Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.07.2016

O‘zPFL. 15-tur. “Mash’al” - “Nasaf” 1:0

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 115
O‘zPFL. 15-tur. “Mash’al” - “Nasaf” 1:0

"Nasaf" klubi birinchi davra so‘nggi 15-tur bahsini safarda “Mash’al” jamoasiga qarshi olib bordi.

Qashqadaryo vohasining ushbu ikki jamoasi o‘rtasidagi uchrashuvlar derbi maqomini olgan. Mazkur jamoalar turnir jadvalidagi egallab turgan o‘rinlaridan qat’iy nazar doimo uchrashuvlar murosasiz kechgan.

Uchrashuv kech soat 19:00da boshlangan bo‘lsada, havo harorati Muborak shahrida 40 darajadan yuqori bo‘lganligini ham aytib o‘tish joiz. Shuningdek jamoamiz bugungi uchrashuvda katta yo‘qotishlar bilan maydonga tushdi. Bu yo‘qotishlar o‘z so‘zini aytmasdan qolmadi.

Jamoalar uchrashuvni ehtiyotlik bilan boshlashdi. Daqiqalar o‘tgan sayin maydon egalari bosimni oshirib, oldinga o‘tishdi. Futbolchilarimiz o‘yin boshida asosan bor e’tiborini himoyaga qaratishdi. O‘yin shu tarzda birinchi bo‘lim o‘rtalarigacha davom etdi. Birinchi bo‘limning ikkinchi yarmiga kelib, futbolchilarimiz mezbonlarni chekinishga majbur qilishdi.

Endi jamoamiz butunlay hujumlarga zo‘r berishdi. Bobur Abduxoliqov bir necha vaziyatlarda darvoza tomon zarbalar berishga ham erishdi. Bu zarbalarning ba’zilari noaniq bo‘lgan bo‘lsa, ba’zilarini darvozabon qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Birinchi bo‘limning qo‘shimcha daqiqalarida, ya’ni 45+4-daqiqasida maydon egalari hisobni ochishga erishdi. Shaxzod Shaymanovning jarima maydoni markazidan tepgan to‘pini Eldorbek Suyunov qaytarishga ojizlik qildi – 1:0.

O‘yin sur’ati unchalik yuqori bo‘lmagan birinchi bo‘lim ana shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim jamoamiz ustunligida boshlandi. Hisobda orqada borayotgan jamoamiz ketma-ket hujumlar uyushtirdi. Raqib darvozasi oldida ko‘plab xavfli vaziyatlar tashkil etilgan bo‘lsada, hujumchilarimiz darvozaga yo‘l topa olmasligi davom etdi. Ikkinchi bo‘limda murabbiylarimiz bir necha o‘yinchilarni almashtirishdi. Albatta bu jamoamiz o‘yinini sezilarli darajada kuchaytirdi. Bugun maydonda harakat qilgan yosh futbolchilarimiz ancha faol o‘yin namoyish etganini ta’kidlab o‘tish joiz.

Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida jamoalar maydonda ochiq futbol namoyish etishdi. O‘yin asosan maydon egalarining jarima maydonida kechgan bo‘lsada, afsuski futbolchilarimiz hisobni tenglashtira olishmadi.

Shunday qilib, voha derbisida maydon egalari kichik hisobda g‘alab qozonishdi. Jamoamiz esa birinchi davrani mag‘lubiyat bilan yakunladi.

O‘zPFL, 15-tur. 01.07.2016

“Mash’al” (Muborak) – “Nasaf” (Qarshi) 1:0. 3300 tomoshabin

Muborak sh., B.Vafoev stadioni. Soat 19:00da

Bosh hakam: Rustam Bobomurodov (Navoiy)

Qanot hakamlari: Andrey Tsapenko (Toshkent vil.), Andrey (Toshkent vil.)

Zaxira hakami: Baxtiyor Yulcharaev (Sirdaryo vil.)

Nazoratchi: Bulat Galeev (Xorazm vil.)

Gol: Shaxzod Shaymanov, 45+4’-1:0

“Mash’al”: 35.Javohir Ilyosov, 2.Iskandar Shoyqulov, 5.G‘iyosjon Komilov (90.Zafar To‘raev 81), 6.Sardor Abduraximov, 9.Xumoyun Murtozaev (27.G‘ulom Haydar G‘ulomov 72), 10.Jamshid Xasanov, 13.Shaxzod Shaymanov, 18.Abbos Shodmonov (s), 19.Mirzoxid Yusufov, 20.Shaxboz Erkinov (7.Zohir Qo‘ziboev 78), 55.Avaz Agaliev.

Zaxira: 30.Botir Nosirov, 21.Tursunmurod Hamdamov, 25.Ixtiyor Toshpo‘latov, 29.Dilyaver Abibullaev.

“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunv, 5.Ildar Mamatkazin, 6.Aziz G‘aniev, 14.Sharof Muhitdinov, 17.Artur Gevorkyan (s), 19.Deyan Bolevich (16.Dilshod Xushbakov 76), 20.Erkin Boydullaev (21.Azamat Allaniyozov 64), 27.Islom Rashidxonov (18.Bahrom Abdurahimov 46), 34.Farrux Sayfiev, 38.Doniyor Narzullaev, 45.Bobur Abduxoliqov.

Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 8.Sirojiddin Qo‘ziev, 29.Akbar Murodov, 42.Najmiddin Normurodov.

Ogohlantirish: Mirzoxid Yusufov 90 - Sharof Muhitdinov 90+1.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar