun Tinning muvaffaqiyati katta rejalar bilan yashayotgan, ammo ularni amalga oshishiga ishona olmayotgan boshqa ayollarga qo‘l keladi. «Balki men ana shunday xotin-qizlar uchun namuna bo‘la olarman, — deydi u. - Lekin bu eng avvalo, muhitning madaniyatiga bog‘liq. Masalan, Gonkongd a erkaklar va ayollar teng huquqqa ega. Hech kim hech kimni ortiqcha kamsitmaydi. Men - yosh mutaxassisman va klub sevimli mashg‘ulotim bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratib berdi».

Chegara bilmas chan yoxud erkaklar jamoasini chempionlikka etaklagan ayol

Bu voqea, ya’ni Tinning klub bosh murabbiyi etib tayinlanishi o‘tgan yilning dekabrida sodir bo‘lgan. O‘shanda «Istern» bosh murabbiyi ko‘proq pul taklif qilgan Xitoy klublaridan biriga ishga o‘tib ketgani uchun jamoa ustozsiz qolib ketgan, murabbiylar shtabida esa OFK tomonidan beriladigan lizentsiyaga ega faqat Chan qolgan edi, xolos. Shu tariqa, klub rahbarlari oldida ayol bo‘lsa ham, uni bosh murabbiy etib tayinlashdan bosh­qa iloj qolmadi. Boz ustiga, garchi Chan endigina 27 yoshga to‘lgan bo‘lsa-da, Gonkongning elit futbolida ish boshlaganiga 6 yildan oshgandi.

Aslida, Chan futbol emas, boshqa bir sohada, masalan, ko‘pchilik tengdoshlari qatori, o‘qituvchi bo‘lib ishlashi ham mumkin edi. Uning ota-onasi ham xuddi shuni orzu qilishardi. Ammo millionlar o‘yiniga bo‘lgan mehr baribir, kuchlilik qilib, Chan sportdan, aniqrog‘i, futboldan uzoqlasholmadi. Aksiga olgandek, Gonkongda ayollar futbol ligasi yo‘q. Shuning uchun Chan faoliyatining boshida, ya’ni 2010 yili «Pegasus»ga kelganida, shunchaki, videotahlilchi sifatida ish boshladi. Oradan besh yil o‘tgach, u taqdir taqozosi bilan «Istern»ga kelib qoldi va tez orada bosh murabbiy o‘rnini egallashi uning ham, boshqalarning ham etti uxlab tushiga kirmagandi.

- Avvaliga taklifga rozilik berganim uchun rosa afsuslandim. Chunki qarorni qabul qilib bo‘lganimdan so‘ng meni dahshat bosdi. O‘zimni Gokongning eng yaxshi klublaridan birini boshqara oladigan darajada, deb o‘ylay olmasdim. Shubhasiz, bu borada tajribam ham yo‘q edi. Biroq klub, uning xodimlari va rahbarlari kaminani tinmay qo‘llab-quvvatlab, zarur maslahatlarni berib turishdi. Ana shundan keyingina o‘zimga bo‘lgan ishonch biroz qaytdi. Ammo baribir, asablarim jo­yida emasdi.

Mana shunday voqealar va hissiyotlar bilan Chan ilk rasmiy o‘yinni o‘tkazib oldi. E’tiborlisi, o‘sha birinchi uchrashuvda Channing shogirdlari raqibni 6:1 hisobida er tishlatishdi. Keyingi uchrashuvda esa «Istern»ning chempionatdagi eng jiddiy raqiblaridan biri - «Saut Chayna» ham mag‘lub etildi.

Shunday bo‘lsa-da, Chan har gal muvaffaqiyatlarning bosh sababchisi sifatida «Istern»ning sobiq ustozi Yun Chin Kvongni e’tirof etadi: «U jamoaga o‘zining uslubini olib kirdi. Biz endilikda har bir futbolchimizning kuchli va kuchsiz tomonlarini yaxshi bilamiz. O‘tgan mavsum o‘rtalarida biz o‘zimiz ishtirok etgan o‘yinlarni chuqur tahlil qilib chiqdik. Shunda men jamoamiz himoyasiga e’tiborni kuchaytirish lozimligini tushunib etdim. Zero, o‘shangacha yaxshi natijalarga erishish uchun yigitlarimizga barqarorlik etishmayotgan edi».

Chegara bilmas chan yoxud erkaklar jamoasini chempionlikka etaklagan ayol

Lekin birgina himoyani kuchaytirish bilan muammolardan qutulib bo‘larmidi?! Ayniqsa, sen boshqarayotgan jamoa - top-klublardan biri bo‘lsa (Gonkong miqyosida, albatta)... «Bizga qarshi o‘yinda aksariyat jamoalar o‘z darvozalari oldiga «avtobus» qo‘yib olishadi. Tabiiyki, bunday himoyani yorib o‘tish - mashaqqatli ish va mazkur muammodan xalos bo‘lish uchun hujumlarimizdagi rang-baranglikni ta’minlashimiz lozim edi».

Bu esa ish berdi. Chempionlik unvoni 22 apreldagi «Saut Chayna»ga qarshi 2:1 hisobidagi g‘alabali o‘yin­dan keyin Chan va uning shogirdlariga nasib etdi. «Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng g‘alati hissiyotlar og‘ushida qoldim. Orzumiz amalga oshgandi. Hamma menga yaqinlashib, jilmayar, tabriklab, bir nimalarni so‘zlardi. Men esa hatto ularga javob qaytarishga ham ojiz edim. Lekin ochig‘ini aytishim kerak, chempionlik - ajoyib bo‘lar ekan!». Shunday qilib, ayol kishi boshqargan erkaklar jamoasining chempionlikka erishgani avval Gonkongda, keyin Xitoyda va shundan so‘ng butun dunyo bo‘ylab ovoza bo‘lib ketdi.

«To‘g‘risini aytsam, uning muvaffaqiyati meni ajablantirmadi, - deydi Avstraliya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi, FIFA ijroya qo‘mitasi a’zosi Moya Dodd. - Ayollar ham murabbiy sifatida bemalol ishlashlari mumkin, faqat ularga imkoniyat berilsa, bas».

Boshqacha aytganda, Doddni birgina omil - Changa o‘sha imkoniyat yaratib berilgani kutilmagan voqelikdek tuyuldi. «Ishonchim komilki, Channing yutug‘ini dunyodagi juda ko‘p ayol murabbiylar quvonch bilan kutib olishdi. Zero, hozirgi kunda futboldagi mablag‘larning 99 foizi aylanayotgan erkaklar futbolida ayollarga shunday ishonch bildirish - har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Bu xuddi, Katta Kanon darasida yo‘qolib qolishdek gap». Xullas, Moya Dodd xotin-qiz murabbiylarni nafaqat ayollar, balki erkaklar futbolida ham ko‘rish tarafdori.

Changa hozirning o‘zidayoq Ispaniya Segundasining nomi oshkor qilinganmagan bir klubidan taklif kelib tushdi. Biroq u bilan uzoq vaqtlar kutilgan chempionlikka erishgan «Istern» yangi mavsumda OFK kubogi bahslarida qatnashish uchun yo‘llanma oldi va tabiiyki, bu Chan va uning jamoasi uchun yangi chorlov bo‘ladi.

Chegara bilmas chan yoxud erkaklar jamoasini chempionlikka etaklagan ayol

Lekin unda keyinchalik ish joyini almashtirish rejasi ham yo‘q emas: «Gonkongda, erkaklar futbolida ishimni davom ettiraman. Lekin qachonlardir kaminani biror-bir mamlakat ayollar terma jamoasiga taklif qilishsa, bu taklifga «labbay» deb javob bergan bo‘lardim». Hammasi yuzaga keladigan imkoniyatlarga bog‘liq. O‘zimni AQSh, Buyuk Britaniya va Evropaning aksariyat davlatlarida sinab ko‘rgan bo‘lardim. Chunki men o‘sishni, yangi-yangi bilimlarni o‘zlashtirishni istayman. Chunonchi, hali men o‘rganishim kerak bo‘lgan jihatlar anchagina...»

Football.ua - A.ISROILXONOV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar