Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.06.2016

Marko Trabukki: "Qozog‘istonda Italiya chempionatida o‘ynab keta oladigan futbolchi yo‘q"

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 80
Marko Trabukki: "Qozog‘istonda Italiya chempionatida o‘ynab keta oladigan futbolchi yo‘q"

Qozog‘istonning "Astana" klubi bosh menejeri Marko Trabukki fikricha, Qozog‘iston terma jamoasida A seriyada o‘ynab keta oladigan futbolchi yo‘q. Trabukki buni Vesti.kz muxbiriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

- Marko, sizning tashrifingiz bilan qozog‘istonlik futbolchilarning Italiya chempionatida o‘ynash imkoniyati ochiladimi?

- To‘g‘risini aytaman, hozir Qozog‘iston termasi safida A seriyasining yaxshi jamoasi asosiy tarkibida o‘ynay oladigan futbolchini ko‘rmayapman. Italiyada A seriyasida o‘ynash uchun juda qattiq va konservativ shartlar mavjud. Evroittifoq a’zosi bo‘lmagan mamlakat fuqarosining A seriyaga tushishi qiyin. U qonun bo‘yicha V va S seriyalarda ham o‘ynay olmaydi. Jamoa Evroittifoq a’zosi bo‘lmagan mamlakatdan birgina futbolchini qo‘shib olishi mumkin. Bu qozog‘istonlik futbolchi bo‘lib chiqishi qiyin.

O‘z navbatida qozoq futbolchilari ham chet elda o‘ynashga intilishlari lozim. Ular uchun eng qulay chempionatlar - Shveytsariya, Belgiya, yoki Gollandiya birinchiliklari. Ularning kuchayishi uchun juda yaxshi chempionatlar. Rossiya termasining barcha futbolchilari vatanlarida o‘ynaydi, natija esa hammaga ma’lum", - deydi Trabukki.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar