Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.06.2016

Adam Navalka: «Levandovski biz uchun muhim futbolchi, uning o‘yinidan mamnunman»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 90
Adam Navalka: «Levandovski biz uchun muhim futbolchi, uning o‘yinidan mamnunman»

Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Adam Navalka Evro-2016 chorakfinali doirasidagi Portugaliyaga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirdi. Jumladan u hali biror marta gol urolmagan Robert Levandovski o‘yiniga ham baho berdi.

«Robert biz uchun muhim futbolchidir. Uning o‘yinidan mamnunman. U sardor va hujumchi sifatida jamoada katta rol o‘ynaydi, maydondagi vazifasini yaxshi bajaradi, boshqalarni ilhomlantiradi.

Uning jismoniy va ruhiy holati yaxshi, ishonchim komil, u bizga juda ko‘p foyda keltiradi. Har bir o‘yinda uni ikki, uch futbolchi qo‘riqlamoqda, unga nisbatan qo‘pol o‘ynashmoqda, biroq bu to‘siqlardan muvaffaqiyatli o‘tib kelmoqda.

Portugaliya terma jamoasi haqida yaxshi fikrdamiz. Ularning imkoniyati yuqori, hujum qilishni yoqtirishadi, himoyada ham yaxshi harakat qilishadi. Bir futbolchi o‘yin taqdirini hal qilolmaydi. Shuning uchun ham faqat Ronalduni emas, butun jamoani yaxshi qo‘riqlashimiz lozim.

Bu biz uchun juda muhim o‘yin. Muvaffaqiyatlar futbolchilarimizni ilhomlantirmoqda va ular bundan ham yuqori marralarni ko‘zlashmoqda. Biz o‘yinning ijobiy natijasiga ishonamiz», – dedi Navalka.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar