Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.06.2016

Dele Alli tanlovi to‘p, popkorn va suv

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 123
Dele Alli tanlovi to‘p, popkorn va suv

Angliya terma jamoasining yangi umidi — Dele Alli Evro-2016 tobora qizib borayotgan payt muxlislar bilan bilvosita muloqot qilishga vaqt ajrata oldi. Ya’ni FA TV loyihasi doirasida intervyu berishga ko‘ndi. Yanada aniqroq ifoda etsak, futbolchi fanatlardan tushgan savollarga birma-bir javob berdi.

- Uels termasiga qarshi o‘yindan so‘ng Ben Devisga yaqinlashib, ko‘z yoshini artishi uchun unga ro‘molcha tutqazdingiz...

- Ha, shunday. Stadiondan chiqqach ham, Ben bilan dildan suhbatlashdim, ammo ro‘molchani esga solganim yo‘q.

- Aytingchi, Erik Dayer bilan qanday do‘stlashgansiz?

- Erik duch kelgan kishini quchoq ochib kutib oladigan odamlar toifasidan. Men «Tottenxem» safiga endi qo‘shilgan payt Dayer jamoada edi, ammo hali ko‘p vaqt o‘tkazgan emasdi. Xullas, ikkimiz ham klubda yangi futbolchi sanalganimiz uchunmi, tezda o‘zaro til topishganmiz.

- Sizningcha, tarixdagi eng yaxshi ingliz futbolchisi kim?

- Stiven Jerrard — mening kumirim.

- Evro-2016dagi ilk g‘alabani qanday qabul qildingiz? Jamoa-chi?

- Evropa chempionati ishtirokchilari qatoriga qo‘shilganimdan cheksiz xursandman, zero, bu men uchun birinchi yirik turnirdir. O‘z o‘rnida, angliyalik muxlislarga rahmat aytishim kerak. Ularga gap yo‘q - jamoamizga aql bovar qilmas darajada ilhom bag‘ishlayaptilar.

- Rossiya termasi bilan o‘yinda Erik Dayer jarima zarbasini golga aylantirdi. Qiziq, siz ham shunday gol ura olarmidingiz?

- He, unga shunchaki, omad kulib boqdi (kuladi). Yo‘q, hazil. Aslida Erik doimiy tarzda bunday zarbalar ustida qattiq ishlaydi.

-Bolalar uchun kumirga aylanib ulgurdingiz. Bu xususda nima deya olasiz?

- Yigitlar ba’zan birga suratga tushishni iltimos qilishadi yoki dastxat so‘rashadi. Biroq ochig‘i, hozircha buni miyamga sig‘dirolmayapman.

- Terma jamoadagi sheriklaringizdan qandaydir yangi harakatlarni ham o‘rganyapsizmi?

- Bilmadim, muxlislar ko‘rishdimi-yo‘q, Erik yaqinda internetga ajoyib bir videoyozuv joylashtirdi - «yugurayotgan odam» sahnasini. Unda Jon Stouns bilan harakatlari aks etgan. O‘sha kadrlarni men yozib olgandim, chunki bunaqasi qo‘limdan kelmaydi. Demak, ulardan o‘rganishim mumkin.

- Tasavvur qiling, sizni kimsasiz orolga badarg‘a qilishdi va atigi 3ta narsa olib ketishingizga ruxsat berishdi. Bunday holda nimalarni tanlardingiz va nega?

- Qiyin savol bo‘ldi-ku. Albatta, futbol to‘pi olishni unutmasdim - orolda zerikib qolmaslik uchun. Yana ehtimol, popkorn olarman, biroq faqat donini. Ularni orol quyoshi ostiga qo‘ysangiz, bas. Ha, endi suv olishim tabiiy - chanqoqlik yomon axir...

- Agar Erik Dayer hayoti haqida film suratga olinadigan bo‘lsa, uning roli uchun qaysi aktyorni tavsiya etardingiz?

- Ochig‘i, aktyorlarni uncha yaxshi tanimayman. Lekin tanlash imkoniyatini menga berishsa, Jon Xillni chaqirardim. U ham jingalaksoch va hazilkash, aynan Erikni esga soladi. Qolaversa, ular gavda tuzilishi bo‘yicha ham deyarli bir xil.

- Shaxsiy faoliyatingizdagi eng yoqimli lahzalar...

- ...To‘g‘risi, 2ta vaziyatdan birini tanlashim juda qiyin. Birinchisi - «Lester»ga qarshi o‘yinda «Tottenxem» futbolkasida urgan ilk golim va ikkinchisi - Frantsiya termasi darvozasini ishg‘ol qilganim. Hm..., ikkinchisi birinchisiga nisbatan yaxshiroq ko‘rinyapti, baribir.

- FIFA virtual o‘yinida «o‘zingiz»ni o‘ynatib ko‘rdingizmi?

- 1-2 marta, biroq virtual nusxam hozircha unchalik kuchli emas. Umid qilamanki, o‘yin ijodkorlari kelasi yilgacha «Dele Alli» ustida ko‘proq ishlashadi va balki shundan so‘ng yana o‘ynab ko‘rarman.

Football.ua - A. QODIROV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar