Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.06.2016

Rufat Akramxo‘jaev: «Maqsadimiz – kuchli futbolchilarni etishtirish»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 181
Rufat Akramxo‘jaev: «Maqsadimiz – kuchli futbolchilarni etishtirish»

Birinchi liga bahslari tobora qizg‘in pallaga kirib borarkan, o‘z oldiga muayyan vazifa va maqsad qo‘ygan jamoalar ko‘zga tashlana boshladi. O‘z navbatida, autsayderlar nomi ham oydinlashib bormoqda. Liganing muntazam ishtirokchisi «NBU-Osiyo» barqaror o‘yin namoyish etib, birin-ketin ochkolar to‘plamoqda. Bunda bosh murabbiy Rufat Akramxo‘jaevning hissasi katta, albatta. Xo‘sh, joriy mavsum jamoa ko‘rsatayotgan o‘yin va natijalar ushbu mutaxassisga manzur kelyaptimi? «Bankirlar» ustozi bilan suhbat qurish chog‘ida ushbu savolga ham javob topishga urindik.

- Joriy mavsum «NBU-Osiyo» ko‘rsatayotgan o‘yin bosh murabbiy sifatida sizda qanday taassurot qoldirmoqda?

- Ortda qolgan turlarga qarab xulosa qilishim mumkin, jamoa yomon o‘ynamayapti. Mavsum boshida tarkibni yoshartirishga katta e’tibor qaratdik. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad iqtidorli yoshlarni kashf qilib, ularga ko‘proq imkoniyat bergan holda, elita jamoalari safini to‘ldirishga munosib bo‘lgan futbolchilarni etkazib berish edi. Bilasizmi, bunchalik yosh tarkib «bankirlar» tarixida hali uchramagan. Bir paytlari futbolchi sifatida «NBU-Osiyo»da o‘ynaganimda, yoshlar kamchilikni tashkil qilishgan. Murabbiylar asosan tajribali futbolchilar xizmatidan foydalanishardi. Bu yilgi ko‘rsatkichlarimiz borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, hozircha natijalar yomon emas. Tarkib yosh ekanligiga qaramay, vaziyat biz uchun ijobiy tus olmoqda. Shunisi meni quvontirmoqda.

- Barqarorlik etishmasligi xususida nimalar deya olasiz? Chunki jamoaga yaqqol favorit sifatida qaralgan uchrashuvlarda ochko yo‘qotilmoqda. Aksincha, kuchli jamoalar bilan to‘qnashuvlarda «NBU-Osiyo» zafar quchmoqda...

- Tajriba yo‘qligi sezilmoqda. Boya aytib o‘tganimdek, jamoamiz tarkibi asosan yoshlardan iborat ekanligini PFLga bergan «zayavka»miz orqali ham anglab olish qiyin emas. Ayrim futbolchilarimizda o‘yin amaliyoti kam ekanligi tufayli, barqaror o‘yin ko‘rsatishga qiynalmoqdalar.

- Birinchi davradan keyin klubda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

- Buni vaqt ko‘rsatadi. Hozircha oldimizda qolgan o‘yinlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish vazifasi turibdi. Vaziyatga qarab, tarkibni shakllantirib boraveramiz.

- O‘zingizdagi o‘zgarishlarga to‘xtalsak, tajribangiz oshayotgani sezilyaptimi?

- Albatta, sezilmoqda. Birinchi ligada o‘yinlar soni ko‘p. Futbolchilarni har bir bahsga tayyorlar ekansiz, o‘zingizdagi yutuq va kamchiliklarni tahlil qilib borish imkoniyati tug‘iladi. Menda shu jihat ko‘zga tashlana boshladi. Qolaversa, bir qator tajribali murabbiylar bilan elkama-elka ish yuritayotganim ham men uchun yutuqdir.

- Jamoa birinchi ligada muntazam ravishda ishtirok etishga odatlangan. Xo‘sh, sharoitlar ham shunga monand yaratilganmi?

- Birinchi liga holatidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, sharoitlarimiz a’lo darajada. To‘g‘ri, futbolchilarimiz katta miqdorda pul olishmaydi. Lekin muntazam ravishda mehnatlariga yarasha rag‘batlantiriladilar. Buni jamoada ilgari o‘ynagan futbolchilar ham tasdiqlashlari mumkin. Maosh kamtarona bo‘lishiga qaramay, uzilishlar deyarli kuzatilmaydi.

- «NBU-Osiyo» vaqtincha JARdagi qo‘shimcha maydonda to‘p suryapti. Jamoa o‘z stadioniga qachon qaytadi?

- Ikkinchi davra o‘yinlari boshlangach, o‘z arenamizga qaytamiz. U erda ma’lum muddat olib borilgan ta’mirlash ishlari hozirga kelib yakunlanish arafasida. Nasib qilsa, liganing keyingi uchrashuvlarini o‘z uyimizda o‘tkazamiz.

- Evro-2016 musobaqasini kuzatyapsizmi?

- Albatta, turnirning har bir uchrashuvini katta qiziqish bilan tomosha qilyapman.

- Xo‘sh, ilk turdan keyingi taassurotlar qanday?

- Rosti, dastlabki bahslardan keyin aniq fikr bildirish mushkul. Yaqqol favoritlar ko‘zga tashlanganicha yo‘q. Negaki, har qanday musobaqaning dastlabki turlarida kutgan o‘yiningiz chiqmasligi mumkin. Shu bois, kelgusi uchrashuvlar yanada qiziqarli kechadi. Murabbiy sifatida terma jamoalarning turnirga tayyorgarligi, murabbiylar shtabi tanlagan taktikalarga diqqat bilan e’tibor qaratyapman. Bu orqali qandaydir uslubni o‘zlashtirsam, o‘zim uchun foydali bo‘lishi turgan gap.

- Qaysi jamoaga muxlislik qilyapsiz?

- Mezbon - Frantsiya termasiga. O‘ylaymanki, ular finalga qadar etib borishadi.

- Amerika kubogida favoritlar - Braziliya va Urugvayning guruhda qolib ketishiga sizningcha, nima sabab bo‘ldi?

- Bunga yaqqol sababni ko‘rsatish qiyin. Menimcha, bu terma jamoa futbolchilari Evropada to‘p surishlari bois, charchoq alomatlari o‘z ta’sirini o‘tkazgandir. Har holda men shunday fikrdaman.

Izzatbek ABDUVAHOBOV

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar