Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.06.2016

Omadni bosimdan izlaganlar bayrami

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 158
Omadni bosimdan izlaganlar bayrami

Futbol bayramlardan bosh­qa kunlarni ham muxlislar uchun chinakam shodiyona onlariga aylantirmoqda. Boshqa hamkasblardan farqli o‘laroq, futbol jurnalistlari shu kunlarda o‘zgacha shodlikni boshdan kechirashayotgandi. Chunki katta futbol haqida to‘lib-toshib yozish ham jurnalist uchun o‘ziga xos bayram. Qaysi bir mulohazasi ko‘pchilik tomonidan ma’qullansa yoki avvaldan bildirgan taxmini o‘zini oqlasa, bu ham futbol jurnalisti uchun ajib saodatdir. Bunday saodatmand lahzalar qancha ko‘p bo‘lsa, futbol jurnalisti o‘zini shuncha baxtiyor sezadi. Afsuski, uning hayotida bunday baxtiyor onlar ko‘p bo‘lavermaydi. Mamlakatimiz futbol jurnalistlari ham bundan mustasno emaslar. Nazarimizda, aynan ular boshqa soha jurnalistlariga nisbatan erkinroq, faolroq va jonkuyarliroqdirlar.

Muhtaram muxlis! Kasb bayramimiz munosabati bilan mulohazalarimizni bu safar shu ruhda boshladik. Keling, bayram bahona jurnalistlarni olqishlaylik. Ular muxlislarga va kasbga sadoqat borasida fidokorlik, jasorat ko‘rsatmoqdalar. Shu ma’noda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan o‘rtaga tashlangan ulug‘ shiorning «Jonim senga fido, O‘zbekistonim!» qismi aynan ularga atalgandek. Nima uchun bu so‘zlarni yozmoqdamiz? Maqsad bitta: hamkasblarimiz yaxshi bilishsinki, muxlislar ular aytayotgan SO‘Z salmog‘ini qadrlashadi, e’zozlashadi. Faqat bu e’tiroflar har doim ham o‘tkir qalam sohiblariga etib boravermaydi. Nima ham derdik, e’tiroflar hamisha ochiq-oydin yangrayvermaydi. Ochig‘i, kun, kun ora e’tiroflar yangrashi ham shart emas. Tom ma’nodagi jurnalist uchun bu muhim hisoblanmaydi. Ammo uning kasb bayrami munosabati bilan e’tiroflarning yangragani ma’qul.

Xullas, evrofutbol bayrami kunlari hamkasblarimiz biroz bosimdan xoli bo‘lishdi, bayramlarini nishonlashdi. Ishonchimiz komilki, ular bugundan e’tiboran yana ham ko‘tarinki kayfiyatda yozishadi, qalamlariga avvalgidan-da kuchliroq bosim berishadi. To‘g‘risi, bosim berishmasa ham bo‘lmaydi, chog‘i. Negaki, futbolda bosimning yangi-yangi sahifalari ochilmoqda. Ana, Evro-2016da Krishtianu Ronaldu bosim bayramini boshladi. O, Jujak Portugaliya terma jamoasi darvozasiga uchinchi to‘pni yo‘llaganida, u qay ahvolga tushdi?! Shunchaki, o‘sha lahzadagi ruhiy holati bilan o‘zini, jamoadoshlarini e’tiborsizlikda aybladi. Axir uchinchi golda to‘p futbolchilar oralab darvozaga borib tushdi-da! Bunday vaziyatda qanday qilib, jig‘ibiyron bo‘lmaslik mumkin?! Tasannoki, Ronaldu ruhan tushmadi. Aksincha, ortga yo‘l yo‘qligini chuqur angladi va o‘zidagi bosimni unutdi. Yo‘q, o‘sha bosimni raqibga yo‘naltirdi. Qisqasi, Ronalduning jahdi Portugaliya termasini «pley-off»ga olib chiqdi. «Pley-off»da esa, klubdoshi Luka Modrichni ham engdi. Albatta, Vengriya termasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdagi 3:3 hisobi Ronaldu xotirasida uzoq vaqt o‘chmaydi. Buning sababi barchaga ayon: u shu o‘yinda seskanib uyg‘ondi, o‘zi bilan hisoblashmay, jarima to‘pi tepayotgan Jujakni junjuktirib, hisobni tenglashtirdi. To‘g‘ri, oliy liga 14-turida ham shunday hisob qayd etildi. Biroq ikki 3:3 hisobi orasida kattagina farq mavjud. Hozir bu farq xususida batafsil yozish niyatimiz yo‘q. Faqat ta’kidlamoqchimizki, «Nasaf»ni Qarshida engganidan so‘ng «Loko» haqidagi tasavvurlar yana ham ulkanlashib ketdi. Bekoboddagi uchrashuv esa o‘sha tasavvurlarning kapalagini uchirib yubordi. Boshqacha aytganda, eski an’ana buzilmadi, ya’ni «Metallurg» va «Lokomotiv» o‘rtasidagi iliq munosabatlar saqlanib qoldi. Ma’lumki, Ma’mur Ikromov «temiryo‘lchilar» safiga o‘tganidan buyon ikki klub maydonda sulhga imzo chekmoqda. Endi «Bun­yodkor» va «Metallurg» o‘rtasida ham shunday an’ana shakllansa, ajabmas. Harqalay, Shahzodbek Nurmatovning transferidan keyin shu yo‘lda dastlabki qadam tashlandi. Ta’kidlaymizki, bu jarayon «kelishilgan o‘yin» maqomidan mutlaqo yiroq. «Bavariya» va «Borussiya» D. o‘rtasidagi munosabatlarni eslatadi bu jarayon. «Metallurg» poytaxt klublari bosimidan cho‘chimay, ularga qarshi erkalanib to‘p surayotgandek, go‘yo.

Ronaldu va Jujakning o‘sha uchrashuvdagi «dubl»lari bag‘rida esa erkalik emas, balki Turkiya termasining armoni yotibdi. Bu armon bosimidan xolos bo‘lish uchun turk futboli hali ancha-muncha iztirob chekadi. Portugaliya termasi esa bosimni butunlay uloqtirdi. Shu bois, nimchorak finalni xuddi finaldek qarshiladi. Muvaffaqiyatning bosh sababi - qiyin vaziyatda raqibga nisbatan bosim uyushtirilganidir. Agar omadni bosimdan izlamaganida, Portugaliya termasi o‘tyurak xorvat futbolchilarining shiddatiga bardosh berolmasdi. Omadni bosimdan izlashning ahamiyati shunda. Bunga «Obod» va «Mash’al»ning safardagi g‘alabasi ham o‘ziga xos misoldir. «Andijon»dagi ishonchsiz ruhiyat «Obod»ga kuch bergani aniq. Raqibdagi bo‘shashishni his qilish va undan foydalanish uchun imkon qidirish ham g‘alaba kalitidir. Eng muhimi - bosimni qachon va qanday vaziyatda uyushtira bilish. Noo‘rin xatti-harakat bosim ahamiyatini yo‘qotadi va natijaga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Buni Xorvatiya terma jamoa­si misolida ko‘rdik. Luka Modrich va uning jamoadoshlari «pley-off»­da g‘alaba qozonishlariga qattiq ishonishdi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, qo‘shimcha bo‘limlar oxirida hujumga alohida e’tibor qaratishdi. Portugaliya termasi darvozasi oldida ketma-ket bosim to‘lqinini hosil qilishdi. Biroq bir lahza, bir muddat himoyani unutishdi. Natijada qarshi hujum va ular uchun alamli gol. Agar Xorvatiya termasi hujumga ortiqcha berilmaganida, o‘yin penaltilar seriyasiga borib taqalardi. Bu imkoniyatni xorvat futbolchilari o‘zlaridan o‘zlari tortib olishdi. Ular Chexiya termasiga qarshi bahsda bosimni me’yoridan pasaytirib yuborishgani bois, tayyor g‘alabani boy berishgandi. Ayon bo‘lmoqdaki, bosim jarayonida murabbiyning tadbirkor nigohi muhim hisoblanadi. Demoqchimizki, bosim jarayonini futbolchining emas, balki murabbiyning mahorati boshqarishi lozim.

Biz raqibga nisbatan bosim uyushtirish jarayoni yuksak darajada shakl­lanishini istaganimiz bois, yuqoridagi mulohazalarni yozdik. Ayni chog‘da raqib bosimidan qutulishni bilish ham zamonaviy futbolning yangi talablaridandir. Antonio Konte shogirdlarining Irlandiya termasiga qanday yutqazishganini bir eslang. O‘sha o‘yin - kuchli raqib bosimidan xalos bo‘lishning yorqin namunasidir. Afsuski, bu kabi yorqinlik har doim takrorlanavermaydi. Dide Desham shogirdlari Irlandiya termasining tezkor golini pisand etmay, g‘alaba sari dadil borishgani fikrimiz dalilidir. Xullas, Italiya termasi tajribasi Antuan Grizmann ko‘zini ochdi va u Evro-2016da o‘z so‘zini aytdi.

Bosim o‘ta nozik va qaltis jarayon ekanligi Germaniya hamda Slovakiya terma jamoalari o‘rtasidagi «pley-off» uchrashuvida ham o‘z isbotini topdi. Evro-2016 arafasidagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida, guruh bosqichi bahslarida bo‘shashibroq harakatlangan «nemis mashinasi» bu bahsda a’lo darajada o‘ynadi. Bosim shu darajada kuchaydiki, natijada Slovakiya termasi o‘yin qachon yakunlanishi haqida o‘yladi, go‘yo. Aka-ukaning kurashida ukani ayab yiqilib bergan akaning imkoniyatini past baholab bo‘lmagani kabi «nemis mashinasi»ning ba’zi o‘yinlardagi shukuhsiz harakati ham aldamchidir. U zarur pallada o‘zini namoyon qilishga qodir.

Umid qilamizki, yaqin kelajakda futbolimizda ham zarur pallada o‘zini ko‘rsatishga qodirlik tuyg‘usi mukammal darajada shakllanadi. Bu jarayon futbolimizni yangi ufqlar sari etaklaydi.

Muhammad VALI, "InterFUTBOL" gazetasi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar