Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.07.2016

Smolov hatto Keyndan zo‘r?

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 133
Smolov hatto Keyndan zo‘r?

Nimani hisobiga qanaqasiga?

EVROPA MILLIY LIGALARI RAQAMLAR KO‘ZGUSIDA. Bugun «ko‘hna qit’a»dagi etakchi 8ta ligaga asosiy statistik ko‘rsatkichlar yordamida nazar tashlaymiz. To‘g‘rirog‘i, turli statistik natijalarni avvalgi mavsum (2014|2015)niki bilan o‘zaro solishtirgan holda, muayyan xulosalar chiqarishga urinib ko‘ramiz.

Mahsuldorlik

Mavsum finishiga kelib, ya’ni 31 mart kungi holatdan keyin 4ta chempionat bahslaridagi mahsuldorlik darajasi ancha o‘sdi - Angliyada o‘rtacha 2,61ta goldan 2,70taga, Italiyada 2,53tadan 2,58taga, Germaniyada 2,78tadan 2,83taga va Frantsiyada 2,48tadan 2,53taga. O‘rtacha gol miqdori birgina Rossiyada pasaydi - 2,50tadan 2,45taga. Shunday qilib, RFPL mavsum yakunidagi mahsuldorlik bo‘yicha 8ta etakchi liga orasida oxirgi o‘rinda qoldi. Chunonchi, bir yil oldin ham samaradorlik bobida rus ligasi orqada edi.

Avvalgi mavsum bilan taqqoslaganda esa, Portugaliya primerosida binoyidek o‘sish bor (2,49ta goldan 2,72taga), shuningdek, Angliya prem-er-ligasi ko‘rsatkichi ham oshdi (2,57tadan 2,70taga). Aksincha, Italiya «A» seriyachsida o‘rtacha gol miqdori kamaydi - 2,69ta edi, endi 2,58ta bo‘ldi. Golland eredivizionida ham pasayish kuzatildi (3,08ta goldan 2,98taga).

Mavsum yakunigacha 8ta ligadagi 15ta o‘yinda 8ta yoki bundan ko‘proq gol urildiki, ularni alohida eslatib o‘tish joiz:

Angliya - 3ta: «Norvich»-«Liverpul» (4:5), «Nyukasl»-«Norvich» (6:2), «Everton»-«Sanderlend» (6:2)

Ispaniya - 3ta: «Real»-«Rayo Valekano» (10:2), «Real»-«Selta» (7:1), «Deportivo»-«Barselona» (0:8)

Germaniya - 2ta: «Ayntraxt»-«Kyoln» (6:2), «Verder»-«Shtutgart» (6:2)

Frantsiya - 1ta: «Trua»-«PSJ» (0:9)

Gollandiya - 3ta: «De Grafsxap»- PSV (3:6), «Xerakles»-AZ (3:6), PSV-«Kambyur» (6:2)

Rossiya - 3ta: «Mordoviya»-TsSKA (4:6), TsSKA-«Mordoviya» (7:1), «Kuban»-«Lokomotiv» (6:2)

Italiya va Portugaliyada bitta o‘yindagi maksimal gollar soni 7tadan oshmadi.

Fakt. Golsiz durang bo‘yicha Frantsiya chempionati oldinda - 8,9 foiz o‘yinda hisob ochilmadi. Bu borada eng past natija Gollandiya eredivizioniga tegishli - 4,2 foiz.

Chempionat taqvimi «zich»ligi

Mavsum yakuniga ko‘ra, eng «zich» jadval Germaniya, Frantsiya (2,40dan) va Rossiya (2,49)da yuzaga keldi. E’tiborli jihati, bundesliga va Liga 1-ning 3tadan peshqadami va autsayderi birgalikda teng miqdorda ochko to‘pladi. Etakchilar - 226ta va autsayderlar - 94ta. Faqat bitta farq bor, Germaniya klublari 34 martadan, Frantsiyaniki esa 38 martadan maydonga tushishdi. Eng katta «jarlik» Gollandiyada yuzaga keldi - 3ta autsayder birgalikda atigi 70 ochko yig‘di. Tahlil uchun olingan 8ta chempionat orasidagi eng qisqasi - Rossiya premer-ligasida ham 3ta oxirgi jamoa 75 ochko to‘pladi. Vaholanki, Rossiyada o‘yinlar soni 30ta bo‘lsa, Gollandiyada 34tani tashkil etadi.

Endi ishtirokchilari soni teng ligalarni o‘zaro taqqoslasak, Angliya (2,52) va Ispaniya (2,54)da «zich»lik darajasi nisbatan o‘xshash, ammo bu ko‘rsatkich turli xarakterga ega. Deylik, La-liganing 3ta etakchisi («Barselona», «Real» va «Atletiko») jami 269 ochko to‘plagan bo‘lsa, Angliya PL peshqadamlari - «Lester», «Arsenal» va «Tottenxem» atigi 222 ochko bilan cheklanishdi. Shuning barobarida primero autsayderlari hisobiga 106 ochko yozildi, APL omadsizlarinikiga esa atigi 88 ochko. Shu holat sabab, umumiy «zich»lik me’yori deyarli farqlanmadi.

Avvalgi mavsumga qiyosan olsak, Rossiya PL jadvali nisbatan «kengaydi» — 2,25dan 2,49ga. Zero, 3ta sovrindor jami 187ta ochko to‘pladi (TsSKA - 65ta, «Rostov» — 63, «Zenit» — 59ta) va bu bir yil oldingi holat bilan tengdir («Zenit» — 67ta, TsSKA va «Krasnodar» — 60tadan ochko olgandi). Biroq bu safar autsayderlar ancha sustlashishdi: umumiy hisobda 75 ochko («Kuban» — 26ta, «Dinamo» — 25ta va «Mordoviya» — 24ta). Mavsum-2014|2015da esa oxirgi 3ta jamoa hisobiga jami 83 ochko yozilgandi («Rostov» va «Torpedo» — 29tadan, «Arsenal» — 25ta).

Penalti

Eng ko‘p penalti Italiya (o‘rtacha hisobda bitta o‘yin uchun 0,32ta) va Portugaliya (o‘rtacha - 0,30ta)da belgilandi. Angliya va Frantsiyada esa hakamlar 11 metrli nuqtaga ishora qilishda ancha ehtiyotkorlar (bu chempionatlarda o‘rtacha ko‘rsatkich 0,24ga teng). Bir yil oldin ham APLda taxminan shunday manzara kuzatilgandi (bitta o‘yinga o‘rtacha 0,22ta penalti), ammo Liga 1da 8ta birinchilik orasida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgandi - 0,34ta. Endi buni oddiy raqamlarda ifoda etsak, penaltilarning umumiy soni 36taga kamaydi (129ta o‘rniga 93ta belgilandi.

Penaltidan foydalanish masalasiga kelsak, Portugaliya (81,7 foiz) va Angliya (81,3 foiz)da umumiy ko‘rsatkich ancha yaxshi. Frantsiya (71,0 foiz) va Ispaniya (71,1 foiz)da esa 11 metrli jarima zarbasini uncha yaxshi bajarishmaydi.

Endi 8ta ligada eng ko‘p penalti tepish huquqiga ega bo‘lgan klublar va 11 metrli nuqtaga eng ko‘p ishora qilgan hakamlar bilan tanishib chiqamiz:

Angliya. 38ta o‘yin. «Lester» — 13ta penalti (10tasi samarali). Din va Medli - 13tadan (tegishlicha 33ta va 26ta o‘yinda).

Ispaniya. 38ta o‘yin. «Barselona» — 19ta penalti (11tasi samarali). Ernandes Ernandes - 9ta (20ta o‘yinda).

Italiya. 38ta o‘yin. «Latsio» va «Torino» — 11tadan penalti (9tadan samarali). J.Rokki - 14ta (18ta o‘yinda).

Germaniya. 34ta o‘yin. «Ingolshtadt» — 10ta penalti (9tasi samarali). Mayer - 9ta (15ta o‘yinda).

Frantsiya. 38ta o‘yin. «PSJ» — 8ta penalti (6tasi samarali). Moreyra va Turpen - 8tadan (tegishlicha 20ta va 18ta o‘yinda).

Portugaliya. 34ta o‘yin. «Sporting» - 11ta penalti (9tasi samarali). Shist-ra - 8ta (17ta o‘yinda).

Gollandiya. 34ta o‘yin. «Utrext» — 8ta penalti (8tasi ham samarali). Blom va van Bukel - 9tadan (24tadan o‘yinda).

Rossiya. 30ta o‘yin. «Zenit» — 12ta penalti (9tasi samarali). K.Levnikov - 9ta (16ta o‘yinda).

Fakt. 8ta ligada o‘ynagan 150ta klubdan atigi 2tasi mavsum davomida penalti tepish huquqiga ega bo‘lmadi. Bular - «Nant» (Frantsiya) va Gollandiya eredivizionidan tushib ketgan «Kambyur».

Ogohlantirish

Ispan hakamlari sariq kartochka ko‘rsatishda ilg‘orlar. Ular har bir o‘yinda o‘rtacha 5,48 marta «sariq»qa murojaat etishdi. Portugaliyalik referilar ham rahmdil emaslar: o‘rtacha 5,22ta ogohlantirish. Eng past natija Gollandiya (o‘rtacha - 3,14ta) va Angliya (o‘rtacha - 3,19ta)da.

Bir mavsum avvalgi natijalar bilan solishtirsak, eng katta o‘sish Frantsiya (3,44tadan 3,89taga)da, eng katta pasayish esa APL (3,68tadan 3,19taga)da kuzatildi. Rossiya premer-ligasida ham sariq kartochkalar soni ancha kamaydi (o‘rtacha ko‘rsatkich 4,33tadan 3,95taga tushdi).

Xo‘sh, 8ta ligada aynan qaysi jamoalar sariq kartochka olishda eng baland yoki past natijani qayd etishdi?

Angliya. «Aston Villa» — 76ta (o‘rtacha - 2,0ta). «Arsenal» — 42ta (o‘rtacha - 1,11ta).

Ispaniya. «Granada» — 139ta (o‘rtacha - 3,66ta). «Barselona» — 66ta (o‘rtacha - 1,74ta).

Italiya. «Frozinone» — 111ta (o‘rtacha - 2,92ta). «Napoli» — 71ta (o‘rtacha - 1,87ta).

Germaniya. «Ayntraxt» - 96ta (o‘rtacha - 2,82ta). «Borussiya» D. - 39ta (o‘rtacha - 1,15ta).

Frantsiya. «Gazelek Ayachcho» — 94ta (o‘rtacha - 2,47ta). «PSJ» — 47ta (o‘rtacha - 1,24ta).

Portugaliya. «Aruka» — 110ta (o‘rtacha - 3,24ta). «Nasonal» — 71ta (o‘rtacha - 2,09ta).

Gollandiya. «Xerenven» — 66ta (o‘rtacha - 1,94ta). «Ayaks» — 40ta (o‘rtacha - 1,18ta).

Rossiya. «Amkar» — 78ta (o‘rtacha - 2,6ta). «Krilya Sovetov» — 42ta (o‘rtacha - 1,4ta).

Fakt. Kuchli beshlik sirasiga kiruvchi milliy chempionatlarda eng «tartibsiz» jamoalar elita bilan xayrlashdilar, aksincha, eng «sulhparvar» klublar chempion yoki vitse-chempionga aylanishdi. Birgina Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasi istisno. Lekin u ham bundesligadagi o‘rnini o‘tish o‘yinlari vositasida saqlab qoldi.

Chetlatish

Qizil kartochkalarga kelsak, bu borada portugaliyaliklar oldinda - bitta o‘yin uchun o‘rtacha 0,39ta «haydalish». Italiya «A» seriyasida esa hakamlar o‘rtacha hisobda har bir o‘yinda 0,34ta «qizil» ko‘rsatishdi. Eng past ko‘rsatkich bundesligaga tegishli - o‘rtacha 0,13ta chetlatish. Angliya, Gollandiya (o‘rtacha - 0,16ta) va Rossiya (o‘rtacha - 0,18ta)da ham futbolchilar nisbatan kam chetlatiladilar. Ozgina taqqoslash: Liga 1da qizil kartochkalar soni bir yil avvalgiga nisbatan ancha ko‘paydi - o‘rtacha 0,20tadan 0,31taga.

Qizil kartochka masalasida qaysi klublar «faol»? Aksincha, qaysi jamoalardan o‘rnak olsa arziydi?

Angliya. «Sautgempton» — 6ta. «Tottenxem» va «Manchester Siti» — 0.

Ispaniya. «Rayo Valekano» — 10ta. «Barselona» — 1ta.

Italiya. «Atalanta» — 14ta. «Napoli» — 2ta.

Germaniya. «Shtutgart» — 5ta. «Borussiya» D. va «Gannover» — 0.

Frantsiya. «Bastiya» va «Tuluza» — 10tadan. «PSJ» — 1ta.

Portugaliya. «Maritimu» — 19ta. «Benfika» va «Union Madeyra» — 2tadan.

Gollandiya. «Utrext» va «Kambyur» — 5tadan. PSV, «Villem II», «Xerakles» va «Groningen» — 1tadan.

Rossiya. «Rubin» — 6ta. TsSKA, «Zenit», «Krilya Sovetov» va «Mordoviya» — 1tadan.

Fakt. Anatoliy Bishovetsning sobiq jamoasi - «Maritimu» natijasiga qarang: 34ta o‘yinda 19ta (!) qizil kartochka. Dortmund «Borussiya»si avvalgi mavsum ham birorta chetlatishga duch kelgan emasdi.

Tomoshabinlar

Bu borada jiddiy o‘zgarish yo‘q. Ya’ni muxlislar tashrifi nisbatan barqaror holda. Avvalgi mavsumda bo‘lgani kabi Rossiya ligasi yana oxirgi o‘rinlardan birida (faqat Portugaliyadan oldinda).

Barcha ligalarda jamoalarning uy uchrashuvlariga muxlislar tashrifi bo‘yicha eng yuqori va eng past natija qanday?

Angliya. «Manchester Yunayted» — 75,3 ming. «Bornmut» — 11,2 ming.

Ispaniya. «Barselona» — 78,4 ming. «Eybar» — 5,2 ming.

Italiya. «Inter» - 45,5 ming. «Frozinone» — 7,3 ming.

Germaniya. «Borussiya» D. - 81,2 ming. «Ingolshtadt» — 14,8 ming.

Frantsiya. «PSJ» — 46,2 ming. «Gazelek Ayachcho» — 3,7 ming.

Portugaliya. «Benfika» — 50,3 ming. «Aruka» — 1,4 ming.

Gollandiya. «Ayaks» — 49,2 ming. «Ekselsior» — 3,6 ming.

Rossiya. «Spartak» — 25,2 ming. «Ural» — 5,6 ming.

To‘purarlar

Ma’lumki, «Oltin butsa»-2015|2016 «Barselona» hujumchisi Luis Suaresga nasib etdi. Lekin u bitta jihatda betakror Zlatan Ibragimovichdan orqada. Urugvaylik goleador o‘rtacha hisoblaganda, maydonda harakatlangan har 78,8 daqiqada raqib darvozasini bir bora ishg‘ol qildi. «PSJ»da chinakam qirollardek yashab-o‘ynagan Ibra esa chempionatdagi 38ta goliga 2553 daqiqa sarfladi. Xullas, shved har 67,2 daqiqaga bitta gol to‘g‘riladi.

O‘rtacha hisobda bitta to‘liq o‘yin uchun 1tadan ko‘p gol urish Gonsalo Iguain («Napoli», har 83,1 daqiqada 1ta gol), Robert Levandovski («Bavariya», har 88,4 daqiqada 1ta gol) va Jonas («Benfika», har 89,0 daqiqada 1ta gol)-ga nasib etdi.

Fakt. «Krasnodar» hujumchisi Fyodor Smolov mavsumningyakuniy qismida havas uyg‘otuvchi mahsuldorlik qayd etdi. Boz ustiga, u 2007 yildan buyon Rossiya chempionatida bosh to‘purarga aylangan birinchi mahalliy futbolchi bo‘ldi. Avvalgi mavsum to‘purarlar poygada g‘olib chiqqan Xalk («Zenit») daqiqalar hisobi bo‘yicha 8ta liganing eng past natijasini qayd etgandi. Smolov esa bu borada Angliya «Oltin butsa»si sohibi Garri Keyn («Tottenxem»)ni ortda qoldirdi. Rossiyalik futbolchi har 127,0 daqiqada gol urgan bo‘lsa, angliyalik yulduzchada bu ko‘rsatkich 134,8 daqiqaga teng.

Championat.com - A. AHMEDOV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar