Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.06.2016

Evrofutbolga qadam, faqat…

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 65
Evrofutbolga qadam, faqat…

Bugungi kunda Evropa futboli ob-havosini belgilashda Osiyo kompaniyalari ham katta rolga ega. Mana, Qatar va BAAning boy va gigant kompaniyalari ortidan endi Xitoy, Hindiston va hattoki, tailandlik biznesmenlar ham evrofutbolga sarmoya kirita boshlashdi. Uzoqqa bormaylik, «Lester» xo‘jayini - tailandlik milliarder Vishay Shrivaddanaprabxani ko‘pchilik yaxshi bilsa kerak. Yoki hindistonlik metallurgiya magnati Lakshmi Mittalni olaylik, u kamtargina «KPR»ga sarmoya kiritganida, faqat sportga bog‘liq yutuqlarni ko‘zlamagandir.

Shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo biznesining evrosportga kuchli e’tibor qaratayotganini ta’kidlash kerak. Deylik, Inter»ning Xitoy kompaniyasiga sotilishi. Xo‘sh, bundan nima naf? Shu masala yuzasidan, to‘g‘rirog‘i, Osiyo sarmoyadorlari «ko‘hna qit’a» futbolidan qanday daromad olishlari xususida bir qiziq jihatga duch keldik. To‘g‘ri, ayni payt Xitoy futbolida Evropa top-ligalariga shiddat bilan kirib boradigan umidli iqtidorlar yo‘q. Demak, bu erda birlamchi maqsad sof biznesga bog‘liq. Bosh-qacha aytsak, qit’adoshlarimiz avvalo, Evropa klublari bilan hamkorlikda ularning imidjlari aks etgan atributlarni ichki bozorga olib kelish va pullashni ko‘zlashgan. Qatar va BAA kompaniyalari esa evrofutbolga boshqa maqsadlar bilan yuzlanishgandi. Ya’ni ular tomonidan Angliya yoki Ispaniya futboliga tikilgan investitsiya iqtisodiy nuqtai nazardan qarasak, subsidiya (yordam tariqasida beriladigan pul) ko‘rinishida edi.

Endi Xitoy ishbilarmonlarining so‘nggi bir oy ichida Evropa top-ligalarida amalga oshirgan ishlariga bir nazar solsak.

10 iyun. Aleks Jeng va Chien Li - «Nitstsa»

Frantsiya elit divizioni a’zosi «Nitstsa» Aleks Jeng va Chien Li boshchiligidagi Xitoy-Amerika investorlar guruhi tomonidan xarid qilindi. Bu haqda 11 iyun kuni klub rasmiy sayti xabar tarqatdi. Xitoyliklar klub aktsiyalar paketining 80 foizini qo‘lga kiritishdi. Qolgan 20 foiz aktsiya klub prezidenti - Jan Per-River ixtiyorida qoldi. U o‘z lavozimida qoladi, shuningdek, bosh direktor Julen Furne ham zimmasidagi ishlarni bajarishda davom etadi. E’tiborlisi, yangi sarmoyadorlar jamoaning tez orada EChLga olib chiqish va «Alyants Rivera» stadionini kengaytirish rejalari yuzasidan ilk majlisni o‘tkazishga ham urindilar. Aytgancha, asos solinganiga 111 yil bo‘lgan «Nitstsa» yakunlagan mavsum 4-o‘rinni egalladi va Evropa Ligasiga yo‘llanma oldi. Klubni yangi mavsumda yangi bosh murabbiy - Lyusen Favr boshqaradi.

Ma’lumot uchun aytish kerak, Aleks Jeng Plateno mehmonxonalar tizimi prezidenti sanaladi, Chien Li esa NewCity Capital investitsiya jamg‘armasi asoschisidir.

5 iyun. Suning Holdings Group konsortsiumi - «Inter»

Xitoyning Suning Holdings Group konsortsiumi «Inter» (Milan) klubini 270 mln. evroga xarid qildi. Harqalay, 5 iyun kuni «Jiangsu Sunin» klubining «Tvitter»dagi rasmiy sahifasida shunday xabar berildi. Ma’lumot uchun aytish kerak, «Jiangsu Sunin» ham aynan ushbu moliyaviy gigantga tegishli. Suning Commerce Groupning «Inter» aktsiyalari nazorat paketi sohibiga aylanganini 6 iyun kuni klub prezidenti Erik Tohir va vitse-prezidenti Xaver Zanetti ham tasdiqlashdi. To‘g‘rirog‘i, ular maxsus matbuot anjumanida kelishuv amalga oshirilganini ma’lum qilishdi. Demak, shartnomaga ko‘ra, klubning 68,5 foiz aktsiyasi xitoyliklar tasarrufiga o‘tadi, Erik Tohirga tegishli International Sports Capital S.p.A. kompaniyasida esa 31 foiz aktsiya qoladi. Yana 0,5 foiz aktsiya Pirelli kompaniyasiga egalik qiluvchi oila ixtiyorida. Aytgancha, Erik Tohir klubni 2013 yilning kuzida Massimo Morattidan sotib olgandi. Jamoa o‘tgan mavsum «A» seriyasida 4-o‘rinni egalladi va EL guruh bosqichiga yo‘l ochdi. E’tiborni tortadigan fakt: «A» seriyasidagi hech bir jamoa oliy divizionda «Inter»chalik ko‘p mavsum o‘tkazmagan. «Neradzurralar» elit ligada naq 85 marta ishtirok etishgan.

Suning Holdings Groupga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu konsortsium 2011 yilning 14 iyunida tashkil etilgan. Asoschisi - Jang Jindong.

18 may. Recon Group xoldingi - «Aston Villa»

Premer-ligani yaqindagina tark etgan «Aston Villa»da ham rahbariyat o‘zgardi. Amerikalik ishbilarmon Rendi Lerner o‘ziga tegishli aktsiyalarni to‘laligicha xitoylik Toni Tszyantun Sya boshchiligidagi Recon Group xoldingiga sotdi. Bu haqda 18 may kuni klub rasmiy saytida xabar chop etilgandi. Ushbu kelishuv xitoyliklarga 76 mln. funtga tushdi. Vaholanki, Lerner so‘nggi 10 yil davomida klub uchun naq 350 mln. evro sarfladi. Biroq «Aston Villa» 2015|2016 yillar mavsumi yakuniga ko‘ra, APLda 20-o‘rinni band etdi va chempionshipga tushib ketdi. Bunday holat 1987 yildan buyon yuz bermayotgandi.

39 yoshli biznesmen Toni Tszyantun Sya Oksfordda o‘qib yurgan kezlari (1998-1999 yillar) ushbu klub o‘yiniga tushgan va shu-shu uning fanati bo‘lib qolgan.

Xulosa o‘rnida. Bugun G‘arbiy Evropada ko‘plab brendlarga tegishli yirik zavod-fabrikalar yopil-yapti. Aniqroq ifoda etsak, ularni ishchi kuchi ancha arzon bo‘lgan Janubiy Osiyo (asosan Vetnam va Indoneziya)ga ommaviy tarzda ko‘chirish-yapti. Chunonchi, kompaniyalar qit’amizda minimal xarajat qilib, maksimal foyda olishni ko‘zlamoqda. Osiyo biznesmenlarining Evropa futboliga investitsiya kiritishlari esa aksincha ko‘rinish olgan. Xususan, xitoyliklar evrofutbolga bejiz nigoh tashlamagandirlar. Taxmin qilish mumkinki, ular futbol markazida nima qilib bo‘lsa ham, foyda sug‘urib olishadi. Hattoki, qisqa muddatda foydaga chiqsalar, ajabmas. Demak, «Nitstsa» va «Inter» klublari tez orada EChLda ko‘rinish berib qolsalar, sira ham ajablanmang! Ana shunaqa gaplar!

OsiyolikLAR va Angliya futboli

munosabati

Angliya premer-ligasi: «Lester Siti» (Shrivaddanaprabxa oilasi); «Everton» (Farhod Moshiri, Eron-Buyuk Britaniya, 49,9 foiz); «Manchester Siti» (Mansur bin Zayd al Nahiyon, 87 foiz, Xitoy hukumati, 13 foiz)

Chempionship: «Aston Villa» (Toni Tszyantun Sya, Xitoy); «Birmingem Siti» (Karson Yung, Gonkong, 25,43 foiz, Liu Ksingcheng, Xitoy, 11,27 foiz); «Lids Yunayted» (Hishom Ahmad, al Rais, Bahrayn, 21 foiz); «KPR» (Laksh-mi Mittal, Hindiston, 33 foiz); «Reding» (Narin Niruttinanon, Sasima Srivikorn, Samrit Tanakarnjanasutx, Tailand); «Sheffild Uensdey» (Delfon Chansiri, Tailand)

Birinchi liga: «Sheffild Yunayted» (Abdulloh Bin Musaed, Saudiya Arabistoni), «Suindon Taun» (MNC Group, Indoneziya, 99 foiz).

Har sohadan oz-oz...

*** Osiyo futbol konfederatsiyasi 1954 yilning 8 may kuni Filippin poytaxti - Manila shahrida tashkil topgan.

*** OFK 2009 yil noyabrda Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etuvchi klublar oldiga qo‘yiladigan yangi talablarni e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, turnirda qatnashuvchi klub kamida 12ta jamoa qatnashadigan chempionatda o‘ynashi, musobaqaga 33 kishilik tarkibni «zayavka» qilishi va bu futbolchilardan loaqal 20 nafari professional (!) bo‘lishi lozim.

*** Agarda «Lokomotiv» OChL-2016 finaliga yo‘l olgudek bo‘lsa, safar xarajatlari uchun OFKdan 60 ming AQSh dollari oladi.

*** OChLning ayni paytdagi homiylari: Fly Emirates, Nike, Nikon, Panasonic, Pepsi, QNB Group, Qatar Petroleum, SDLG, Tsingtao, Asahi, Seiko, Yanmar, World Sport Group, PES.

*** Ravshan Ermatov OChLda 2007 yilning 21 mart kuni debyut qilgan. E’tiborlisi, «Al-Shabab» (Saudiya)-«Sepahon» o‘yinini boshqargan hamyurtimizga o‘sha mavsum finishida final bahsi ham topshirilgandi.

*** Falastin terma jamoasi 2008 yildan buyon o‘z uyida atigi 5ta rasmiy o‘yin o‘tkazdi. Bu uchrashuvlar Iordaniya, Afg‘oniston, Tailand, BAA, Sharqiy Timor terma jamoalariga qarshi kechdi.

*** Ravshan Ermatov shu paytgacha terma jamoalar ishtirokidagi jami 10ta o‘rtoqlik o‘yinini boshqargan. Ulardan biri 2014 yilning 12 noyabrida bo‘lib o‘tgan Turkiya-Braziliya bahsi (0:4)dir.

*** Osiyo o‘yinlari-2018ning ochilish marosimi Indoneziya poytaxti - Jakartada joylashgan «Gelora Bung Karno» stadionida tashkillashtiriladi. 2012 yilning 3 iyun kuni mazkur arenada bo‘lib o‘tishi belgilangan Ledi Gaganing kontserti ommaviy noroziliklar tufayli bekor qilingan edi.

*** Iroq futbolining yaqin o‘tmish yulduzlaridan biri Nashat Akrom (Osiyo kubogi-2007 finali bosh qahramoni) 32 yoshida ilk jamoasi - «Al-Shorta»ning «Shon-sharaf zali»ga kiritilgan. 2009 yili uning ukasi Hassan Akrom terrorchi guruhlardan biri tomonidan o‘g‘irlab ketiladi, lekin politsiyaning sa’y-harakati bilan jabrlanuvchi tezda o‘z oilasiga qaytariladi.

2014 yil 14 iyun. JCh-2014 mundiali. Braziliyaning Resife shahri. Kot-d~Ivuar va Yaponiya terma jamoalari o‘zaro uchrashuvi. Yasuxito Endo (chapda) va Yuto Nagatomo afrikaliklar vakili - Dide Ya Konanni o‘rtaga olgan payt.

Farruxjon Fayziev tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar