Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.07.2016

Mustafo Bayramov: “Muxlislarimizga munosib sovg‘a tayyorladik”

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 38
Mustafo Bayramov: “Muxlislarimizga munosib sovg‘a tayyorladik”

“Navbahor” va “Andijon” (2:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Mustafo Bayramov qatnashib, OAV vakillarining savollariga javob qaytardi.

"Bugungi uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz shart edi. Qo‘lga kiritilgan g‘alaba va berilgan ko‘rsatmalarini to‘liq bajarishgani uchun yigitlarga minnatdorchilik bildirib o‘taman. “Navbahor” tarkibida mana shunday futbolchilar borligidan faxrlanaman. Ular maydonda bor kuchlarini berishdi. O‘yindan oldin Hayit bayrami arafasida muxlislarimizga yutuq orqali bayramga munosib sovg‘a taqdim etishni futbolchilarga aytib o‘tgandim. Shundan kelib chiqqan holda uchrashuvga jangovor ruhda etib kelgandik.

O‘z navbatida 90 daqiqa davomida jamoamizni qo‘llab quvvatlab turganliklari uchun ishqibozlarimizga ham rahmat aytaman. Maydonda muxlislarimiz hurmati uchun harakat qilib, g‘alaba qozondik. “Andijon” jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman. Bugun raqib futbolchilari yaxshi bir yaxlit jamoa ekanliklarini amalda namoyish etishdi. Ikkinchi davraga tayyorgarlik rejasi haqida gap ketganida, jamoa a’zolari bir haftalik ta’tilga chiqishadi. Shundan keyin mashg‘ulotlarga kirishiladi.

Dastlabki yig‘inni Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida o‘tkazishni rejalashtirilmoqda. Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi esa poytaxtda olib boriladi. Yig‘in davomida nazorat uchrashuvlarini o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan"- dedi Bayramov.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar