Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.06.2016

La-liga ramziy termasi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 96
La-liga ramziy termasi

Odatdagidek murosasiz kurashlarga boy tarzda kechgan Ispaniya chempionatida g‘olib nomi so‘nggi turgacha mavhumligini saqlab qoldi. O‘z navbatida, turnir o‘z qahramonlarini ommaga namoyon etdi. Championat.com sayti primeradagi ishtiroki orqali boshqalardan alohida ajralib turgan futbolchilardan iborat ramziy terma tuzishga qaror qildi.

Yan Oblak («Atletiko»)

Bu posbonning nomini Ispaniya chempionati darvozabonlarining top-reytingida topolmasligingiz mumkin - u erda asosan quyi o‘ntalikdagi kiperlar joy olishgan. Oblak bosh­qa, jamoasi uchun muhimroq sanalgan «Primeraning eng ishonchli darvozaboni» nominatsiyasida tengsiz, deb topildi. 38ta turda 18ta to‘p o‘tkazib yuborilishi - ajoyib ko‘rsatkich. Darhaqiqat, mudofaadagi yuksak daraja hamda jamoaviy o‘yin tashkil etilishi borasida «Atletiko»da muammo yo‘q.

Danilo («Real»)

«Qirollik klubi»ning chap qanot himoyasida braziliyalik chaqqon futbolchining faolligiga ancha ko‘nikkandik - endi esa, uning qarama-qarshi qanotdagi hamyurtining o‘yinlari muxlislarga yoqib tushmoqda. O‘ta serharakat va epchil Danilo «Real»ning o‘yin uslubiga tezda moslasha oldi.

Karvaxalning jarohatlanishi braziliyalik himoyachining ishini biroz engillashtirdi. Ammo imkoniyatga ega bo‘lish boshqa, undan unumli foydalana bilish boshqa. Danilo esa fursatni boy bermay, «gol}pas» bo‘yicha (2}5) mavsumning eng yaxshi himoyachisiga aylandi. «Real»ning 23-raqamli futbolchisi o‘z faolligi evaziga ayrim xatolarini yopishga erishdi.

Diego Godin («Atletiko»)

Yakuniga etgan mavsumda Godinning hujumda ishi qovushmadi - raqib darvozasining to‘sin va ustunlari umumiy hisobda, uni to‘rtta goldan mahrum etdi. Ammo Diego o‘z nuqtasida ancha ishonchli harakat qildi. Mudofaaning haqiqiy etakchisiga aylangan himoyachi maydonda to‘p surarkan, uning sheriklari o‘zlarini ancha xotirjam sezishdi, raqiblar esa, aksincha, hujumga o‘tish oldidan biroz hadiksirashdi.

Xaver Maskerano («Barselona»)

Maskerano himoyadagi sherigi Pike singari o‘yin payti va ijtimoiy tarmoqlarda raqiblariga hujum uyushtirishda faol bo‘lmadi. Ammo o‘z vazifasi - o‘z darvozasi yonida «tozalov ishlari»ni bajarishni Xerarga nisbatan yaxshiroq uddaladi. Barcha hujumga yoppasiga o‘tadigan «Barselona»dek klubda bunday sherikka har doim ehtiyoj seziladi.

Marselo («Real»)

Marselo singari futbolchilar bor ekan, amplualar aro chegara asta-sekin o‘z kuchini yo‘qotaveradi. «Real»ning braziliyalik o‘yinchisida himoyachi, xavbek hamda hujumchilik xususiyatlari mujassam. Ehtimol, u raqib darvozasini mustaqil ravishda ishg‘ol etmas, ammo to‘purarlarga aniq uzatma etkazishda benazir. Shu bois ham uni klub va terma jamoada juda qadrlashadi. Mavsum yakunida xavfli «pas»lar uzatish bo‘yicha (bir o‘yinda 4,4ta) kuchli o‘nlikdan o‘rin egallagani Marseloning qanday o‘yinchi ekanidan dalolat berib turibdi.

Serxio Buskets («Barselona»)

Tayanch yarim himoyasi etaloni. Buskets maydonda hamma narsani uddalaydi. Faqatgina darvozabonlar xususiyatini o‘zlashtirmagan (yoki o‘zlashtirgan-u, bizga ko‘rsatmayapti). Zamonaviy «Barsa»ni Messisiz tasavvur qilish qanchalik haqiqat bo‘lsa, Serxio o‘ynamagan o‘yinlar haqida ham shunday fikr bildirish mumkin. Faqat ushbu futbolchilarning vazifalari turlicha, xolos. Buskets - o‘z ishini xotirjam va sifatli bajara oladigan haqiqiy jangchi.

Luka Modrich («Real»)

«Real»da Kazemirodek «qora ishchi» paydo bo‘lgach, Modrich va Kroos­­da bemalol ijodkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyati tug‘ildi, tayanch chizig‘idan ko‘ngil to‘q. Balki Luka uchun mavsum u qadar ijobiy o‘tmagandir, ammo omadli kechgani aniq. Ispaniya poytaxti ansamblida dirijyorlik qilish faqat ayrim futbolchilargagina nasib etadi. Modrich esa bunga haqli. Bir qarashda, ikkita gol va to‘rtta samarali uzatma uning ampluasidagilar uchun kamtarona ko‘rinar. Ammo Madridda xorvatiyalik o‘yinchisiz ham oldingi chiziq ishini uddalaydiganlar bisyor. Lukaning vazifasi - o‘yin sur’atini sozlash. Boshqacha aytganda, dirijyorlik tayoqchasini o‘ynatish.

Andres Inesta («Barselona»)

Kataloniyaliklar o‘tgan mavsumdayoq Xavisiz o‘ynashga ko‘nikkandilar (faxriyning asosiy vaqti zaxira o‘rindig‘ida o‘tgandi). Yakuniga etgan chempionatda esa Xavinesta tandemi batamom ajraldi. Andres jamoaning eng muhim figuralaridan birining yo‘qligini bildirmaslik uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Qaysidir ma’noda, buni ajo­yib tarzda uddaladi ham. Uning «Barselona»ga qanday foyda keltirganini barcha ko‘rdi. Noodatiy fikrlash, to‘p bilan mohirona muomala qilish va «pas» berishning yuksak namunasi - bularning bari Inestada mujassam.

Lionel Messi («Barselona»)

Leo o‘zining to‘purarlik salohiyatiga hammani o‘rgatib qo‘ygach, uning chempionatda urgan 26ta goli ham kamdek ko‘rinmoqda. Darhaqiqat, Messi uchun ushbu mavsum avvalgilari kabi yorqin kechmadi. Tanqidchilarning bosh­qa bir jihatga e’tibor qaratishlarini xohlardik - golli uzatmalar. Bu borada argentinalik yulduz birinchi o‘rinni jamoadoshi Suares bilan bo‘lishib oldi.

Luis Suares («Barselona»)

Chempionatda 40ta, umumiy hisobda 59ta gol - bu raqamlarning o‘ziyoq urugvaylik futbolchining naqadar yuksak natijaga erishganini ko‘rsatib turibdi. Aftidan, Luis Suaresning eng yorqin mavsumi o‘tib bo‘lgandek. «Oltin to‘p»ga da’vogarlik qilish uchun yaqqol «zayavka».

Krishtianu Ronaldu («Real»)

Bosh murabbiyning almashishi butun «Real» qatori Krishtianuga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Rafa Benites paytidagi ruhiy tushkunlik batamom tarqagach, Ronaldu yana futboldan rohatlanib, o‘z muxlislariga zavq ulasha boshladi. Primeraning yakunlangan mavsumida faqat Suaresgina portugaliyalik yulduzdan ko‘proq to‘p kiritdi. Umuman olganda esa, 35ta gol - ajoyib ko‘rsatkich, albatta.

Murabbiy: Zayniddin Zidan («Real»)

To‘g‘ri, Zidanning ko‘rsatkichlarini mavsumni to‘laligicha bir jamoada o‘tkazgan hamkasblarining natijalari bilan solishtirish noto‘g‘ri. Ammo baribir, frantsiyalik afsonaning debyuti yuqori darajada o‘tgani muhokamadan xoli. Primera murabbiylari orasida to‘plangan eng ko‘p ochko (88,3) ham bu fikrning yaqqol isboti. Zayniddin bilan birga «Santyago Bernabeu»ga ishonch qaytdi: jamoaning o‘ziga, ishqibozlarning esa jamoaga bo‘lgan ishonchi. Bu esa har qanday ochkodan ham qadrliroqdir.

Championat.com - O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar