Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.06.2016

Sanjar Qodirqulov: «Yana jahon chempionatiga borishni istayman»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 567
Sanjar Qodirqulov: «Yana jahon chempionatiga borishni istayman»

So‘nggi yillarda «Bunyodkor» akademiyasidan etishib chiqayotgan iste’dodli yosh futbolchilarning ko‘rsatayotgan o‘yinlari tahsinga sazovor bo‘lmoqda. Uzoqqa bormaylik, Osiyoning 2015 yilgi futbol mavsumi qahramonlarini taqdirlash marosimida «Bunyodkor» jamoasining bir yo‘la uch nafar futbolchisi - Doston Hamdamov, Zabihillo O‘rinboev va Eldor Shomurodov qit’aning «Eng yaxshi yosh futbolchisi» nominatsiyasida kuchli uchlikka kiritildi. Yakunda Hamdamov Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi. Albatta, bu klub rahbariyati tomonidan akademiya tizimida olib borilayotgan islohotlar samarasi, desak yanglishmaymiz. Ana shunday iste’dodlardan yana biri bu Sanjar Qodirqulovdir. Sanjar o‘tgan mavsumni himoyachi Dilshod Ahmadaliev bilan birga «Obod» jamoasida ijara asosida o‘tkazishdi. Mavsum yakunlangach esa yana «Bunyodkor»ga qaytishdi. Qodirqulov mavsumlar oralig‘idagi xorij yig‘inlarida o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata oldi. Rossiyaning «Anji» hamda Janubiy Koreyaning «Chonbuk Motors» klublariga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida raqiblar darvozasini juda chiroyli tarzda ishg‘ol qildi. «Qaldirg‘ochlar» tarkibidagi rasmiy o‘yindagi debyuti esa OChL doirasidagi «Al-Nasr» klubiga qarshi o‘yinga to‘g‘ri keldi. Yarim himoyachining o‘yinlarini kuzatib borgan Jasur Abduraimov uni yoshlar terma jamoasiga taklif qildi. Shu kunlarda futbolchi terma jamoa tarkibida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etyapti. Biz Sanjar Qodirqulov bilan uchrashib, undan intervyu oldik.

- Sanjar, futbolga bo‘lgan qiziqish qachon va qanday paydo bo‘lgan? Millionlar o‘yinini kasb sifatida tanlashingizga kimlar sababchi bo‘lishgan?

- Albatta, har bir bolada bo‘lgani kabi men ham yoshlikdan futbolga mehr qo‘ydim. Lekin jiddiy tarzda shug‘ullanishim biroz kechroq boshlangan. O‘shanda 12 yoshda edim. Uyimdagilar meni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashgan. Ularning yordamlari bilan bugunga kelib futbol mening kasbimga aylandi.

- Qaysi futbol maktabida tahsil olgansiz?

- Sergeli tumanidagi «Bahor mahallasi» nomli jamoada o‘ynaganman. Shu birinchi klubim bo‘ladi. Murabbiylarim Nuriddin va Mate akalar bo‘lishgan. Ulardan bir umrga minnatdorman. Menga futbolning ilk sir-asrorlarini o‘rgatishgan. Jamoamiz asosan Toshkent shahri mahallalari o‘rtasida o‘tkaziladigan turnirlarda ishtirok etardi.

- Bolalikda qaysi jamoada o‘ynashni orzu qilgansiz?

- Bilmadim. To‘g‘risi, menda bunday orzuning o‘zi bo‘lmagan. Bu haqida o‘ylamaganman.

- «Bunyodkor» jamoasiga o‘tishingiz qanday amalga oshgan?

- Dastavval do‘stlarim «Bunyodkor» jamoasi akademiyasiga borib, o‘zlarini sinab ko‘rishgan. Ularni muvaffaqiyatli sinovdan so‘ng qabul qilishgan. Keyin meni ham o‘zlari bilan birga olib borishgan. Murabbiyim Nuriddin aka bilan birga borganmiz. Ko‘rik jarayoni ikki haftacha davom etgan. Shundan so‘ng «Bunyodkor-2» jamoasiga qabul qilishgan. Ochig‘i, buni kutmagandim.

- Havaskor jamoadan professional klubga ko‘chib o‘tdingiz. Ilk taassurotlar qanday bo‘lgan?

- Baribir, boshqa dunyo ekan. Birinchi ko‘rikka borgan kunimdayoq juda iliq taassurotlar bilan uyga qaytganman. Hamma bir xil libosda, oyoqlarida himoya vositalari. Tartib-intizom birinchi o‘rinda. Bularning barchasi men uchun xuddi ertakdek bo‘lgan. Chunki, ko‘rikdan o‘tish uchun oddiy oq futbolka va shortikda kelgandim. Mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan, o‘yinlarda maydonga tushayotgan bolalarga juda havasim kelgan. Meni qabul qilisharmikan, degan hadik ham yo‘q emasdi. Sekin-asta yangi jamoadoshlarim bilan do‘stlashib ketganman.

- «Bunyodkor» jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushgan o‘yiningizni esdan chiqarmasangiz kerak?

- Albatta. Eng muhimi, murabbiylar shtabi meni OChL doirasidagi «Al-Nasr» jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda maydonga tushirishgandi. Bunisi men uchun haqiqiy kutilmagan sovg‘a bo‘lgandi. Afsuski, o‘sha o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan edik. Debyutim o‘xshamagandi.

- Har holda OChL doirasidagi o‘yin, oyoqlar qaltiraganmidi?

- Bo‘lmasamchi. Oyoqlarim qaltiragandan o‘zimni ancha payt bosa olmaganman. Meni jamoamiz 0:1 hisobida yutqazayotganda maydonga tushirishgandi. To‘g‘risini aytaman, ruhiy bosimni enga olmaganim uchun o‘yinim umuman qovushmagandi. Murabbiylar meni o‘yinni kuchaytiradi, deb o‘ylab maydonga tushirishgan edi. Afsuski, o‘shanda ularning ishonchlarini oqlay olmagandim.

- Mavsumlar oralig‘ida chiroyli gollar urdingiz. Ayniqsa, Koreya va Rossiya klublariga qarshi kechgan o‘yinlarda juda yaxshi taassurot qoldirdingiz...

- O‘tgan yili ijara asosida «Obod» klubida o‘ynadim. Keyin «Bunyodkor»ga qaytdim. Mavsumlar oralig‘idagi xorij yig‘inlarida «Anji» va «Chonbuk Motors» klublari darvozasini ishg‘ol qildim. Hozir «Bunyodkor» jamoasida raqobat juda kuchli. Shunday bo‘lsada, o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlab, asosiy tarkibga kirishga harakat qilaman. Boshqa tomondan, bu yil ko‘p vaqtimiz O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibidagi yig‘inlar, o‘rtoqlik o‘yinlarida o‘tyapti.

- Raqamlarga e’tibor qaratasizmi yoki bu siz uchun ahamiyatsizmi?

- O‘zimga bir nechta raqamlar yoqadi. Lekin irim qilmayman. Qaysi raqam bo‘sh bo‘lsa, o‘ynab ketaveraman. Agar raqam tanlash orqali futbolchi zo‘r o‘ynab ketsa, bugun hamma 7, 9, 10 yoki 11-raqamli futbolkalarda o‘ynayotgan bo‘lardi. Ma’lum bir raqam futbolchiga omad keltirishiga ishonmayman. «Bunyodkor»da 26, yoshlar terma jamoasida 17-raqam ostida harakat qilaman.

- Bu yilgi mavsum qiziqarli davom etyapti. Ko‘pchilik chempionlik masalasi «Lokomotiv» va «Bunyodkor» jamoalari o‘rtasidagi kurashda hal bo‘ladi, degan taxminni ilgari suryapti. Bu fikrlarga qo‘shilasizmi?

- Menimcha ham shunaqaga o‘xshayapti. Lekin oldinda hali o‘yinlar etarli. Ikkinchi davraning to‘liq uchrashuvlari turibdi. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. OChLdan chiqib ketdik. Endi bor e’tiborni kubok hamda milliy chempionatdagi ishtirokimizga qaratamiz. Mavsumni sovrin bilan yakunlasak yaxshi bo‘lardi.

- Sanjar, qaysi futbolchilarga havas qilasiz va ulardan nimanidir o‘rganishga urinasiz?

- Havas qiladigan futbolchilarim ko‘p. Ulardan Duglas Kosta va Lukas Mouraning o‘yinlarini alohida kuzatib boraman.

- Endi terma jamoa haqida suhbatlashsak. Yoshlar terma jamoasi bilan Osiyo chempionatining final bosqichiga tayyorgarlik ko‘ryapsizlar. Aslida, terma jamoadan chaqiruv olishingiz qanday ro‘y bergandi?

- O‘zim 1997 yilda tug‘ilganman. Lekin 1996 yili tavallud topgan terma jamoamiz bilan birga o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga borganman. BAAda o‘tgan kichik mundialga Dilshod Nuraliev qo‘l ostida yo‘l olgan edik. Lekin o‘sha musobaqada maydonga tushish menga nasib qilmagandi. Faoliyatimda ikkinchi marotaba jahon chempionatining final bosqichiga borishni istayman. Buning uchun jamoadoshlarim bilan birga bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

- Osiyo chempionatining saralash bahslari hamda shu yil kuzda o‘tkaziladigan final bosqichidagi raqiblarimiz haqida qanday fikrdasiz?

- Bilasizmi, saralash bahslaridagi raqiblarimiz kuchsiz edi. Ortiqcha muammolarsiz g‘alabaga erishdik. Buni o‘yindan avval ham bilardik. Lekin bu bilan aslo xotirjamlikka berilmaganmiz. Har bir o‘yinga alohida yondashuv bilan tushib, yakunda g‘alabaga erishganmiz. Murabbiyimiz Jasur aka Abduraimov har bir o‘yin oldidan futbolchilarga kerakli gaplarni ayta olardilar. Endi guruhdagi raqiblarga kelsak, uchala jamoa ham kuchli. Hatto Tojikiston terma jamoasi Avstraliya va Xitoydan aslo qolishmayapti. Nazariy mashg‘ulotlarda raqiblarni o‘rganyapmiz. Asosiy raqiblar Avstraliya va Xitoy bo‘lsa kerak. Raqib har qancha kuchli bo‘lmasin, bizning maqsadimiz o‘zgarmaydi. Osiyo chempionatining final bosqichida kamida yarim finalga qadar etib, jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz. Ha, jamoalar kuchli, lekin o‘ynasa bo‘ladi.

- Osiyo chempionatining final bosqichiga tayyorgarlik qanday ketyapti?

- Belgilangan reja asosida tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Hozir Toshkentda ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazyapmiz. Kuniga uch mahal mashg‘ulot bo‘lyapti. Chig‘atoy bazasiga joylashganmiz. Rejaga ko‘ra, 18 iyun yig‘inning so‘nggi kuni Bekobodning «Metallurg» klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushamiz.

- Frantsiyada davom etayotgan Evropa chempionatini ko‘ryapsizmi?

- Albatta. Ko‘hna qit’aning 24ta terma jamoasi ishtirokida o‘tkazilayotgan katta futbol bayramini ko‘rib boryapman. Bir-biridan qiziqarli o‘yinlar bo‘lyapti. Bu galgi Evropa chempionatidan ishtirokchi jamoalar soni 24taga etkazildi. Bilmadim, bu o‘zgarish qanchalik o‘zini oqlar ekan? O‘yinlar sonining ko‘p bo‘lishi sifatning tushishiga olib kelishi mumkin.

- Qaysi jamoaga muxlislik qilyapsiz?

- Belgiya terma jamoasiga muxlislik qilyapman. Bu jamoa tarkibida iste’dodli futbolchilar jam bo‘lishgan. Yangi avlod shakllanyapti.

- Lekin belgiyaliklar guruhning ilk o‘yinida Italiyaga ikki to‘p farqi bilan yutqazib qo‘yishdi. Sevimli jamoangiz guruhdan chiqa olarmikan?

- Birinchi o‘yindagi ishtirokka qarab xulosa chiqarish to‘g‘ri emas. Ilk uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrab, yakunda chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan jamoalar bo‘lgan. Belgiya hali guruhning qolgan ikki o‘yinida o‘zini o‘nglab oladi. Ishonchim komil, belgiyalik futbolchilar guruhdan chiqish vazifasini bajarishadi.

- Sizningcha, qaysi terma jamoa Evropa chempioni bo‘ladi?

- Taxmin qilib ko‘raman. Menimcha, Frantsiya terma jamoasi Evropa chempioni bo‘ladi. Faranglar o‘z maydonlarida o‘tkazilayotgan qit’a chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etsalar kerak. Bu imkoniyat va imtiyozdan ular maksimal darajada foydalanib qolishga urinishadi. Frantsiya qit’a chempioniga topshiriladigan kubokni mamlakatdan chiqarib yubormasa kerak, deb o‘ylayman.

- Shu kungacha o‘tkazilgan o‘yinlar orasida qay birini alohida ko‘rsatgan bo‘lardingiz?

- O‘zim ko‘rgan o‘yinlarning hech beri zerikarli ruhda o‘tmadi. Ayniqsa, ochilish o‘yinini miriqib tomosha qildim. Frantsiya terma jamoasi so‘nggi daqiqalarda urilgan chiroyli gol evaziga g‘alabani ilib ketdi. Shveytsariya-Albaniya uchrashuvi ham ma’qul keldi. Rossiya o‘ziga xos kutilmagan natija qayd etdi. Angliya so‘nggi yillardagi an’anasiga sodiq qolgan holda Evropa chempionatini durang natija bilan boshladi. O‘ylaymanki, hali oldinda bir-biridan qiziqarli uchrashuvlar sizu bizni kutib turibdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar