Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.06.2016

AlShberto Jilardino 200ta gol marrasi tomon

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 58
AlShberto Jilardino 200ta gol marrasi tomon

Palermoning chin qahramoni Alberto Jilardino keyingi mavsum ham Sitsiliya­da o‘ynashni xohlayotganini sira yashirmayapti. Zero, uning oilasi shaharga yaxshigina moslashib oldi. Ammo faxriy hujumchi avvalo, klubda o‘z xizmatlariga darhaqiqat, ehtiyoj sezayotganlariga ishonch hosil qilmoqchi. Aytish joiz, «Palermo» yakunlangan mavsum «A» seriyasida zo‘rg‘a «jon» saqlab qoldi - «Verona»ga qarshi uy uchrashuvida 3:2 hisobida g‘alaba qozongani evaziga. Shu muhim o‘yinda gollardan biri 33 yoshli hujumchi nomiga yozildi. Umuman olganda, Alberto chempionatni yaxshigina statistik ko‘rsatkich bilan yakunladi - 33ta o‘yinda 10ta gol. E’tiborlisi, Jilardino oxirgi 5ta turda «Verona»dan tashqari, «Kevo» va «Frozinone» jamoalari darvozasiga ham yo‘l topib, «Palermo»ning qiyin ko‘ringan vazifa uddasidan chiqib, elit ligada qolishiga katta hissa qo‘shdi.
Xullas, faxriy hujumchi La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida eng esda qolarli gollarini eslash barobarida Sitsiliyada qolish niyatini takror ta’kidladi va faoliyatiga bog‘liq rejalarini bayon etdi.

- «A» seriyasida urgan gollaringiz soni 188taga etdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Alessandro del Pero hamda Juzeppe Sinoriga tenglashib oldingiz. Endigi maqsad nima?

- Avvaliga 200ta gol marrasini zabt etishim kerak, keyin 205-golni ko‘zlayman, shu tariqa Roberto Badjo va Antonio di Nataledan o‘zib ketishni xohlayman. Ayni payt di Natale hisobida 209ta gol bor va u Italiya chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 6-qatorda boryapti. O‘ylaymanki, asdoydil urinsam, gollarim sonini 200 va balki 210dan ham oshira olaman.

- Hozirning o‘zida bir ajoyib natija sohibisiz. Ya’ni «A» seriyasi doirasidagi o‘yinlarda naq 39ta jamoa darvozasiga gol urgansiz va bunday statistika bosh-qa birovga nasib etgan emas.

- Muvaffaqiyatlarim siri oddiy: chin yurakdan ishlash, yangi g‘oyalarni izlab, ularni o‘rganishga intilish va doimo o‘yinga maksimal darajada e’tiborli bo‘lish, qiziqish. Deylik, o‘z gollarimni tez-tez eslayman va ular menga o‘zgacha ishtiyoq bag‘ishlaydi. Xususan, «Milan» safida ChL yarim final o‘yinida «MYu» darvozasini ishg‘ol qilganman, «Fiorentina» libosida «Liverpul»ni jazolaganman. Shuningdek, «Palermo»da «Frozinone» darvozasiga yo‘llagan to‘pim ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xullas, shu gollarni xotiramdan o‘tkazsam, ishtiyoqim o‘z-o‘zidan barq uradi.

- Shaxsiy fikringizni bilish qiziq: Evro-2016da Italiya terma jamoasiga naf bera olarmidingiz?

- Antonio Konte boshqacha tanlovda to‘xtadi. Faqat bir narsani aytishim mumkin, murabbiy «Torino»dan Andrea Belottini chaqirishi kerak edi. Zero, u darhaqiqat, kuchli.

- Iyul oyida Italiya termasining Germaniyadagi jahon chempionatida g‘alaba qozonganiga 10 yil to‘ladi.

- O‘sha mundial lahzalari muhrlangan fotosuratlarni titkalasam, hanuzgacha etim jimirlab ketadi, g‘alati tuyg‘ularni his etaman. Chunonchi, tarixiy zafarimiz keyinchalik faoliyatimga katta ta’sir o‘tkazdi.

- Mauritsio Zamparini jamoasida o‘ynash oson emas. Taxminingizcha, navbatdagi mavsum qanday o‘tadi?

- Shartnoma bo‘yicha jamoada yana 2 yil qolishim kerak. Palermoda o‘zimni yaxshi his etyapman, sharoitlar va shahar oilamga ham ma’qul. Aslida oxirgi mavsumda salohiyatimga shubha bilan qarashdi, ammo bir zumga bo‘lsin, qo‘l ko‘targanim yo‘q. Demoqchimanki, keyingi qadamni tashlashdan oldin turli faktorlarni inobatga olishimiz darkor. Ha, o‘zimga qolsa, «Palermo»dan hech qaerga ketmayman. Ammo avvalo, jamoada mening xizmatlarimga ehtiyojlari bor yoki yo‘qligini bilishim zarur. Boshqacha aytganda, agar «Palermo»da qolsam, unda asosiy o‘yinchilardan biri bo‘lishim shart.

- Ko‘rinishidan, jamoa darvozaboni Stefano Sorrentino «Kevo»ga o‘tishni ma’qul ko‘radi, chog‘i. Demak, «Palermo» navbatdagi mavsum nafaqat u, balki yana Franko Vaskes xizmatidan ham foydalanolmaydi?

- Franko qoyilmaqom yigit, unga keyingi faoliyatida omad tilayman. Stefanoga kelsak, kuzataveraylikchi, nima bo‘larkin? Umuman, oxirgi mavsum haqiqiy sport mo‘’jizasini ko‘rsatdikki, buning barcha yigitlarga ijobiy ta’sir qilishiga ishonaman. Axir biz finishga 1,5 oy vaqt qolganida deyarli umid uzib ulgurgandik va jamoamizning kuchlilar qatorida qolishiga birov ishonmagandi. Lekin qisqa vaqtda bor e’tiborni bir joyga jamlab, og‘ir vazifani bajardik. O‘ylaymanki, bunday jasorat izsiz ketmaydi va safimizda kelasi mavsum ham katta sahnaga chiqadigan futbolchilar topiladi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar