Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.07.2016

Orif Mamatkazin: “Ijobiy natijaga erishishni istagandik”

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 65
Orif Mamatkazin: “Ijobiy natijaga erishishni istagandik”

“Navbahor” va “Andijon” (2:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida andijonliklar bosh murabbiyi Orif Mamatkazin jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

"Birinchi navbatda “Navbahor” jamoasini qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi uchrashuvda har ikki jamoaga ham ochkolar kerak edi. Yakunda bizga qaraganda mezbonlarga omad kulib boqdi. Qisqa vaqt oralig‘ida urilgan ikki gol o‘yin taqdirini hal qildi. Tanaffusdan keyin yo‘l qo‘yilgan xatoni to‘g‘rilash maqsadida qilgan taktik o‘zgarishlarimiz samarasi o‘laroq raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirgandik.

Ikkinchi bo‘limda penalti bilan bog‘liq bahsli vaziyat yuzaga kelgandi. Ya’ni hakam bizni foydamizga penalti berishi mumkin edi. Penalti belgilanmagan vaziyat yozuvini ko‘rib chiqib holatga munosib baho berishimiz mumkin. Agarda penalti belgilanganida o‘yinni borishi tamomila boshqacha tarzda kechishi ehtimoldan holi emasdi. Bundan tashqari Abdullaevda yaxshi imkoniyat bo‘lgandi. Umuman boshqa vaziyatlardan foydalana olganimizda kam deganda durang erishishimz ham mumkin edi. Futbolda qaysidir jamoa yutadi va boshqa bir jamoa mag‘lubiyatga uchraydi.

Xatolar ustida tajriba ortiriladi. Siz xatoga yo‘l qo‘ysangiz gol o‘tkazib yuborasiz, raqib yanglishsa esa gol urasiz. Bugun ijobiy natijaga erishishni istagandik. Ammo, rejamiz amalga oshmadi. Ayni paytda tarkibimizda jarohat olgan futbolchilar ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Shu sababdan ayrim o‘zgarishlarni amalga oshirishga majbur bo‘ldik. Umuman olganda jamoamizning ikkinchi bo‘limda namoyish etgan o‘yinidan qoniqish hosil qildim.

Muxlislarimizga qo‘llab-quvvatlashgani rahmat aytaman. Ular jamoamizga ishonishmoqda. Qanday holat bo‘lishidan qat’iy nazar hayot davom etmoqda. Kamchiliklardan tegishli xulosa chiqargan holda ishlashda davom etamiz" - dedi Mamatkazin.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar