Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.07.2016

Tennischilarimiz muvaffaqiyati

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 94
Tennischilarimiz muvaffaqiyati

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Angliyaning London shahrida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon – 2016” xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Nufuzli musobaqaning ikkinchi davrasida Denis Istomin ispaniyalik Nikolas Almagroga qarshi kortga chiqdi va 6:4, 7:6, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. Endi u uchinchi davrada belgiyalik David Goffen bilan kuch sinashadi.

Tennischimiz Oqgul Omonmurodova Polshada xotin-qizlar o‘rtasida davom etayotgan “Torun – 2016” xalqaro turniri juftlik bahslari yarim finaliga chiqdi.

Oqgul rossiyalik Valentina Ivaxnenko bilan birinchi davrada vengriyalik Vanda Lukash va bolgariyalik Izabella Shinikovani, chorak finalda slovakiyalik Viven Juxajova va belaruslik Irina Shimanovichni mag‘lub etdi. Oqgul va Valentina yarim finalda polshalik Justina Jegiolka va ukrainalik Valentina Straxovani sinovdan o‘tkazadi.

Buyuk Britaniyada tennis bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tayotgan xalqaro turnirning juftlik bahslarida iste’dodli tennischilarimiz Humoyun Sultonov va Jo‘rabek Karimov finalga yo‘l oldi.

Humoyun Sultonov va Jo‘rabek Karimov yarim finalda yaponiyalik tennischilar Naoki Tajima va Yunosuke Tanakani 7:6, 6:1 hisobida engdi. Yosh tennischilarimiz finalda amerikalik Vasil Kirkov va Ulises Blank bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar