Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.06.2016

Denis Istomin «Uimbldon»dagi 1 ta g‘alabasi uchun 50 ming funt sterling ishlab oldi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 96
Denis Istomin «Uimbldon»dagi 1 ta g‘alabasi uchun 50 ming funt sterling ishlab oldi

Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi «Uimbldon» turnirining 2016 yilgi mavsumida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin bugun — 30 iyun kuni 2-bosqich doirasida ispaniyalik Nikolas Almagroga qarshi kortga tushadi.

Istomin musobaqaning birinchi bosqichida JAR vakili Kevin Andersonni mag‘lub etdi. Tennischi bu g‘alabasi uchun 30 ming funt sterling ishlab oldi.

Afrikalik raketka ustasini ortda qoldirish uchun Denis Istomin besh set kurash olib bordi. U dastlabki ikki setni 4:6, 6:7 hisoblarida boy berib, shundan keyingina kambek amalga oshirdi va qolgan uch setni 6:4, 7:6, 6:3 hisoblarida o‘z foydasiga hal qildi.

O‘zbekistonlik tennischi birinchi bosqichdagi g‘alabasi uchun 10 reyting ochkosi ishlagandi. Bugun esa unda 45 reyting ochkogasiga ega bo‘lib olish imkoniyati bor.

30 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 16:30 da Denis Istomin 50 ming funtini 80 mingga aylantirish hamda uchinchi bosqichga yo‘l olish uchun ispaniyalik Nikolas Almagro bilan bellashadi.

Dunyo tennis reytingida Denis Istomin 116-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Nikolas Almagro 47-pog‘onada bormoqda. Ispaniyalik tennischi birinchi bosqichda braziliyalik Dutra da Silvani 5 set davom etgan o‘yinda mag‘lub etgandi.

Denis Istominning «Uimbldon»dagi eng yaxshi natijasi 2012 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda tennischi 4-bosqichga qadar etib borgan. Bu unga dunyo tennis reytigida 33-o‘ringa qadar ko‘tarilib olish imkonini bergandi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar