Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.06.2016

Alesandro delSh PShero: «Gollar chipta sotadi, himoya sovrin yutadi»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 473
Alesandro delSh PShero: «Gollar chipta sotadi, himoya sovrin yutadi»

«Yuventus» va Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alessandro Del Pero «Skuadra Adzurra»ning Frantsiya maydonlarida hujumkor o‘yin namoyish qilishiga umid bog‘lamoqda. Bu borada u La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida gapirib o‘tdi.

- JCh-2006da g‘alaba qozonganlaringga 10 yil bo‘ldi. O‘sha chempionlikdan hamon faxrlanasizmi yoki vaqt o‘tishi bilan unutildimi?

- Aksincha, faxr hissiyoti o‘sib bormoqda. Jahon chempionatidagi g‘alabani unutib bo‘lmaydi.

- Siz Italiyaning butun dunyo bo‘yicha elchilaridan birisiz. Italiyalik ekaningizdan faxrlanasizmi?

- Ha. Italiyaga qaytish istagim katta. U erda butun jahonda topib bo‘lmaydigan narsalar bor. Bu tarix, tabiat, oziq-ovqat va ajoyib atmosfera.

- Bu mamlakat uchun futbol qanchalik ahamiyat kasb etadi?

- Angliya va Ispaniya bizdan ustunlik qilmoqda. Chunki «Real», «Barselona» yoki «Manchester Yunayted»ning futbolkalarini «Yuventus»nikiga qaraganda ko‘proq uchratasiz. Odamlar stadionga borganda shou ko‘rishni istashadi. Italiyada esa bu borada muammolar bor. Aslida, futbol sohasida unchalik ortda qolmaganmiz. Biroq kuchli futbolchilarni xarid qilish uchun mablag‘ etishmayapti.

- Klublarning xorijlik xo‘jayinlari futbolning o‘sishiga hissa qo‘shishlari mumkinmi?

- Agar yangi pullar qarzlardan qutulishga yordam bersa va top-klublar bilan oradagi farqni qisqartirsa, bu ajoyib variant. Biroq umid qilamanki, klublarimizda italyancha ruhiyat saqlanib qoladi.

- Tiago Motta 10-raqamni olgani uchun ko‘plab munozaralar bo‘ldi.

- Men raqamlar pozitsiyaga qarab beriladigan paytda futbol o‘ynashni boshlaganman. O‘shanda 14-raqamda o‘ynardim. Demetrio Albertini esa 10da. Keyin o‘zimiz raqam tanlardik va hech qanday muammoga duch kelmaganmiz. Masalan, Franchesko Totti bilan 10-raqamni alishtirib ishlatardik. Tanqidlar haqida gapiradigan bo‘lsam, agar bizni turnirdan oldin tanqid qilishsa, barchasi yaxshilik bilan tugaydi. Antonio Konteni bilganim uchun ham shunday deyapman.

- Janluiji Buffon, Andrea Bartsali, Leonardo Bonuchchi va Jorjo Kellinilar 2012 yili «Yuve»da siz bilan birga o‘ynashgan. Ularning to‘rt yildan keyin ham asosiy tarkibda bo‘lishlarini kutganmidingiz?

- Ular - ajoyib futbolchilar. JCh-2006da Jiji va Andrealar bilan birga g‘olib chiqqanman. Jorjo - haqiqiy professional. Bonuchchi ham ajoyib futbolchi. Demak, ularning hamon asosiy tarkibda ekanliklaridan ajablanmayman.

- Evro-2016ning favoritlari kimlar?

- Germaniya asosiy favorit bo‘lsa kerak. Frantsiya o‘z uyida o‘ynaydi. Ikki yil oldin ularning o‘yinlari menga yoqqandi. Endi esa yanada tajribalari oshgan. Frantsuzlar - haqiqiy vatanparvar xalq. Keyin Ispaniya bor. Undan keyin Italiya, Angliya va Belgiya terma jamoalarini ham unutmaslik kerak. Shuningdek, 2004 va 1992 yillardagi kabi syurprizlar bo‘lishi mumkin.

- Himoyadan tashqari Italiyaning boshqa chiziqlarida ham muammolar bormi?

- Yarim himoyada Marko Verratti va Klaudio Markiziolarni yo‘qotdi. Biroq Konte vaziyatdan chiqib ketishni biladi. Umid qilamanki, hujumchilarimiz o‘z gollarini turnir uchun saqlab qo‘yishgan. Shuni esda tuting: gollar chipta sotadi, himoya esa sovrinlar yutadi. 2006 yili biz faqat ikkita to‘p o‘tkazib yuborgandik.

- Pol Pogba Evro-2016ning yulduziga aylana oladimi?

- Hammasi uning o‘z qo‘lida. Pol o‘z maydonida o‘ynaydi va etarlicha tajribaga ega. Shuningdek, unga nisbatan bosim bo‘lishi ham turgan gap.

- JCh-2006dagi eng esda qolarli vaziyat qaysi?

- Germaniyaga qarshi yarim final uchrashuvi. O‘yindan oldin har xil gaplar bo‘lgandi. Biroq o‘sha o‘yindagi g‘alaba ajoyib bo‘lgan.

- Italiya terma jamoasining yangi ustozi Jampero Ventura haqida nima deysiz?

- Uning o‘ziga xos xislatlari bor.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar