Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.06.2016

Derbiga boy hafta

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 92
Derbiga boy hafta

Ushbu hafta O‘zbekiston chempionati uchun qiziqarli o‘tishi turgan gap. Chunki bir yo‘la to‘rtta derbini tomosha qilamiz. «Vodiy derbisi»da «Navbahor» o‘z maydonida «Andijon»ni qabul qiladi va bu o‘yinda g‘alaba qozongan jamoa nafaqat musobaqa jadvalidagi o‘rnini yaxshilaydi, balki muxlislari nazdida ham biroz obro‘yini tiklab olishi mumkin. Shuningdek, «Voha derbisi»da ham juda qiziq to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi – «Nasaf» safarda «Mash’al» sinovidan o‘tishi lozim. «Nasaf» uchun «Mash’al»ga qarshi kechadigan o‘yin hayot-mamot jangiga aylanishi mumkin. Chunki muborakliklar o‘z maydonlarida kechadigan bahsda oson taslim bo‘lmasliklari aniq. Bundan tashqari «Poytaxt derbisi»da «Obod» va «Paxtakor» o‘rtasida kechadigan o‘yinning ham qiziqarli o‘tishi kutilmoqda.

DERBILAR DERBISI

Ammo «derbilarning derbisi» - baribir, «Lokomotiv»-«Bunyodkor» to‘qnashuvi bo‘ladi. Ushbu uchrashuvning oliy ligada ko‘p narsaga oydinlik kiritishi kutilmoqda. Ayniqsa, «Lokomotiv» 14-turda «Metallurg»ga qarshi kechgan uchrashuvda ochko yo‘qotib, «Bunyodkor» birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgach, o‘zaro to‘qnashuv o‘zgacha ko‘rinish olishi turgan gap. To‘g‘ri, «Lokomotiv»ning hisobida bitta qoldirilgan o‘yin bor («Qizilqum»ga qarshi), ammo hozir bu bilan kimning ishi bor? Fakt shundaki, mavsum boshida chempionlikka asosiy da’vogar hisoblangan «temiryo‘lchilar» hozir ikkinchi o‘rinda bormoqdalar. Shunday ekan, «Poytaxt derbisi»da har ikki jamoa ko‘p narsalarni isbotlashga intilishlari tayin.

Ushbu maqolani yozish oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Rauf Talgatovich Inileevning intervyusi bilan tanishib chiqqan edik. Suhbatni gazetamiz sahifalarida o‘qib olishingiz mumkin. Tajribali murabbiy chempionlikka da’vogar jamoalar haqida fikr yuritarkan, har ikki klubga ham ajoyib tavsif berdi. Rauf Talgatovich «Lokomotiv» haqida gapirarkan, asosiy urg‘uni uning tarkibida tajribali futbolchilar ko‘pligiga qaratdi. «Bunyodkor» esa bir necha yillardan buyon yoshlarni tarbiyalash yo‘lidan ketayotgani aytilgan. Tabiiyki, ikki xil rivojlanish yo‘lini tanlagan klublar o‘rtasida kechadigan kurash har qanday muxlisni qiziqtirishi aniq.

HAL QILUVChI(MI?)

«Lokomotiv» - «Bunyodkor» to‘qnashuvi nafaqat 15-tur va birinchi davra, balki mavsumning eng qiziqarli o‘yinlaridan bo‘ladi, bu aniq. Ammo bilasizmi, o‘zimizga qolsa ushbu bahs mavsum taqdirini hal qiladigan uchrashuv bo‘ladi, deyishga shoshilmagan bo‘lardik. Har qancha qiziqarli kechmasin, bu o‘yin baribir oliy liga taqdirini hal qilib bermasa kerak. Nimaga deysizmi? Buning bir necha sabablari bor.

BIRINChI SABAB

Birinchidan, O‘zbekiston chempionatida endi birinchi davra yakunlanib bormoqda. Oldinda hali butun boshli 15ta o‘yin kutib turibdi. Bu o‘yinlarda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, Toshkent derbisining ahamiyatiga har qancha e’tibor qaratmaylik, uni hal qiluvchi bahs deyishdan o‘zimizni tiyamiz. Umuman, bunday fikr butun boshli oliy liga uchun hurmatsizlik ham bo‘lar edi. Axir qaerda ko‘rgansiz, birinchi davra yakuniga etgani hamono chempion nomi aniq bo‘lgan chempionatni? Albatta, shunday bo‘lishi mumkin, tarixda misollar etarlichadir balki, ammo bunday chempionatlar odatda saviya jihatidan ancha pastda turadilar. Oliy ligada esa ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda kutilmagan natijalar borgan sari odat tusiga kirib bormoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan ikkinchi sababni keltirib chiqaradi.

IKKINChI SABAB

Yaxshi bilamiz, joriy mavsumdan e’tiboran «Buxoro», «Metallurg» va «Qizilqum» klublari o‘z oldilariga yuqori maqsadlarni qo‘yganlar va bu holat O‘zbekiston chempionatidagi kurash ancha keskinlashishiga sabab bo‘ldi. Yuqorida keltirib o‘tganimiz Rauf Inileevning intervyusida ham bunga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Bu yil «Qizilqum» va «Buxoro» «Paxtakor»dan ochko tortib olishdi, «Metallurg» esa «Bun-yodkor» va «Lokomotiv» bilan durang o‘ynab, «Nasaf»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Bunday sensatsiyalarni oldin ham kuzatganmidingiz? Tabiiyki endi muxlislar ikkinchi davrani ham o‘zgacha intiqlik bilan kutadilar. Chunki natija ham shunga yarasha. Demak, «Lokomotiv» - «Bunyodkor» bahsida kim g‘alaba qozonmasin, hozirdan uni chempion deb atash - noinsoflik bo‘lar edi. Qolaversa, bunday qilmaslik uchun uchinchi sabab ham bor.

UChINChI SABAB

Ishoning, «Paxtakor» va «Nasaf» hozir ancha qiynalib qolgan bo‘lishlari mumkin, ammo ular hali chempionlik kurashiga qaytishga albatta, urinib ko‘radilar. To‘g‘ri, birinchi davrada ularning ishi u qadar yurishmadi. Hozirgi kunga kelib «Nasaf» musobaqa etakchisi «Bunyodkor»dan 8 ochko, «Paxtakor» esa 12 ochko ortda qolib ketgan. Biroq bu bilan ularni hisobdan chiqarib qo‘yish yaramaydi. «Nasaf» va «Paxtakor» chempion bo‘la olishmasa ham hech bo‘lmaganda raqiblari oyog‘idan chalib qolishga intilishlari muqarrar. Bu esa g‘oliblik kurashiga kutilmagan o‘zgarishlar kiritishi hech gap emas.

YaKUNDA

Xullas, shunday gaplar. Bizni ertaga ajoyib bahs kutib turibdi. Biroq bu o‘yinga qarab butun boshli mavsumga baho berib qo‘ymaslikni so‘ragan bo‘lardik. Shunchaki, stadionga keling va sevimli jamoangizga muxlislik qiling. Agar siz na «Lokomotiv» va na «Bunyodkor»ga ishqiboz bo‘lsangiz, hech qisi yo‘q, baribir kelavering. Chunki ishonamizki, o‘sha kuni siz asl futbol tomosha qilasiz. Axir klublar uyaltirib qo‘yishmas...

ABDULLOH

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar