Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.06.2016

RonalShd Kuman:«Oldinga qadam tashlashga tayyormiz»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 49
RonalShd Kuman:«Oldinga qadam tashlashga tayyormiz»

«Everton»ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman The Telegraph nashriga bergan intervyusida «Sautgemp­ton»dan ketish sabablarini oshkor etdi. Gollandiyalik mutaxassisning aytishicha, u jamoa bilan shartnomasi oxiriga qadar ishlamoqchi bo‘lgan. Lekin «avliyolar» murabbiyga nisbatan talablarini oshirishgan.

- Klubda oxirgi mavsumimni o‘tkazish niyatida edim, lekin maqsadimni amalga oshirish uchun imkon berishmadi, — dedi Kuman. — Menga «Klub ertangi kuniga ishonishi kerak», deyishdi. Bu borada muammo yo‘qligini aytdim. Masalan, «Feyenord»da uch marta bir yillik shartnoma imzolaganman. Shundan so‘ng «Sautgempton»dan taklif tushdi. Ammo bu safargi chorlov ham men o‘ylagandek emasdi. Shu orada «Everton» varianti paydo bo‘ldi. Liverpulliklar o‘zlari taklif bilan chiqishgach, buni e’tibordan chetda qoldirmadim.

***

- Les Rid klubni kelgusi mavsum avvalida nima kutishini aytmasam, shartnomamning oxirgi yilini bemalol o‘tay olmasligimni ta’kidladi. Bu esa vaziyatni yana chigallashtirib yubordi. O‘sha payt «Everton» menga qiziqish bildirayotgandi. «Sautgempton» esa mersisaydliklar bilan muzokara olib borishimga ruxsat berdi. Mana, endi «iriskalar»ning yangi murabbiyiman. «Avliyolar» bilan ikki ajoyib mavsumni o‘tkazdim. Buning uchun futbolchilar va klubning barcha xodimlariga minnatdorchilik bildiraman. Endi ortga nazar solmay, faqat oldinga intilish muhim.

Kuman «Everton»ning etakchi futbolchilari - Romelu Lukaku, Jon Stounz va Ross Barkli bilan shaxsan uchrashishni rejalashtirganini aytib o‘tdi.

- Bunday ajoyib loyihada ishtirok etayotganimdan xursandman. Endi «Everton»ning g‘alabalarga chanqoqligini ko‘rsatishimiz lozim. Mazkur klubning buyuk tarixga ega ekanidan barcha xabardor. Maqsadimiz - evrokuboklarda ishtirok etib, sov­rinlarni qo‘lga kiritish. Klubdagi barcha oldinga qadam tashlashga tayyor. Jumladan, men ham. Yaxshi jamoalar bilan buni uddalash oson. Eng avvalo, klubning etakchi futbolchilarini saqlab qolmoqchiman. Samara keltirishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilarni sotish yaramaydi. Ularning har biri bilan shaxsan uchrashaman. Rivojlanish yo‘lida etarlicha mablag‘ga egamiz. Shuningdek, o‘z akademiyamiz borligini ham unutmasligimiz lozim. Qaysidir chiziqqa kuchli futbolchi kerak bo‘lsagina, uni xarid qilamiz.

***

- U bilan uchrashmay turiboq, iliq taassurot olganman, — dedi klub xo‘jayini Bill Kenrayt. — Roberto bilan xayrlashganimizdan so‘ng Farhod Moshiri birinchi navbatda, Kuman variantini o‘rtaga tashladi. Bu qaror nafaqat rahbariyat, balki muxlislarni ham quvontirdi. «Everton»­ni tanlagani uchun Ronalddan minnatdorman.

Manba: Football.ua,

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar