Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.06.2016

Gennadiy Kochnev «Muammolar «Nurafshon» natijasiga ta’sir etmoqda»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 133
Gennadiy Kochnev «Muammolar «Nurafshon» natijasiga ta’sir etmoqda»

«Dinamo» - «Nurafshon» (1:0) uchrashuvidan keyin buxoroliklar bosh murabbiyi Gennadiy Kochnev uchrashuv borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Shunday taassurotki, «Nurafshon» bir kishi kam bo‘lib yomon emas, aksincha yaxshiroq o‘ynagandek tuyuldi…

- Chindan ham biz bir kishi kam bo‘lib qolganimizdan keyin ancha yaxshi o‘yin namoyish eta boshladik. Afsuski, ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham biz kamchilik bo‘lib o‘ynayapmiz. So‘nggi turda Zominda ham ikki kishi kam bo‘lib qolib, yakunda mag‘lubiyatni tan olgandik. Bugun ham chetlatish bo‘ldi. Bunda men hakamning ayblamayman, chunki futbolchimiz chindanam ikki vaziyatda ancha qo‘pol o‘yin namoyish etdi. O‘yin borasida gapiradigan bo‘lsam, kamchilikda to‘p surib ham imkoniyatimiz bo‘ldi, ammo vaziyatdan foydalana olmadik. Yigitlar iroda ko‘rsatishdi, maydonda bor kuchlarini sarf etishdi. Ularga e’tirozim yo‘q.

- Ushbu bahsni «Nurafshon» uchun mavsumdagi eng og‘ir va muhim o‘yin desa bo‘ladimi?

- Muhim bahslardan biri edi. Eng og‘ir uchrashuvlar sirasiga ham kiritish mumkin. Joriy mavsumda 3-4 mana shunday o‘yinlar bo‘ldi. Ochko ishlashimiz kerak bo‘lgan aksariyat o‘yinlarda afsuski ochkolarni yo‘qotgan paytlarimiz ham bo‘ldi.

- «Nurafshon» birinchi davrani kuchli beshlikda yakunlamoqda. Bu qoniqarli natijami?

- Jamoamizdagi bir qator muammolarni inobatga oladigan bo‘lsak, hozirgi natijamiz qoniqarli. Chunki, bir qator jamoalar singari bizda ham moliyaviy muammolar uchrab turibdi. Muammolar jamoa natijasiga ta’sir etmoqda. Bunday sharoitda butun jamoani bir maqsad sari boshlash har qancha qiyin bo‘lmasin, yigitlar har uchrashuvda bor kuch va mahoratlarini ishga solishdi. Ularga rahmat deyman.

- Yil boshida jamoaning oldiga Oliy Ligaga chiqish vazifasi qo‘yilgandi. Bu maqsad o‘zgarmaydimi?

- Aslo, biz yil boshidagi vazifamiz - Oliy Ligaga chiqish uchun kurashishda davom etamiz. To‘g‘ri, muammolarimiz bor, ammo umid qilamanki birinchi davra yakunidan keyin bu borada ijobiy o‘zgarishlar bo‘ladi. Chunki, viloyatimiz rahbariyati jamoaga yordam berishini aytgan.

- «Nurafshon» Birinchi Liganing barqaror klubi sifatida gavdalanayotgan edi…

- Sizga shuni aytishim mumkinki, «Nurafshon»ning moliyaviy holati Birinchi Ligadagi eng yomonlaridan biri.

- Birinchi davra haqida qisqacha…

- Klubimiz hozirda 4-o‘rinda bo‘lsada, biz aksariyat o‘yinlarda muhim ochkolarni yo‘qotdik. Ya’ni, biroz yaxshiroq natija qayd etishimiz mumkin edi. Ammo klubdagi holatni inobatga olib aytganda, davrani hozirgi o‘rinimizda yakunlash yomon natija emas.

Usmon IBODOV yozib oldi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar