Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.07.2016

Dastlabki davraning so‘nggi sinovi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 164
Dastlabki davraning so‘nggi sinovi

Bugun birinchi davraning oxirgi tur uchrashuvlariga start beriladi. Shundan so‘ng jamoalar ta’tilga chiqib ketadilar. Ayni paytga kelib qaysi klublarning sovrinli o‘rinlar uchun, kimlar ligada jon saqlash uchun kurashishlari deyarli aniqlandi. Odatimizga ko‘ra, mazkur turda qayd etiladigan natijalarni bashorat qilib ko‘ramiz.

30 iyun (payshanba)

«Obod»-«Paxtakor»

Hakamlar: O.To‘ychiboev (Farg‘ona), R.No‘’monov (Toshkent), S.Eremeev (Toshkent), A.Najafaliev (Toshkent)

Nazoratchi: D.Roman (Toshkent).

IF bashorati: 30-20-50

Oliy liga debyutanti hisoblangan «Obod» 14-turga kelibgina safardagi dastlabki g‘alabasini nishonladi. Toshkentliklar bu ishni Andijonda amalga oshirdilar. Mazkur turda esa jamoa O‘zbekistonning amaldagi chempioni «Paxtakor»ni qabul qiladi. To‘g‘risini aytish kerak, «Paxtakor» o‘tgan yildagi kabi kuchli emas. Xususan, jamoa 13-turda «Sho‘rtan»ga imkoniyatni boy berdi. Ammo «Obod» bilan bo‘ladigan uchrashuvda «Paxtakor» xatosini takrorlamasa kerak. Shu bois ham bo‘lajak bahsda «sherlar»ning g‘alabasini taxmin qilishimiz mumkin.

«OlmaliQ»-«Qo‘Qon-1912»

Hakamlar: I.Tantashev (Buxoro), B.Qodirov (Buxoro), A.Qo‘ldoshev (Buxoro), I.Ibragimov (Nukus)

Nazoratchi: A.Hotamov (Toshkent).

IF bashorati: 40-30-30

Odatda olmaliqliklar o‘z maydonlaridagi uchrashuvlarda imkoniyatni boy berishmaydi. Qo‘qonliklar esa safarda unchalik o‘zlarini ko‘rsata olmaydilar. Shunday bo‘lsada, mazkur bahsning qiziqarli tarzda kechishini taxmin qilishimiz mumkin. Jamoalarning bugungi xolatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, ushbu bahsda Igor Shkvirin jamoasi uch ochko ishlaydi.

«Sho‘rtan»-«Buxoro»

Hakamlar: T.To‘xtasinov (Andijon), A.Marajabov (Andijon), Z.Abdurahmonov (Andijon), D.Jalimov (Nukus)

Nazoratchi: S.Ermatov (Toshkent).

IF bashorati: 40-30-30

O‘z uyida «Paxtakor»ni dog‘da qoldirgan «Sho‘rtan» muvaffaqiyatni takrorlashga intilishi tayin. Buxoroliklar o‘yinida esa biroz pasayish kuzatilmoqda. Jamoa 14-turda o‘z maydonida «Mash’al»ga yutqazib qo‘ydi. Bo‘lajak uchrashuvda g‘uzorliklar kayfiyatlarini tushirmasalar kerak. Shu bois ham uning g‘alabasini bashorat qilamiz.

1 iyul (juma)

«Mash’al»-«Nasaf»

Hakamlar: R.Bobomurodov (Navoiy), A.Tsapenko (Toshkent vil.), A.Snetkov (Toshkent vil.), B.Yulcharaev (Guliston)

Nazoratchi: B.Galeev (Urganch).

IF bashorati: 30-30-40

«Qashqadaryo derbisi» hamisha qiziqarli tarzda kechgan. Klublar viloyatning eng kuchli jamoasi kimligini aniqlash uchun bor imkoniyatlarini ishga soladilar. Ammo oxirgi yillarda qarshiliklar «Mash’al» va «Sho‘rtan»ga qarshi uchrashuvlarda tashabbusga ega bo‘lishmoqda. Shu jihatlarni inobatga olsak, ertaga «Nasaf» g‘alaba qozonadi.

«So‘G‘diyona»-«QizilQum»

Hakamlar: V.Agishev (Toshkent), R.Serazetdinov (Toshkent), V.Lushin (Guliston), D.Karimov (Toshkent)

Nazoratchi: A.Arutyunov (Toshkent).

IF bashorati: 40-30-30

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvning qiziqarli tarzda kechishi taxmin qilinmoqda. Joriy mavsumni navoiyliklar yaxshi o‘tkazishmoqda. Mavsum avvalida bo‘sh o‘ynagan «So‘g‘diyona» esa hozirga kelib biroz o‘zini tiklab olgan. Shunga qaramay, jamoa stabil o‘yin namoyish qila olmayapti. Bo‘lajak uchrashuv haqida gapiradigan bo‘lsak, «So‘g‘diyona»ning g‘alabasini taxmin qilishimiz mumkin.

«Neftchi»-«Metallurg»

Hakamlar: V.Tseytlin (Toshkent), A.Kalinin (Qarshi), S.Shoyusupov (Toshkent), A.Rubakov (Toshkent)

Nazoratchi: A.Popov (Toshkent).

IF bashorati: 30-40-30

Joriy mavsumning eng ko‘p muhokama qilinayotgan jamoasi bu «Metallurg» bo‘lsa, ajabmas. Bekobodliklar poytaxt grandlari bilan bo‘lgan o‘yinlarda ham o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishmadi. Jumladan, o‘tgan turda chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan hisoblangan «Lokomotiv» bilan jangovar durang qayd etishdi. «Neftchi» esa muxlislari kutgan o‘yinni namoyish qila olmayapti. Bu turda farg‘onaliklar aynan «Metallurg»ni qabul qilishadi. O‘yinning vodiyda o‘tishini inobatga olsak, ertaga durang qayd etiladi.

«Lokomotiv»-«Bunyodkor»

Hakamlar: R.Ermatov (Toshkent), A.Rasulov (Toshkent), J.Saidov (Toshkent), D.Muxtorov (Toshkent)

Nazoratchi: G‘.Karimov (Toshkent).

IF bashorati: 40-30-30

Turning markaziy uchrashuvini Osiyoning eng yaxshi hakami Ravshan Ermatov boshqaradi. Bu bahsda har qanday hisob qayd etilishi mumkin. Zero, maydonga mamlakatimizning eng kuchli klublari tushishadi. Ammo ayrim jihatlarni inobatga oladigan bo‘lsak, ertaga «Loko» kichik hisobda zafar quchadi.

«Navbahor»-«Andijon»

Hakamlar: Z.Qodirov (Navoiy), A.Sidorov (Toshkent), D.Saylalov (Toshkent), R.Kapadze (Farg‘ona)

Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

IF bashorati: 40-30-30

«Vodiy derbisi»da jamoalarning qanday o‘rinlarda borayotganlari ahamiyatsiz. Har qanday holatda ham ular qo‘shni viloyat klubini mag‘lubiyatga uchratishga harakat qilishadi. Ertaga mavsumning ikki omadsiz klubi kuch sinashadi. Ammo yuqorida aytganimizdek, bu bahsda «Navbahor»ning ham, «Andijon»ning ham qaysi o‘rinda borayotgani ahamiyatsiz. Ammo jamoalarning bugungi holatidan kelib chiqadligan bo‘lsak, namanganliklarning g‘alabalarini taxmin qilamiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar